Линклар

Шошилинч хабар
03 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:28

Mirziyoyev: Senatda mansabdorlar hisoboti yuzaki ko‘rilyapti


Shavkat Mirziyoyevning Senatdagi nutqidan lavha, Toshkent, 2024-yil 19-noyabri (Prezident matbuot xizmati fotosi)
Shavkat Mirziyoyevning Senatdagi nutqidan lavha, Toshkent, 2024-yil 19-noyabri (Prezident matbuot xizmati fotosi)

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati o‘ndan ziyod yuqori martabali mansabdorning hisobotini eshitish vakolatiga ega bo‘lsa-da, amalda hisobotlar ko‘p hollarda chuqur tahlillarsiz ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining 19-noyabrdagi ilk majlisidagi nutqida to‘xtalgan.

U yuqori palata o‘z faoliyatida to‘liq ishga solishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarga e’tibor qaratib, jumladan qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy kengashlarni keng jalb etish, har bir qonun bo‘yicha ularning fikrini olish amaliyotini yo‘lga qo‘yishni tavsiya qilgan.

Mirziyoyev, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi dasturlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishda senatorlarning ishtiroki muhimligini urg‘ulagan.

“O‘zingiz bir tasavvur qiling – 37 millionli xalqdan faqatgina 65 nafar insonga senator bo‘lishdek yuksak sharaf va baxt nasib etdi. Bu ulkan ishonch va mas’uliyatning qadriga yetish, uni halol va sodiq xizmat bilan oqlash barchamizning muqaddas burchimizdir”, degan prezident.

Yangi tarkibdagi yuqori palataning ilk majlisida Senat rahbariyati saylangan. 2019-2024-yillarda Senat raisi o‘laroq faoliyat yuritgan Tanzila Norboyeva yana rahbarlik kursisini saqlab qolgan.

XS
SM
MD
LG