Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2025, Тошкент вақти: 07:17

Mirziyoyev: O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 115 mlrd dollarga yetdi


Shavkat Mirziyoyev (arxiv surati)
Shavkat Mirziyoyev (arxiv surati)

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2024-yilda 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16-yanvar kuni investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirishicha, o‘tgan yili xorijiy investitsiya 1,6 barobar o‘sgan holda 34,9 milliard dollarni tashkil qilgan. Qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushgan, eksport ilk bor 27 milliard dollarga chiqqan.

Davlatobod, Yangi Namangan, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Shayxontohur tumanlari, Namangan va Samarqand shaharlarida investitsiyalar 300 million dollardan oshgan.

O‘zbekiston rahbariyati 2030-yilga borib YIMni 200 milliard dollarga, uning aholi jon boshiga taqsimotini esa 5000 dollarga yetkazish rejacini e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG