Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:23

O‘zbekiston AES qurilishiga xorijdan mablag‘ olmoqchi


O‘zbekiston kichik quvvatli atom elektr stansiyasini (KQAES) qurish uchun xorij banklaridan mablag‘ jalb etmoqchi.

“Daryo.uz” nashri yozishicha, bu haqda “O‘zatom” agentligi huzuridagi AES qurilishi direksiyasi direktori Otabek Omonov 15-oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan ilmiy anjumanda gapirgan.

“Hozirda bir necha Yevropa, Rossiya va mahalliy banklar bilan AESga sarmoya kiritish bo‘yicha muzokara olib borilyapti. Kerakli takliflar rahbariyatga taqdim etilgan. Qaysi banklar bizga ma’qul taklif bersa, ular bilan hamkorlik qilinadi. Chet el banklari krediti ham investitsiyaga tenglashtiriladi”, degan direksiya rahbari.

Ўзбекистоннинг кичик АЭС режаси хатарли тажрибами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:49 0:00

Qayd etilishicha, hozirda qurilish uchun tanlangan hududda “O‘zGASHKLITI” Qurilish, geoinformatika va shaharsozlik kadastri davlat loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan kuzatuvlar, shuningdek, aerometeorologik, gidrologik, gidrogeologik va seysmologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

“AES qurilishining eng qizg‘in davrida maydonda 10 ming nafargacha quruvchi ishlaydi. Biz ularga sharoit yaratib berishimiz kerak... 2025-yil yakunigacha maydonchaga AES joylashuvi bo‘yicha ruxsatnoma olmoqchimiz. Muhim asbob-uskunalarni ham o‘z vaqtida joylashtirsak, 2029-yil yakunida stansiyaning birinchi qismi ishga tushirilishi mumkin”, degan “O‘zatom” vakili.

Joriy yil iyun oyida “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi vakillari KQAES qurilishiga doir hujjatni imzolagan. 330 MVt quvvatga ega stansiya (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor) Jizzax viloyatida (Tuzkon ko‘li) barpo etiladi.

Dunyo uzra Putinning yadroviy tahdidi muallaq turgan pallada O‘zbekiston Rossiya bilan birgalikda KQAES qurishga kirishayotgani mahalliy faollarning e’tiroziga sabab bo‘lgan. Jamoatchilik bu loyiha Kreml qo‘lida O‘zbekistonga qarshi “shantaj quroli” bo‘lib qolishidan xavotirda.

XS
SM
MD
LG