Линклар

Шошилинч хабар
06 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:51

NRC: Afg‘onistonda har uch odamning biri ochlikdan aziyat chekmoqda


Norvegiyadagi qochqinlar kengashi – NRC xabariga ko‘ra, Afg‘oniston iqtisodiyoti halokat yoqasida, mamlakat gumanitar inqirozga yuz tutmoqda.

Tashkilotning bildirishicha, bugungi kunda Afg‘onistonda har uch odamning biri ochlikdan aziyat chekmoqda.

BMTning Oziq-ovqat dasturi so‘nggi bir haftada Afg‘onistondagi oilalarning 93 foizi to‘yib ovqatlanmaganini ma’lum qildi.

Afg‘onistonlik jurnalist Ismat Kamol Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni shunday tasvirladi:

- Tolibon poytaxt Kobulni ishg‘ol qilganiga taqriban ikki oy bo‘lyapti. Ikki oydan beri bozorlar ishlamaydi. Tijorat to‘xtagan. Oziq-ovqat korxonalari, ishlab chiqarish korxonalari ishlamayapti. Xalqning daromadi eng past darajaga tushib qoldi. Keyingi haftalarda odamlar to‘yib ovqatlanmayapti. Hatto ayrim oilalar faqat qaynoq suv bilan bir parcha quruq non bilan kun ko‘ryapti. Ahvol juda og‘ir, chunki daromad yo‘q, ish yo‘q. Odamlar ishsizlik sabab Eronga jo‘nab ketyapti. Biroq Eron chegaralarni yopgani sabab odamlar yana qaytib kelyapti.

Исмат Камол билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:38 0:00
Бевосита линк

Norvegiyadagi qochqinlar kengashi – NRC tashkiloti Bosh kotibi Yan Egelann 27 - sentabr kuni Kobulga qilgan safari davomida Afg‘onistonda naqd pul yetishmovchiligi oqibatida bank tizimi ham ishdan chiqishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz havo harorati 20 darajagacha tushadigan qish mavsumigacha insonlar hayotini saqlab qolish uchun vaqt bilan kurashyapmiz. Qochishga majbur bo‘lgan yuz minglab kishilarga tez orada boshpana, issiq kiyim-bosh va oziq-ovqat kerak”,-dedi Yan Egelann.

Афғонистонда очарчилик. Мирзиёев–Бародар келишуви бу хавфга тайёрми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:13 0:00

Afg‘oniston Tolibon nazoratiga o‘tgani ortidan 19 - avgust kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatga beriladigan 400 million dollarlik moliyaviy ko‘makni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan toliblar oldida turgan asosiy muammo - ochlik yoqasida turgan aholining oziq-ovqat muammosini hal qilish va mamlakat yuz tutayotgan iqtisodiy bo‘hrondan chiqish yo‘llarini topishdir.

XS
SM
MD
LG