Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:55

O‘zbekiston Yevropa bankidan "rekord darajada" qarz oldi. Mablag‘lar qanday sarflanmoqda?


Faollarga ko‘ra, YeTTBning “Yashil shahar” dasturiga qo‘shilgan Samarqandda daraxtlarni kesish davom etmoqda.
Faollarga ko‘ra, YeTTBning “Yashil shahar” dasturiga qo‘shilgan Samarqandda daraxtlarni kesish davom etmoqda.

Qarorgohi Pragada joylashgan “Bankuotch“ (Bankwatch Network) tashkiloti O‘zbekistonga yuzlab million dollar kreditlar ajratayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) loyihalarida “shaffoflik va muloqot yetishmasligi”dan xavotir bildirmoqda.

Nodavlat tashkilotining aytishicha, ochiqlikning yo‘qligi mablag‘larning maqsadli sarflanishini savol ostiga qo‘yadi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021 - yilda O‘zbekistonga rekord darajada ko‘p - 690 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratgani xabar qilingan.

Ayni paytda YeTTBning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh so‘zchisi Anton Usov Ozodlik bilan suhbatda “Bankuotch“ xavotirlarini rad etdi.

Britaniyada chiqadigan Financial Times nashri 30 - yanvar kuni e’lon qilgan maqolasida “demokratiya bo‘yicha qat’iy mandati”ga qaramay, YeTTB yillik 10 milliard yevro miqdoridagi kreditning salmoqli qismini avtoritar boshqaruv amalda bo‘lgan mamlakatlarga yo‘naltirganini tanqid qilib chiqdi.

YeTTB O‘zbekistonga katta miqdorda sarmoya kiritayotganini ta’kidlagan “Bankuotch“ning Jamiyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha koordinatori Nina Lesixina Ozodlik bilan suhbatda “bu mablag‘larning bank maqsad qilgan aholi ravnaqi va ekologik farovonlik yaratishga hissasini ko‘rmayotganliklarin”ni aytdi.

Lesixina fikricha, YeTTB O‘zbekistonda moliyalagan shirkatlarda, jumladan Indorama Agro shirkatida xodimlar quldek ishlatilgani, fermerlar yeri tortib olingani bilan bog‘liq huquqbuzarliklar “bankning vaziyatni baholash tizimi zaifligini ko‘rsatadi”.

“Bank, aslida puxta ma’lumot asosida qaror qabul qilishi kerak. Oldin islohot, keyin mablag‘. Islohotlar qancha ko‘p bo‘lsa, sarmoya shunchalik ko‘p bo‘lishi kerak. Jumladan, qonun ustuvorligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi, inson huquqlariga hurmat kabi sohalarda. Lekin amalda bu yondashuv O‘zbekistonda ishlamayapti. Mamlakatga katta sarmoya oqyapti, islohotlar esa faqat og‘izda", - deydi Lesixina.

“Bankuotch“ning bu xavotiri Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021 - yilda O‘zbekistonga rekord darajada ko‘p - 690 million AQSh dollarlik kredit ajratgani haqidagi xabarlar ortidan yangradi.

O‘zbekiston YeTTBdan qarz olishda mintaqada peshqadam

YeTTB o‘tgan yili O‘zbekistonda muqobil energiya ishlab chiqarishdan tortib kichik biznesni rag‘batlantirishgacha bo‘lgan 22 ta loyihani moliyalagan.

Jumladan, Samarqand shahri yaqinida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 21, 8 million yevro mablag‘ ajratilgan.

Namangan viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqava suv xizmatlarini yaxshilash loyihasi ham bankning 70 million AQSh dollarlik moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan.

Shuningdek, bank yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi doirasida “Hamkorbank” va “O‘zsanoatqurilishbank”ka yashil texnologiyalarga sarmoya kiritayotgan kichik xususiy sektor kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million va 25 million AQSh dollari miqdorida kreditlar bergan.

