Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:24

Koronavirus: Bemorlar o‘z hisobidan ta’tilga chiqarilyapti, emlanmaganlar ishsiz qolish xavfi ostida


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 - avgust kungi hukumat majlisida koronavirusdan himoyalanishning uchta muhim shartlaridan biri vaksinatsiya ekanini aytgandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 - avgust kungi hukumat majlisida koronavirusdan himoyalanishning uchta muhim shartlaridan biri vaksinatsiya ekanini aytgandi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq kunlik raqamlar ortib borar ekan kasallikka chalinib, vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz ahvolda qolgan bemorlarga berilishi kerak bo‘lgan nafaqalar kechikayotgani, ba’zi joylarda berilmayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Koronavirusga chalingan bemorlarning ayrimlari “o‘z arizasiga ko‘ra” o‘z hisobidan ta’tilga chiqishga majburlangani holatlari ham uchramoqda.

Ba’zi korxonalarda esa koronavirusga qarshi emlashdan bosh tortgan ishchilarga ishdan haydash bilan tahdidlar bo‘lmoqda.

Xorazm viloyati “Hududgaz” korxonasining Ozodlik suhbatlashgan ishchisi bu haqda Ozodlikka so‘zlab berdi.

“Uch oy ichida bizda ikki hamkasbimiz koronavirus bo‘ldi. Hozir bezsoderjaniyada yotishibdi. Oyliksiz, pulsiz. Ulardan o‘z ixtiyori bilan oyliksiz ta’tilga chiqishi haqida ariza yozdirib olingan. Agar o‘z ixtiyori bilan chiqsa, oylik ham berilmas ekan, byulleten puli ham. Boshliqlar aytyapti, vaksina olinglar. Agar olmasanglar, mana shunaqa oyliksiz, pulsiz qolib ketasizlar, deyapti. Shunga hozir hamma Xitoy vaksinasi bo‘ladimi, “Sputnik” bo‘ladimi, olib yotibdi, ishsiz qolsak shu oladiganimiz 1 yarim million so‘m ham bo‘lmaydi”, - deydi ishchi.

Bundan oldin O‘zbekistondagi ba’zi boshqa korxona ishchilari ham bu haqda Ozodlikka aytishgan.

“Og‘ir sharoitda oyliksiz ta’tilga chiqarish insofdanmi?”

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neft gaz quduqlarini sinash tashkiloti ishchisi kasalikka chalinishi ortidan o‘z hisobidan ta’tilga chiqishga majburlangani haqida Ozodlikka so‘zlab bergandi.

"Ariza yozishga majburlashyapti kasallik yuqtirganlarni. Bez soderjaniya olishga. Shunday og‘ir sharoitda odamni xech narsa to‘lamasdan ta’tilga chiqishga majburlash insofdanmi”, - deydi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan ishchi.

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan yil mart oyida qabul qilgan "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" deb nomlangan farmonida koronavirusga chalingan yoki chalingan deb gumon qilinayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanishi haqida aytilgan.

Bundan tashqari, 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanishi kerak.

Ayni farmonda, shuningdek, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanishi ham ta’kidlangan.

“Ish beruvchi o‘z hisobingdan ta’tilga chiq, deya olmaydi”

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuristi Ozodlik bilan suhbatda mehnat huquqlari buzilish xollari haqida fuqarolar vazirlikning 1176 qisqa raqamli hamda 71 200 06 00 ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkinligini aytdi.

“Koronavirus bilan bog‘liq fors-major holatlar butun dunyoda bo‘lyapti. Ishchilar bilan bir qatorda, bu ish beruvchilarni ham murakkab ahvolga tushirib qo‘ygan.

Mehnatga qobiliyatsiz ahvolda qolgan bemorlarga berilishi kerak bo‘lgan nafaqalar nega kechikyapti yoki berilmayotgani haqidagi savolga kelsak, bu Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasida. Ular hal qiladi buni.

Koronavirusga chalingan bemorlarning oyliksiz ta’tilga chiqarilishi faqat ularning arizasiga ko‘ra bo‘lishi kerak. Ish beruvchi bunga majburlay olmaydi, o‘z hisobingdan ta’tilga chiq deya olmaydi. Agar majburlash holatlari bo‘layotgan bo‘lsa, ishchilar bizga bu haqda yozishlari mumkin, biz buni o‘rganib chiqamiz. Ish joylarida vaksinatsiya bo‘yicha.

Hozir joylarda emlash ishlari olib borilyapti. Agar xodim emlanishdan bosh tortsa ish beruvchi uni korxona hududiga kiritmasligi ham mumkin. Chunki bitta odam vaksina olmasa va kasallikka chalinsa, 10ta odamga xavf soladi.

Ish beruvchi o‘z korxonasi va ishchilari xavfsizligini o‘ylab qat’iy talablarni qo‘yishi mumkin”, - deydi Vazirlik yuristi.

Emlashni rad etgan xodimlar ish joyiga qo‘yilmaydi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 - avgust kungi hukumat majlisida koronavirusdan himoyalanishning uchta muhim shartlaridan biri vaksinatsiya ekanini aytgandi.

“Shu bois emlash tadbirlarini keng joriy etish maqsadida kuni kecha maxsus qonunni imzoladim. Ushbu qonun orqali ish beruvchilarga sog‘lig‘iga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan, lekin profilaktik emlashni rad etgan xodimlarini ish joyiga kiritmaslik huquqi berildi”, - degandi Mirziyoyev.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda yotibdi.

Kasallikka chalinib, vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz ahvolda qolgan bemorlarga berilishi kerak bo‘lgan nafaqalar kechikayotgani, ba’zi joylarda umuman berilmayotgani haqidagi shikoyatlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylaridan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

XS
SM
MD
LG