Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2025, Тошкент вақти: 11:59

"Kunimiz non-suvga qolgan”. Rossiya qamoqxonalarida saqlanayotgan migrantlar


Saxarovo migratsiya markazi. Moskva, 22-aprel, 2015-yil
Saxarovo migratsiya markazi. Moskva, 22-aprel, 2015-yil

Rossiya qamoqxonalarida deportatsiyani kutayotgan o‘nlab markaziy osiyolik migrantlarni faqat non-suv bilan boqishyapti. Ular migrantlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus markazlarda joy yo‘qligi sababli qamoqxonalarda tutib turilmoqda.

O‘tgan yili “Krokus Siti Xoll” konsert zalida sodir bo‘lgan terakt ortidan Rossiya bo‘ylab ommaviy reydlar o‘tkazilishi natijasida migrantlarni saqlash markazlari to‘lib-toshgan. Eslatib o‘tamiz, o‘sha teraktda markaziy osiyoliklar, xususan Tojikiston fuqarolarini ayblashgan edi.

Sverdlovsk viloyatida migrantlarni saqlash markazlari to‘lib ketgani uchun, deportatsiya qarorini kutayotgan migrantlarni endi qamoqxonalarga joylashtira boshlashdi.

Qamoqxonalarda esa oziq-ovqat yetishmaydi, markaziy osiyolik migrantlar saqlash sharoiti yomonligidan norozi bo‘lishmoqda.

“Bizni [Sverdlovsk viloyati] Pervouralsk tumani qamoqxonasiga [2024-yil] 26-dekabrda olib kelishgan edi, o‘shandan beri issiq ovqat yeganimiz yo‘q, – deydi 10-yanvar kuni Ozodlik bilan anonimlik shartlarida telefon orqali gaplashgan migrant. – Hamma narsa taqiqlangan, hatto “Rolton” va “Doshirak”lar ham. Kunimiz non-suvga qolgan!”

Ayni paytda Sverdlovsk viloyati qamoqxonalarida tutib turilgan markaziy osiyoliklarning aniq soni ma’lum emas. Biroq Ozodlik bilan so‘zlashgan bir necha migrant 2024-yilning dekabr oyi oxirida o‘tkazilgan ommaviy reydlar chog‘ida yuzlab chet elliklar ushlanganini aytishdi.

2024-yilning martida Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da sodir bo‘lgan terakt 140 kishining umriga zomin bo‘ldi. Tojikistonning bir necha fuqarosi ushbu hujumga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan.

Sverdlovsk viloyati qamoqxonalarida saqlanayotgan migrantlarning aksari Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolaridir. Ular migratsiya qoidalarini buzishda gumon qilinib ushlanganlarini aytishmoqda.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, migratsiya qoidalarini buzgan chet elliklar sud ularning ishlari bo‘yicha qaror chiqarguncha yoki deportatsiya sanasi aniq bo‘lgunicha migrantlarga mo‘ljallangan maxsus markazlarda saqlanishi kerak.

2025-йилдан бошлаб Россияда визасиз юриш муддати қисқартирилди. Муҳожирларни яна қандай ўзгаришлар кутмоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:52 0:00

Ozodlik suhbatlashgan migrantlardan biri 2024-yil 26-dekabrda yashash ruxsatnomasi muddati tugaganini aytadi. Uni o‘sha kuniyoq politsiya ushlabdi. Ismini ochiqlamaslikni so‘ragan migrant hujjat muddatini vaqtida uzaytirmaganini tan oladi.

Biroq Ozodlik bilan bog‘langan boshqa bir necha migrant ularni sababsiz qo‘lga olishganidan shikoyat qilishdi.

Qamoq kamerasi

Ozodlik suhbatdoshlari o‘zlari turgan kamerada olingan videoyozuvlarni yuborishdi. Kadrlarda devorlari kir, yagona darchasi temir panjara bilan to‘silgan kichikroq xonani ko‘rish mumkin. Xonada jihozlardan – qo‘shqavat karavotlar, bitta stol va o‘rindiqlar bor. Burchakda, pastak devor bilan to‘silgan hojatxona yonida rakovina joylashgan.

“Ayrimlarning Rossiyada oilasi bor. Ularning xotinlari somsa, osh va boshqa yeguliklar olib kelishgan ekan. Nazoratchilar o‘tkazishmadi. Bu yer migrantlarni saqlash markazi emas, qamoqxona, deyishdi. Biz: “Xo‘p, mayli, lekin biz jinoyatchi emasmiz-ku”, deb e’tiroz qildik. Qayoqda, quloq solishmadi”, noliydi migrantlardan biri.

Sverdlovsk viloyati ma’muriy markazi bo‘lmish Yekaterinburgdagi Tojikiston konsulligi vakili maxsus markazlarda joy yo‘qligi sababli ko‘plab migrantlar qamoqxonalarda saqlanayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

“Bu muvaqqat chora. Vaqtincha saqlash markazlari bo‘shashi bilan ularni o‘sha yoqqa o‘tkazishadi”, deydi Sverdlovsk viloyatidagi migrantlarga ko‘maklashish maqsadida konsullik bilan tojik diasporasi tomonidan tashkil etilgan Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari Yoqubjon Umarov.

Rossiya hukumati “Krokus” teraktidan atigi to‘rt oy o‘tib, asosan Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga qarshi qaratilgan aksilmigrant kampaniya doirasida deportatsiya qilingan va mamlakatga kirishi taqiqlangan migrantlar soni rekord darajada oshganini ma’lum qildi.

2024-yilning yanvar–iyul oylarida 143 mingdan ziyod odamning Rossiya kirishiga ruxsat berilmadi, qariyb 93 ming kishi mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu 2023-yilga oid rasmiy ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori.

XS
SM
MD
LG