Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:50

Koronavirus: Toshkent yana "qizardi". Oshxonalar erta yopiladi, namoz masjid hovlisida o‘qiladi


Toshkent shahriga transport vositalarining kirishi 2020 - yil mart oyida cheklangan
Toshkent shahriga transport vositalarining kirishi 2020 - yil mart oyida cheklangan

Toshkentda 28 - iyundan boshlab karantin cheklovlari yana kuchaytirildi. Bu cheklovlar 12 - iyulgacha davom etishi bildirildi.

Toshkent shahriga yengil mashinalar va avtobuslar qatnovi cheklandi. Ko‘pchilik to‘planadigan muassalalar, kafe va restoranlar ertalabki 8 dan kechki 8 gacha ishlashi belgilandi, shuningdek, boshqa cheklovlar ham kiritildi.

Poytaxt Toshkent shahri “qizil zona”, Toshkent va Samarqand viloyatlari “sariq zona”, boshqa mintaqalar “yashil zona” deb e’lon qilindi.

«Toshshaharrtransxizmat» AJ matbuot xizmati 28 - iyundan 12 - iyulga qadar boshqa mintaqalardan Toshkent shahriga kirib kelayotgan yengil mashinalar va avtobuslar qatnovi cheklanishi, fuqarolar poytaxtga faqat zaruriyatga qarab kiritilishi mumkingini xabar qildi.

- Ayrim YPX postlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi, deyiladi rasmiy xabarda.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ayrim OAV va telegram-tarmoqlarda tarqatilayotgan “Toshkent kirish uchun ochiladi”degan xabarlarni inkor etib, kirish qisman cheklanishini ma’lum qildi.

Toshkent bosh transport idorasi, ayni damda, poytaxtdan Toshkent viloyatiga qatnayotgan avtobus reyslari bekor qilinmasligini ham ma’lum qildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy qilingan cheklovlarga qaramasdan kirish-chiqish taqiqlanmagan shaxslar ro‘yxati tuzilganini e’lon qildi.

Poytaxtga kirish va chiqish karantin cheklovlari aholining quyidagi toifalariga ta’sir etmaydi:

  • Toshkentda doimiy yashayotgan yoki qaydda turadigan shaxslar;
  • Toshkentda doimiy yashayotgan yoki qaydda turadigan xorijliklar;
  • Toshkentga davolanishga kelayotgan shaxslar;
  • Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketayotgan shaxslar;
  • Sayyohlar, ularni tashiyotgan haydovchilar, tarjimonlar va gidlar;
  • Yuk tashiyotgan va “O‘zbekiston pochtasi” transporti;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Maxsus komissiyasi 2021 - yilning 28 - iyunidan boshlab respublikadagi barcha ko‘ngilochar muassasalar – jamoatchilik oshxonalari, bar, kafe, restoranlar, tunggi klublar, bilyardxona va kompyuter markazlari ertalabki 8 dan keyki 8 gacha ishlashini belgilab qo‘ydi.

Ko‘ngilochar muassasalar va jamoatchilik oshxonalaridagi o‘rinlarning 50 foizi to‘lgach, yangi mijozlarni qabul qilish taqiqlab qo‘yildi.

28 - iyundan boshlab 18 yoshdan katta bo‘lgan aholining ixtiyoriy vaksiyanatsiyasi boshlandi. U bepul bo‘lib, barcha oilaviy poliklinikalarda amalga oshiriladi. Toshkentning o‘zidagi asosan bozor va supermarketlarda o‘nlab bepul emlash punktlari ishga tushdi.

Shuningdek, koronavirusga qarshi respublika shtabida pandemiya holatida dindorlarga namoz va ibodatlarini masjid, cherkovlardagi maydonchalar, atrofdagi ichki ko‘cha va hududlarda ado etish tavsiyasi berildi.

Ayni paytda, Toshkent shahridagi bozor va do‘konlarda narx-navo o‘zgarishsiz qolayotgani kuzatilmoqda. Poytaxtning qator bozorlari va do‘konlarida bo‘lgan Ozodlikning mobil muxbiri oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida hozircha jiddiy o‘zgarish kuzatilmayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 27 - iyun kuni 469 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 109 692 nafarga yetdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

XS
SM
MD
LG