Shuningdek, bank o‘tgan yili Ozodlik surishtiruvi markazida bo‘lgan Indorama Agro MChJ klasteriga qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, paxta va boshqa ekinlarni almashlab ekishni rag‘batlantirish uchun 60 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratgan.

Indorama Agro mojarosi

YeTTB millionlab dollar kredit bergan Indorama Agro shirkati o‘tgan yili fermerlar yerini tortib olish va xodimlarni quldek ishlatish bilan bog‘liq mojaro markazida qolgandi.

Суриштирув: Ери тортиб олинган фермер ва "қулдек ишлатилаётган" ўзбеклар. Indorama Agro "намунавий инвестор"ми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:54 0:00

O‘tgan yil mayida “Indorama Agro” MChJning Sirdaryodagi o‘nlab ishchisi oyliklari qisqarib ketgani va mehnat qonunchiligi buzilayotganiga norozilik bildirib, velosipedda yurish ham qilgan.

Норози ғилдираклар. Сирдарёлик ишчилар “бетонка”да велонамойиш уюштирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:30 0:00

YeTTBning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh so‘zchisi Anton Usov Ozodlik bilan suhbatda Indorama Agro mojarosi hamda O‘zbekistonda mablag‘lar maqsadsiz sarflanayotgani bilan bog‘liq da’volarni rad etdi.

“YeTTB "Bankuotch“ va Indorama Agro o‘rtasida turli muammolar bo‘yicha fikr almashish uchun yilning har choragida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘ydi. Ahvol yaxshi. Loyiha o‘tgan yil boshida jamoatchilik e’tiborga tushdi. Mehnat qonunchiligi buzilayotgani holatlari bo‘layotgani aytildi. Biz bu ayblovlarga javob qaytardik va fevralda paxtani qayta ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bu loyiha qabul qilindi”, - deydi Usov.

O‘zbekiston paxta sanoati og‘ir o‘tmishga ega ekanini aytgan YeTTB so‘zchisi Indorama O‘zbekistonga “yangi texnolgiyalar bilan kelganini ta’kidlaydi.

Cotton Campaign, Human Rights Watch kabi tashkilotlar ham O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berildi, degan xulosaga keldi. Indorama O‘zbekistondagi paxta sektorining kelajagi va biz buni qo‘llab quvvatladik”, - deydi Usov.

YeTTB so‘zchisi Anton Usov.
YeTTB so‘zchisi Anton Usov.

Uning Ozodlikka aytishicha, YeTTB mahalliy fuqarolarning mehnat va boshqa huquqlari buzilayotgani haqidagi iddaolar yuzasidan faollar bilan “doimiy muloqot”ni yo‘lga qo‘ygan.

“Bankuotch” dagi hamkasblarimizning xulosasini hurmat qilamiz, ularni masalaga o‘z qarashi bor. Ularni huquqi bu”, - deydi Anton Usov.

YeTTBning “Yashil shahar” dasturiga qo‘shilgan Samarqandda daraxtlar kesilgan

Ayni paytda YeTTB Samarqand shaharda “Yashil shahar” loyihasi bo‘yicha shahar hokimligi bilan kelishuvga erishgani ham “Bankuotch” e’tiboriga tushgan.

Loyihanning maqsadi shahardagi ekologik muammolarni aniqlash va hal qilish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va shaharni iqlim o‘zgarishi talablariga moslashishiga yordam berishdir.

Ammo “Bankuotch” faollari YeTTB O‘zbekistonda daraxtlarning kesilishi, uylarning ommaviy buzilishi, qurilishlar bois oilalarning majburan ko‘chirilishi kabi ko‘plab muammolarga e’tibor qaratishi kerak, demoqda.

“ YeTTBning “Yashil shahar” dasturiga qo‘shilgan Samarqandda daraxtlarning kesilayotgani, yashil hududlar qisqarib, odamlarning majburan uylaridan ko‘chirilayotgani achinarli holat. Bank mahalliy aholi va faollarning bu boradagi xavotirini e’tiborga olishi kerak”, - deydi Nina Lesixina.

