Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:01

Mirziyoyev muddatidan ilgari prezident saylovini e’lon qildi. Saylov 9-iyulda o‘tkaziladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 9-iyulida O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazish haqidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

8-may kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv yakunida Mirziyoyev mamlakatda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qilgan edi.

U muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazish qarorini yangi konstitutsiya qabul qilingani bilan izohladi.

U "qolgan uch yarim yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusi bilan voz kechayotgani"ni urg‘uladi.

"Bunday qarorga kelish uchun qanday obyektiv zarurat bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Nima uchun qolgan uch yarim yillik Prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusim bilan voz kechyapman?

Chunki, o‘zingiz ko‘rib turibsiz, Asosiy qonunimizga muvofiq, birinchidan, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari isloh qilinib, ular o‘rtasidagi munosabat va muvozanat jiddiy o‘zgarmoqda.

Ikkinchidan, yangilangan Konstitutsiyamiz Prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo‘ymoqda.


Uchinchidan, xalqimiz bizdan barcha sohalarda g‘oyat muhim va dolzarb o‘zgarish va islohotlarni kutmoqda.

To‘rtinchidan, dunyoda va mintaqamizda keskin va murakkab jarayonlar hukm surayotgan hozirgi vaziyatda to‘g‘ri va samarali rivojlanish yo‘lini izlab topish va uni amalga oshirish eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanmoqda", deya Mirziyoyevning nutqidan iqtibos keltirmoqda prezident matbuot xizmati.

“Saylov Kodeksi”ning 66-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, muddatidan ilgari prezident saylovi prezident uni e’lon qilganidan keyin 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.

Oliy majlis yuqori va quyi palatalariga saylovlar uchun esa 3 oy muhlat berilgan.

O‘zbekiston hukumati rasmiy Telegram-kanallarida 8-may kuni parlament tarqatib yuborilgani taqdirda saylovlar qancha muddat ichida o‘tkazilishi haqida tushuntirish berildi, ammo hozircha prezident parlamentni tarqatib yuborish qaror qabul qilgani aytilmadi.

"Ноллаштириш" олдидан: Мирзиёев Германияга сафар қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:31 0:00

30-apreldagi referendumda prezident muddati hamda vakolatlari o‘zgartirilgan yangi tahrirdagi konstitutsiya 90 foizdan ortiq ovoz bilan ma’qullangandi. Unda prezident muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan.

Kuzatuvchilar avval-boshdan referendumdan ko‘zlangan asosiy maqsad Mirziyoyevning prezidentlik muddatini uzaytirish ekanini taxmin qilishgan.

Referendumni kuzatgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasi ovoz berish jarayonlari yaxshi tashkil etilgani, ammo unda siyosiy raqobat bo‘lmaganini aytgandi.

66 yoshni qarshilayotgan Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor 2021-yil oktabrida 80 foizdan ko‘proq ovoz bilan ikkinchi 5 yillik muddatga prezident etib saylangandi.

Muddatidan ilgari prezident saylovi Shavkat Mirziyoyevga 2037-yilgacha yoki 80 yoshgacha hokimiyatda qolish imkonini beradi.

Uning o‘tmishdoshi Islom Karimov konstitutsiyadagi 2 marta o‘rniga 4 marta prezidentlikka saylangan va bir marta referendumi orqali muddatini uzaytirgandi.

U prezidentlik muddatini avvaliga 5 yildan 7 yilga, keyin esa 7 yildan yana 5 yilga o‘zgartirish orqali 78 yoshigacha yoxud o‘lgunicha hokimiyatda qolgan.

2016-yil sentabrida hokimiyatga kelgan Shavkat Mirziyoyev ayrim islohotlarga qo‘l urgan va Karimovning siyosiy merosidan o‘zini masofalashga uringan.

Ammo tahlilchilarga ko‘ra, oxirgi referendum va prezidentlik muddatini uzaytirish qarori uning siyosiy sohada jiddiy islohotlarni amalga oshirish rejasi yo‘qligidan dalolat beradi.

Референдумми ёки сайлов ташвиқоти?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:43 0:00
XS
SM
MD
LG