Линклар

Шошилинч хабар
03 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:36

Lukashenkoning 6 muxolifi: uzoq yillik qamoq jazosi bilan taqiqlangan faollik


Ilhar Losik, Syarxey Tixanovski, Mikalay Statkevich, Uladzimir Sixanovich, Artyom Sakov va Dmitriy Papov
Ilhar Losik, Syarxey Tixanovski, Mikalay Statkevich, Uladzimir Sixanovich, Artyom Sakov va Dmitriy Papov

Qamoq jazosiga hukm qilingan 6 belaruslikdan biri prezidentlik kampaniyasiga aylangan videoblogni yuritgan. Ikkinchisi 11 yil oldin Belarus prezidentligi uchun Aleksandr Lukashenkoga raqiblik qilgan va siyosiy norozilik uchun qamoqda o‘tirib chiqqan. Yana biri esa Belarusda katta auditoriyaga ega bo‘lgan Telegram kanalni yuritib kelgan.

Belarus sudi Lukashenkoning avtoritar boshqaruviga qarshi chiqishlari bilan mamlakatda anchagina mashhur bo‘lib ulgurgan olti nafar belaruslik faollar, siyosatchilar va jurnalistlar ustidan hukm chiqardi.

Ularni endi kamida o‘n yillik qamoq jazosi kutib turibdi. Jazolanganlar orasida Syarxey Tixanovski (barcha ismlar belaruscha shaklda berilmoqda - tahr.) eng uzoq muddatga 18 yilga hukm qilingan.

“Diktator butun omma oldida asosiy raqiblaridan qasos oldi”, - deb izoh qoldirdi Belarus muxolifatining yuziga aylangan Svetlana Tixanovskaya Tvitterdagi postida.

“U yopiq sud jarayonlarida siyosiy mahbuslarni yashirincha yo‘q qilishda davom etishga urinmoqda. Ammo butun dunyo buni ko‘rib turibdi. Biz to‘xtamaymiz”, - deya so‘zida davom etgan Syarxey Tixanovskining rafiqasi.

2020 - yilning may oyida qamoqqa tushishidan oldin, Tixanovski YouTubeda “The Country For Life” nomli videosini e’lon qilgan edi. Unda belaruslarning turg‘un, past maoshli, sovet uslubidagi boshqaruvga asoslangan iqtisodiyotda yashash uchun kurashayotganligi haqida so‘z yuritilgan. Mazkur videokontent yuz minglab marotaba ko‘rilgan.

43 yoshli Tixanovski prezidentlikka da’vogarlik qilib Belarusni 1994 - yildan beri boshqarib kelayotgan Lukashenkoga qarshi kurashmoqchi bo‘ldi.

Natijada ommaviy tartibsizliklarni qo‘zg‘atish va uyushtirishda ayblanib hibsga olingan.

Vyasna huquq guruhi Homel sudi Tixanovskiga tayinlagan 18 yil qamoq jazosini belgilangan maksimal jazodan uch marta ko‘pligini ta’kidladi.

Yana bir mahkum 65 yoshli Mikalay Statkevich 2020 - yil 31 - may kuni Tixanovskaya nomzodligiga imzo to‘plash uchun o‘tkazilgan mitingda ishtirok etganida hibsga olingan va ruxsat etilmagan namoyishda ishtirok etganlikda ayblangan.

U 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2020 - yil iyun oyida politsiya Ozodlik radiosining Belarus xizmati sobiq maslahatchisi 29 yoshli Ilhar Losikning uyiga bostirib kirdi va uni hibsga oldi.

Dastlab jamoat tartibini buzganlikda ayblangan Losik keyinchalik jiddiyroq ayblov ijtimoiy norozilikni qo‘zg‘atishda ayblangan. 2021 - yil aprel oyida hibsda bo‘lganida u qo‘lini kesib o‘z joniga qasd qilishga uringan, to‘rt kunlik ochlik e’lon qilgan.

U 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

O‘shanda Losikning rafiqasi Darya Lukashenkoni qoralab quyidagicha fikr bildirgan.

“Qizig‘i, siz go‘yoki dahshatli tahdidlarga qarshi kurashasiz ammo, bir oddiy mehribon ayol , ona bilan uchrashishga jur’atingiz yo‘q. Nimalar qilganingizni bilib turib qanday yashaysiz, bolalaringizni, yaqinlaringizni quchoqlaganingizda bular yodingizdan o‘tadimi?"

41 yoshli Uladzimir Sxanovich ijtimoiy tarmoqlarda taniqli yana bir faol. U Tixanovskining tarafdori bo‘lgan va 2020 - yil iyun oyida ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va ijtimoiy noroziliklarni qo‘zg‘atish ayblari bilan qo‘lga olingan.

U 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Tixanovskining siyosiy kampaniyasi bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy faollar Artyom Sakov va bloger Dmitriy Papov ham ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish uchun ayblandi va ularning ikkalasiga ham 16 yillik qamoq jazosi belgilandi.

XS
SM
MD
LG