Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:45

“Oluvrilar, davlat kambag‘al bo‘p qomiydi…”


O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida bahsli deb hisoblab kelingan, umumiy maydoni 795,62 gektarli Bag‘is va Xiyobon qishloqlari Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi.

Bu haqdagi buyruqni Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin imzoladi va buyruq Bosh vazir rasmiy saytida 25 - may kuni e’lon qilindi.

Toshkentlik dramaturg Sanjarali Imomov “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidan olingan mashhur iqtibosni shu voqea munosabati bilan tilga oldi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:00 0:00
Бевосита линк

Sanjarali Imomov so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi mansub bo‘lgan muxolifat faoliyatini jonlantirishga qaratilgan tashabbuslari bilan ham tanilgan.

Shuning uchun ham dramaturgdan shu kunning yana bir voqeasi – xonanda Jahongir Otajonovning xonadonida sodir bo‘lgan insident munosabati bilan fikrlariga qiziqdik.

26 - may kuni muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi a’zolari xonanda Jahongir Otajonovning xonadonida yig‘ilib, shu yil oktabrida o‘tadigan prezident saylovlarida uning nomzodini ilgari surdi.

“Erk”chilarning Ozodlikka bildirishicha, “26 - may kuni soat 11.00 atrofida 20 chog‘li erkak va ayollar erkchilar uchrashuvi rejalangan Otajonovning Toshkentdagi xonadoniga bostirib kirib, baqir-chaqir qilib, yig‘ilishni buzmoqchi bo‘lgan”.

Xuddi shunday hujum avvalroq ta’sis qilingan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi faollarining yig‘ilishida ham sodir bo‘lgan edi.

Янги таъсис этилган мухолиф партия йиғилиши "блогер ва аёллар босқини" туфайли бузилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00

XS
SM
MD
LG