Линклар

Шошилинч хабар
08 сентябр 2024, Тошкент вақти: 05:02

MB asosiy stavkani yarim foizga pasaytirdi


Toshkentdagi Markaziy bank binosi
Toshkentdagi Markaziy bank binosi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foizga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

MB qaydicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan, tashqi bozorlardagi narxlar dinamikasi ham import inflyatsiyasiga pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatishda davom etyapti.

Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining pasayishi hamda almashuv kursi barqarorligi aholining inflyatsion kutilmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, iyun oyida sezilarli pasayishiga olib keldi. Bu esa kutilmalar tomonidan inflyatsiyaga bosimlarni pasayib borishiga sharoit yaratadi”, deyilgan Markaziy bank xabarnomasida.

MB asosiy stavkani so‘nggi bor 2023-yilning mart oyida o‘zgartirgan, o‘shanda stavka 15 foizdan 14 foizga pasaytirilgan edi.

Ayni paytda MB raisi Mamarizo Nurmurodov payshanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan anjumanida asosiy stavkaning yarim foizga pasaytirilishi “pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi”ni ta’kidlagan.

Mulozimga ko‘ra, 2025-yilning may oyiigacha nisbatan yuqori darajadagi inflyatsiya (9 foizgacha) saqlanib qoladi, shuning uchun regulyator pul-kredit siyosatini yumshatishga o‘tyapti, deb bo‘lmaydi.

Agar vaziyat biz kutgandan yaxshiroq bo‘lsa, biz asosiy stavkani ko‘rib chiqishga tayyormiz. Biroq hozir bunday tendensiya boshlandi, deb ayta olmaymiz”, degan Markaziy bank raisi.

XS
SM
MD
LG