Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:01

NASA Marsga yuborgan mitti vertolyot qizil sayyorada ilk parvoziga hozirlik ko‘rmoqda


Mars sayyorasi manzarasi.
Mars sayyorasi manzarasi.

AQSh aerokosmik agentligining (NASA) mitti vertolyoti Marsda ko‘zini ochdi.

Ingenuity ( «Topqirlik») nomi berilgan 1,8 kilogramm vaznga ega vertolyot 3 - aprel, shanba kuni o‘zining birinchi rangli tasvirini suratga oldi.

Vertolyotni o‘sha kuni Perseverance roveri Mars tuprog‘iga tushirgan edi.

NASA Ingenuity olgan suratni 5 - aprel kuni e’lon qildi.

Yengil avtomobilga teng keladigan Perseverance roveri Mars sathiga 18 - fevral kuni qo‘ngan edi. Rover o‘zi bilan olib borgan vertolyotni shanba kuni yerga qo‘yib, undan uzoqlashgan.

Keyingi kunlar ichida Perseverance vertolyotdan yanada uzoqlashadi.

Agar hammasi rejadagidek ketsa, quyosh energiyasi bilan ishlaydigan Ingenuity 11 - aprel kuni havoga ko‘tariladi. Bu esa Yerdan tashqari olamda amalga oshirilgan ilk parvoz bo‘ladi.

Olimlarning maqsadi Marsda uchuvchi apparatlardan foydalanish imkoniyatini sinab ko‘rishdir. Agar bir oyga cho‘ziluvchi sinov davomida Ingenuity yaxshi natijalarga erishsa, kelgusida Marsga yuboriladigan missiyalarga vertolyotlar qo‘shilishi mumkin.

Ingenuity vertolyotiga ilmiy asbob-uskuna o‘rnatilmagan. Ammo kichik vertolyot o‘z parvozlari davomida tiniq suratlarni oladi.

Perseverance roveri o‘zining yuqori sifatli kameralaridan foydalanib, Ingenuity vertolyotining parvoz marshrutini hujjatlashtirishga harakat qiladi.

Shuningdek, rover o‘zining ikki mikrofoni yordamida vertolyotning parvozlari audio yozuvini qayd etishi imkoniyatiga ham ega. Ammo bunga kafolat yo‘q, chunki Marsning sayoz atmosferasida tovush tez susayadi.

Ingenuity vertolyotining parvoz dasturi ko‘pi bilan bir oyda cho‘ziladi, chunki Perseverance qiladigan boshqa ish ko‘p.

2,7 milliard dollarga tushgan rover milliard yillar oldin daryo deltasi va katta ko‘l joylashgan Ezero kraterida qadimgi hayot izlarini qidiradi.

Perseverance, shuningdek, o‘nlab namunalarni to‘playdi. Ushbu namunalar 2031 - yildan boshlab NASA va Yevropa kosmik agentligining qo‘shma loyihasi doirasida Yerga olib kelinadi.

XS
SM
MD
LG