Tashkilotga 2019 - yilda Samarqand shahridagi Universitet hiyoboni hududida velosiped yo‘laklari va favvoralar qurish maqsadida, 2020 - yilda esa basseyn qurish uchun daraxtlar qirg‘in qilinganini hujjatlashtirgan.

“Samarqandda daraxtlar kesilishi, uylar buzilishi va aholining ko‘chirilishiga qarshi kurashayotgan “Samarqandni qutqaring” tashabbus guruhi a’zolariga qarshi tazyiqlar davom etmoqda. Tanqidiy mavzularni ko‘tarmoqchi bo‘lgan jurnalist va blogerlar taqdiri bir chetda hal qilinmoqda”, - deyiladi “Bankuotch” bayonotida.

“Bankuotch” O‘zbekiston bo‘ylab amal qilayotgan rasmiy moratoriyga qaramasdan, daraxtlarni kesish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning ko‘pchiligi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilayotganini urg‘ulaydi.

YeTTB vakili Anton Usov bu xavotirlar Samarqand bo‘yicha loyihani ishlab chiqishda albatta e’tiborga olinishini aytdi.

“Men ularning fikrini hurmat qilaman. Lekin biz Samarqand bilan “Yashil shahar” bo‘yicha angashuv memorandumini imzolaganmiz, xolos. Reja bor. Gap Samarqandda eski transportni zamonaviy elektr transportiga almashtirish haqida ketmoqda. Bu hozircha reja. Bankuotch fikrini ham e’tiborga olamiz”, - deydi Usov.

YeTTB vakili O‘zbekistonga ajratilayotgan kreditlar shaffof emasligi va maqsadsiz sarflanayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida “Bankuotch” xavotirlarini rad etdi.

“Maqsadsiz sarflanishi deyarli imkonsiz. Deylik, yo‘l qurilishi uchun 100 million dollar ajratildi. Bank bu pulni mana pul, quraver, deb davlatga bermaydi. Davlat buyurtmachi. Biz pudratchini topish uchun tender o‘tkazamiz, xaqaro tender. Tanilgan shirkat, tajribaga ega shirkat yutadi. Biz avans to‘lovlarini qilamiz. Qilingan ishga qaraymiz. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, keyingisini oladi. Shikoyatlar bo‘lsa o‘rganamiz. Shikoyatlar hamma vaqt bor. Bu bir jarayon. Biz xususiy bank emasmiz. Xususiy bank uchun foyda qiziq. Biz uchun esa aholi ravnaqi muhim. Biz ajratgan mablag‘lar odamlar uchun, aholi uchun foydali bo‘lishi kerak, foydasi bo‘lmasa to‘xtatamiz”, - deydi Usov.

Britaniyada chiqadigan nufuzli Financial Times nashriga ko‘ra, “demokratiya bo‘yicha qat’iy mandat”ga qaramay, YeTTB yillik 10 milliard yevro miqdoridagi kreditning muhim qismini avtoritar rahbarlar boshqaruvidagi mamlakatlarga yo‘naltirmoqda.

Nashr 30 - yanvarda e’lon qilgan “YeTTB ozodlikni moliyalashda davom etadimi?” sarlavhali maqolada O‘zbekiston tilga olinmagan.

Tanqidchilarga ko‘ra, YeTTBning hozirgi kreditlash amaliyoti “haqiqiy demokratik davlatlar bilan ishlash haqidagi dastlabki mandatiga mutlaqo mos kelmaydi va bank o‘z faoliyatini keskin qayta ko‘rib chiqishi kerak”.

O‘zbekiston markaziy bankiga ko‘ra, mamlakatning umumiy tashqi qarzi 2021 - yil boshidan beri 3,7 milliard dollarga oshib, o‘tgan yil oxiriga qadar 37,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Xalqaro moliya tashkilotlaridan olingan qarzlarning barchasi byudjet mablag‘lari hisobidan qaytarilishi belgilangan.

XS
SM
MD
LG