Линклар

Шошилинч хабар
08 сентябр 2024, Тошкент вақти: 05:10

O‘zbekiston iyun oyida gaz eksportini keskin ko‘paytirdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Statistika agentligi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yilning iyun oyida xorijga 181,5 million dollarlik gaz sotgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 baravar, joriy yilning may oyiga nisbatan esa 24 baravar ko‘p.

Agentlik hisobotidan kelib chiqilsa, o‘tgan yarim yil ichida O‘zbekiston xorijga 241,4 million dollarlik gaz eksport qilgan. Xususan, yanvar oyida chet o‘lkalarga 21 million dollarlik, fevral oyida 5,7 million dollarlik, mart oyida 18,7 million dollarlik, aprel oyida 6,9 million dollarlik, may oyida esa 7,6 million dollarlik gaz sotilgan.

Avvalroq XXR Bosh bojxona boshqarmasi O‘zbekistondan yil boshidan buyon qariyb 235 million dollarlik gaz import qilingani haqida ma’lum qilgan edi. Xitoydan tashqari O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan Tojikistonga ham gaz yetkazib beryapti.

Ayni paytda, Statistika agentligi qaydicha, joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijdan 809,5 million dollarlik gaz import qilgan. Bu 2023-yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan to‘rt baravar ko‘pdir.

XS
SM
MD
LG