Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:50

Mirziyoyev xavfsizlik xizmati uni “obro‘sizlantiruvchi axborotlar”dan ham himoya qiladi


Yangi qonun prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga saylanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan pallada imzolangan.
Yangi qonun prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga saylanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan pallada imzolangan.

O‘zbekistonda prezident davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi yangi qonun mamlakatda so‘z erkinligini cheklashi borasida xavotirlar bildirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 - iyul kuni imzolagan va shu sanadan kuchga kirgan qonun bilan Prezident davlat xavfsizlik xizmati - PDXX 40 dan ortiq toifadagi vakolatlarga ega bo‘lmoqda.

Jumladan, yangi qonunga muvofiq, prezident xavfsizlik xizmatiga qo‘riqlanadigan shaxslar, ya’ni davlat rahbari va oilasi sha’ni, qadr qimmatiga putur yetkazuvchi, ularni kamsituvchi, shuningdek siyosiy faoliyatini obro‘sizlantiruvchi axborot materiallari tarqatilishini aniqlash va unga chek qo‘yish vakolati ham berilgan.

Qonunga muvofiq, Prezident davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning sha’ni, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini obro‘sizlantiruvchi axborotlar yuzasidan prokuratura va sud organlariga ariza kiritishi mumkin.

Президентни ҳимоя қилувчи қонун ишга тушди. Жавобгарликка тортилган биринчи шахс ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:34 0:00

O‘zbekistonlik bloger Tohir Sobirov fikricha, qonun shubhasiz so‘z erkinligi va muxolif fikr uchun tahdiddir.

“Bu yerda tanqid ham prezidentni obro‘sizlantirish sifatida malakalanishi mumkin. Yoki kimdir tarmoqda o‘tirib prezident yoki qizi, kuyovlari haqda biron narsa yozsa, bu ham obro‘sizlantirish deb qaralishi, yozgan odam ta’qibga uchrashi mumkin. Chunki qonunda prezident va oilasini kamsitish, obro‘sizlantirish, deganda aynan nima nazarda tutilishi haqida aniq yozilmagan”, - deydi bloger.

Fransiyada yashovchi o‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov ham xavotirlarga qo‘shiladi.

Rabbimov fikricha, o‘zbek jamiyatida so‘z erkinligiga yondashuv yumshagan, ammo tanqiddan qo‘rquv butkul yo‘qolgan emas.

“Bu yerda tanqid va haqorat, shaxsiyatga tegish-bular orasida chegarani aniq qo‘yish kerak. Har qanday jamiyatda tanqid, tanqidiy fikr, o‘zgacha fikr so‘z erkinligi sifatida qaraladi. Masalan, Fransiyada ikkita yirik hajviy jurnal chiqadi. Eng ko‘p hajv qilinuvchi shaxs Prezidentdir. Bunga davlat rahbarini obro‘sizlantirish deb qaralmasligi kerak ”, - deydi Rabbimov.

Bundan tashqari, yangi qonun doirasida PDXX qo‘riqlanadigan shaxslar bilan muloqot qiladigan shaxslarning anketa va boshqa zarur ma’lumotlarini tekshirish, qoralovchi ma’lumot olinganda davlat organlari va boshqa tashkilot xodimlarini ishdan chetlatish kabi vakolatlarga ham ega bo‘lmoqda.

Qonun PDXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi va xavfsizlik tizimi vakolatlariga aniqlik kiritadi.

Jumladan, xizmatga huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ushlab turish, qo‘riqlanayotgan shaxs turgan obyektda axborot xavfsizligini ta’minlash, zaruratga qarab hududdagi radioaloqa to‘lqinlarini to‘sib qo‘yish, qo‘riqlanadigan shaxs harakat yo‘nalishida piyoda va transport harakatini to‘xtatish va boshqa huquqlar ham berilgan.

2018 - yilning yanvar oyida tashkil etilgan PDXX faoliyati shu paytgacha prezidentning yopiq qarorlari bilan tartibga solib kelingan.

Qonun bo‘yicha PDXX O‘zbekistonning joriy prezidenti va uning oila- a’zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davomidagi oila a’zolari;

Yangi saylangan prezident lavozimiga kirishguniga qadar prezident vazifalarini hamda vakolatlarini bajaruvchi shaxs xavfsizligini qo‘riqlaydi.

Prezident davlat xavfsizlik xizmati 2018 - yil fevral oyida tashkil etilgan.

2019 - yil avgustida Davlat xavfsizlik xizmatining prezident, uning oila- a’zolari, shuningdek xorijiy davlatlar rahbarlarini O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida himoya qilish bo‘yicha vakolatlari Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazilgan edi.

Xizmat to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga bo‘ysunadi va unga hisob beradi.

2020 - yil dekabr oyida ushbu xizmatga Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Usmonov rahbar etib tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG