Линклар

Шошилинч хабар
19 октябр 2024, Тошкент вақти: 05:54

Mirziyoyev tashqi qarz haqidagi xavotirlarni aritishga urindi. Tashqi qarz chindan ham xavfsizmi?


Prezident Mirziyoyev 29 - dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga an’anaviy Murojaatnoma bilan chiqdi
Prezident Mirziyoyev 29 - dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga an’anaviy Murojaatnoma bilan chiqdi

Prezident Mirziyoyev 29 - dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatida mamlakatdagi to‘rt yirik kompaniya “kelgusi yilda xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, dedi.

Mustaqil iqtisodchilar fikricha, xalqaro moliya bozoridan davlat kafolatisiz kredit olishi uchun davlat rahbarining bayonoti yetarli emas. Buning uchun davlat bu korxonalardagi ulushidan voz kechishi, xalqaro reyting agentliklarida ularning kredit reytinglari belgilanishi kabi bir qator talablar bajarilishi kerak.

Prezident 29 - dekabrdagi murojaatida O‘zbekistonning tashqi qarzi masalasiga ham to‘xtalib, bunday dedi:“Hozirgi kunda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra xavfsiz hisoblanadi”.

Markaziy bankka ko‘ra, 2020 - yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, 29,3 milliard dollarga yetgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotidan olingan infografika.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotidan olingan infografika.

Bu miqdordagi qarz, Prezident aytganiday, chindan ham xavfsizmi?

Iqtisodchi olim Xidirnazar Allaqulovning fikricha, qarzning bu ko‘lami “agar iqtisodiy o‘sish bo‘lganda edi, xavfsiz bo‘lishi mumkin edi".

"Prezident “O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra xavfsiz hisoblanadi”, deyapti. Bu davlat boshlig‘ining gapi. Lekin Prezident tilga olgan xalqaro moliya tashkilotlarining xuddi shunga o‘xshash bayonot berganidan shaxsan mening xabarim yo‘q. Yana bir muhim masala: bu qarzlarning qanday shartlar bilan qancha muddatga olinayotganidan jamoatchilikda hech qanday ma’lumot yo‘q”.

Professor Xidirnazar Allaqulov
Professor Xidirnazar Allaqulov

Aftidan, masalaning olim aytayotgan uchinchi jihati – olinayotgan tashqi qarz haqidagi ma’lumotlarni ochiqlash zaruratiga mamlakat rahbariyati e’tibor bergan ko‘rinadi. Prezident Mirziyoyev o‘z murojaatida “tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, dedi.

Yana bir iqtisodchi olim Saparboy Jubayev Prezidentning shu paytgacha olingan tashqi qarz xavfsiz, degan fikriga qo‘shiladi. Biroq Jubayevning fikricha ham xavfsizlik ta’minlanishi uchun bir muhim shart bajarilishi kerak:

“Ha, Prezidentning fikriga qo‘shilaman. Chunki shu kunda tashqi qarzning umumiy miqdori shu kunda taqriban 30 mlrd dollar.. O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti miqdori taqriban 60 mlrd dollar. Demak, tashqi qarz YaIMning 50 foizi miqdorida. Bu miqdor O‘zbekistonga o‘xshagan davlat uchun ko‘p emas. Qiyoslash uchun: Yaponiyaning tashqi qarzi YaIMining 130 foizi, Buyuk Britaniya 120 foizi miqdorida, Qozog‘istonnik

XS
SM
MD
LG