Линклар

Шошилинч хабар
06 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:19

Notinch Kobul. Afg‘oniston bo‘ylab Tolibon va Pokistondan norozi ayollar namoyishi


Kobulda Toliblar va Pokistonga qarshi namoyishlarda qatnashayotgan ayollar - 7 - sentabr, 2021
Kobulda Toliblar va Pokistonga qarshi namoyishlarda qatnashayotgan ayollar - 7 - sentabr, 2021

Afg‘onistonning poytaxt Kobul va bir necha yirik shaharlarida toliblarga qarshi namoyishlar boshlanib ketdi.

Kobulda Tolibon kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun havoga o‘q uzgani, ayrim hududlarda namoyishchilarni kaltaklagani xabar qilinmoqda.

Kobulda namoyishlarni tasvirga olayotgan mahalliy jurnalist ayolning hibsga olingani haqida norasmiy ma’lumotlar bor.

AFP agentligining xabar qilishicha, Kobuldagi Pokiston elchixonasi qarshisiga 70 ga yaqin odam yig‘ilgan, ularning aksariyati ayollardir.

Kobuldagi hamkorimiz Ismat Kamolning xabar qilishicha, barcha hududlardagi namoyishlarda afg‘onlar toliblar ortida turgani iddao qilingan Pokistonga qarshi shiorlarni ko‘tarib chiqishgan.

Namoyishchilar Pokistonni Afg‘oniston ichki ishlariga aralashganlikda ayblashgan.

Namoyishga chiqqan afg‘onistonliklar Pokiston josuslik xizmatlari rahbari Faiz Hamidning Kobulga tashrifidan junbushga kelgani aytiladi.

Кобулда аёллар намойишга чиқди. Исмат Камол билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:08 0:00
Бевосита линк

6 - sentabr kuni Tolibon Panjshir viloyatini to‘liq o‘z nazoratiga olgani to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur viloyat shu kungacha Afg‘onistonda Tolibon nazoratidan tashqarida qolayotgan yagona hudud edi. Ayni paytda Ahmad Ma’sud rahbarligida Panjshirda tashkil etilgan aksiltolib kuchlar bu bayonotni inkor etmoqda.

6 - sentabr kuni tarqatilgan bu xabarni rasman tasdiqlashning imkoni hozircha mavjud emas. Panjshir viloyatida telefon, internet aloqasi va elektr ta’minotini o‘chirib qo‘yilgan.

Tolibon 15 - avgust kuni Kobulni bosib olgani ortidan Afg‘oniston ustidan nazoratni o‘z qo‘liga kiritgan edi. Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etgan.

Tolibon rasmiy vakili Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Panjshir Tolibon qo‘liga o‘tishi bilan “mamlakatda urush olovi butunlay o‘chiriladi”.

XS
SM
MD
LG