Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:23

O‘zbek-qirg‘iz chegara kelishuvi: Barak eksklavi O‘zbekistonga o‘tdi


O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov. Bishkek, yanvar, 2023
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov. Bishkek, yanvar, 2023

Qirg‘iziston chala yarim ochiqlangan O‘zbekiston bilan bahsli chegaralarni delimitatsiya qilish kelishuvi doirasida o‘zining Barak qishlog‘ini O‘zbekistonga topshirdi.

Quvvat To‘raqulov tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idan jo‘nab ketar ekan, “ketish juda qiyin ekanligini aytadi.

«Boshqa tomondan, bu masala yaxshi tomonga hal qilindi. Bizga uy qurib berishlarini va’da qilishdi» deydi uning xotini.

Ikki tomonlama kelishuv shartlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning 208 gektar hududga ega Barak qishlog‘i O‘zbekistonga berildi. O‘z navbatida Qirg‘iziston ham Andijon viloyatidan teng miqdordagi hududni o‘ziga qo‘shib olmoqda.

Barakliklar yoz oxirigacha o‘sha boshqa hududga ko‘chiriladi.

Qishloqdagi yuzga yaqin uy va bir nechta hukumat binolari buzilib qurilish materiallari Qirg‘izistonga olib ketilgan.

Uzoq yillik chegara nizolari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda eng og‘riqli masala bo‘lib keldi.

«Amaliy jihatdan bu ikki davlat nizolar abadiy bo‘lmasligini isbotlovchi misol keltirdi», - deydi Bishkeklik siyosatshunos Emil Jo‘rayev Ozodlik bilan suhbatda.

“Ўзбек-қирғиз чегарасидаги коррупция ва узун навбатлардан чарчадик”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:06 0:00


Sovet kartograflari bir davlatning chegarasini boshqa bir davlatga noqulay tarzda qo‘shib qo‘yish oqibatlari haqida tabiiyki bosh qotirib o‘tirishmagan.

Barak mahalliy aholisi uchun chegarani kesib o‘tish ko‘pincha qiyin bo‘lgan. Biroq 2010-yilda Qirg‘iziston janubida qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida sodir bo‘lgan qonli etnik to‘qnashuvlardan keyin O‘zbekiston chegaralarini yopgach, vaziyat keskin yomonlashdi.

Barak aholisi chegaraga yaqin O‘sh va Qorasuv kabi shaharlarga borish uchun yuzlab kilometr masofani bosib o‘tishga majbur bo‘lgan. Shu bilan birga qishloqqa kundalik mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kirish ham uzoq yillik mashaqqatlardan biri edi.

2016-yilda hatto ikki davlat o‘z harbiylarini Ungar-Tepa deb atalgan kichik tog‘ yaqiniga joylashtirgan ham edi.

Ammo salkam olti oy o‘tib, O‘zbekistonning birinchi avtoritar prezidenti Karimov vafot etdi.

Barak qishlog‘i yashovchisi uyini tashlab chiqishdan oldin.
Barak qishlog‘i yashovchisi uyini tashlab chiqishdan oldin.


Karimov davrida 13 yil bosh vazir bo‘lib ishlagan yangi rahbar Shavkat Mirziyoyev tezda yaqin qo‘shnichilik siyosatiga nisbatan mutlaqo boshqacha qarashga ega ekanligini ko‘rsatdi.

2017-yilga kelib Qirg‘iziston bilan uzoq yillardan beri yopiq bo‘lgan chegara punktlari ochildi. Chegaraning ikki tomonida yashovchi oilalar yana bordi-keldi qilishni boshladi, savdo-sotiq rivojlandi.

Barakliklarning hayoti ham birmuncha osonlashdi.

Qirg‘izistonlik deputat Alisher Qozuyevning aytishicha, asosiy daromad manbai dehqonchilik bo‘lgan Barak aholisi O‘zbekiston suv bermayotganidan qiynalayotganini aytdi.

O‘zaro munosabatlardagi muzlar eriganiga qaramay, chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha ishlar 2018-yilga kelib to‘xtab qoldi.

Japarovning 2020-yilda siyosiy notinchlikdan so‘ng Qirg‘iziston hokimiyatga kelishi bilan, muzokaralar davom etdi.

Qirg‘izistonning sobiq Barak anklavi aholisi Qirg‘izistonga o‘tishga majbur bo‘lgan yo‘l. O‘zbekiston 2013-yilda qisqa yo‘lni yopib qo‘ygan.
Qirg‘izistonning sobiq Barak anklavi aholisi Qirg‘izistonga o‘tishga majbur bo‘lgan yo‘l. O‘zbekiston 2013-yilda qisqa yo‘lni yopib qo‘ygan.

O‘zbekiston tomoni bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib borgan Japarov hukumati Qirg‘iziston hududidagi strategik suv ombori Kampirobodni O‘zbekiston nazoratiga o‘tkazuvchi kelishuvni parlamentda tasdiqlashga erishdi.

Qirg‘izistonda 2022-yilning ikkinchi yarmida chegara kelishuvini tanqid qilgan 20 dan ortiq faol qamoqqa tashlandi.

Mirziyoyev 2023-yilning yanvarida Bishkekka davlat tashrifi bilan kelib, o‘z nutqida Japarovni alqadi.

«Agar uning siyosiy irodasi bo‘lmaganida, bugungi natijaga erishmagan bo‘lardik. Bu muammolarni ertaga, indinga qoldirishimiz mumkin edi. Ertaga 30 yil davom etdi ammo muammolar hal etilmadi», degan edi Mirziyoyev.


O‘sh gubernatori Elchibek Jantayev Ozodlikka bergan intervyusida Japarov Barak qishlog‘i aholisini doimiy turarjoy bilan ta’minlash uchun «shaxsiy jamg‘armasi»dan 270 million som (3 million dollar atrofida) ajratganini aytdi.

Ko‘chirishning oxirgi muddati 31-avgust Qirg‘iziston mustaqillik kuniga qadar etib belgilangan.

Japarovning yaqin do‘sti va milliy xavfsizlik boshlig‘i Qamchibek Tashiyevning 2021-yilda Tojikistonga tegishli bo‘lgan Qirg‘izistondagi Vorux anklavini o‘zaro ayirboshlash haqidagi gaplari Vorux aholisining g‘azabiga duchor bo‘ldi.

Qirg‘izistonning O‘zbekistonga o‘tgan Barak eksklaviga gumanitar yordam yetkazilmoqda, 2013-yil 25-yanvar.
Qirg‘izistonning O‘zbekistonga o‘tgan Barak eksklaviga gumanitar yordam yetkazilmoqda, 2013-yil 25-yanvar.


Ikki davlat o‘rtasida qurolli chegara mojarosi boshlandi. Nizo ikkala tomondan o‘nlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Ammo ochirgi yilda Tojikiston va Qirg‘iziston chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha bir nechta muzokaralar o‘tkazdi. Masala ijobiy hal qilinishiga umid bor.

Bu har ikki tomonning “qiyin qarorlar qabul qilishga qanchalik tayyorligiga bog‘liq, deydi tahlilchi Jo‘rayev.

«Voruxda 40 000 ga yaqin odam yashaydi, Barakdagi bir necha yuz kishi bilan solishtirganda vaziyat ancha murakkabroq», deya xulosa qiladi tahlilchi.

XS
SM
MD
LG