Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:21

Mirziyoyev 4700 ta ko‘prikni ta’mirlashni buyurdi


Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistondagi 4700 ta ta’mirtalab ko‘prik uch yillik dastur asosida bosqichma-bosqich ta’mirlanishi lozim.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yo‘l xo‘jaligiga oid taqdimotda shunday topshiriq bergan.

BMT tahlilida sifatli yo‘llar O‘zbekiston iqtisodiyotining kamida 2 foiz o‘sishiga turtki berishi qayd etilgan.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda xalqaro moliya tashkilotlari bilan 729 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda Qo‘ng‘irot – Beynau yo‘nalishidagi 240 kilometr yo‘l foydalanishga topshiriladi.

"Президентга 30 марта ёздик". Мирзиёевдан катта нарса кутган "Катта" қишлоқликлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:01 0:00

Shuningdek, Guliston – Andijon, Dushanbe – Termiz, Buxoro – Turkmanboshi, Urganch – Hazorasp yo‘llarining muayyan qismlari qayta quriladi.

Mirziyoyev yig‘ilishda Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Termiz bilan Toshkentni bog‘laydigan 4 ming kilometrlik xalqaro yo‘llar holatini yaxshilash, Toshkent–Samarqand, Toshkent–Andijon oralig‘idagi pulli yo‘l loyihalarini jadallashtirish lozimligini uqtirgan.

Infratuzilmaviy loyihalarda xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan ishlash, xorijiy konsultantlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

2023-yil noyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishda O‘zbekistondagi 14863 ta ko‘prikdan 32 foizi qoniqarsiz, 5-6 foizi esa yaroqsiz holatda ekani aytilgan.

Ozodlik avvalroq Toshkent viloyati Nurafshon–Piskent avtomobil yo‘lining 12-kilometrida ko‘prik qulab tushgani haqida xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG