Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:58

OzodDayjest: “Uzbekistan Airways”ning yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan yangi tartibi qonunga zid ekani aytildi


Oliy Majlis deputati maktablarda o‘qituvchilarning konspekt yozish tartibi bekor qilingani noto‘g‘ri qaror bo‘lgan, deb hisoblaydi. Ombudsman mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini turarjoy bilan ta’minlash muammosini ko‘tardi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Oliy Majlis vakili: 600 ga yaqin mehribonlik uyi bitiruvchici turarjoyga muhtoj

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini turarjoy bilan ta’minlash borasida kamchiliklar borligini tanqid qildi (www.qalampir.uz, 1 - aprel).

“Joriy yil 1 - yanvar holatiga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining 610 nafari turarjoy bilan ta’minlangan, 578 nafar esa bugungi kunda ham turarjoyga muhtoj bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, 2020 - yil davomida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda mehribonlik uylari bitiruvchilari tomonidan Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga turarjoy berilmagani yoki berilgan turarjoylar uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi borasida 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan”, - deydi Aliya Yunusova.

Uy-joy bilan bog‘liq arizalarga asosan murojaatchilar bilan tuman yoki shahar hokimi ishtirokida suhbatlar o‘tkazilgan.

“Achinarlisi, suhbat davomida turarjoy bilan ta’minlash uchun mablag‘lar yo‘qligini (yetishmasligini) vaj qilib keltirishmoqda. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 - yil 11 - oktabrdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, byudjet mablag‘larini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ida ushbu masala o‘z yechimini topgan”, - deb qo‘shimcha qildi A.Yunusova.

“Uzbekistan Airways” yo‘lovchilardan noqonuniy to‘lov undirmoqda

28 - martdan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi kutilmaganda yo‘lovchilardan bagaj uchun alohida haq (o‘rtacha 10 AQSh dollari) undira boshladi. Kompaniya buni yangicha qoidaga o‘tish deb baholamoqda. Ammo bu qonunchilikka zid hisoblanadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Yangi qoida bo‘yicha aviashirkat oldingiday yuk uchun chiptaga kiritilgan umumiy og‘irlikka ko‘ra emas, balki bittadan tashqari har bir bagajga alohida haq olmoqda. Bundan esa barcha yo‘lovchilar norozi bo‘lmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kompaniyaning ushbu harakati qonunga zid bo‘lib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonuni 7-moddasiga binoan, yangi narx yoki tariflar tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ular kuchga kirishidan kamida o‘n besh kun avval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.

Aviakompaniya esa o‘z saytida yangi tartibi qo‘llanishi haqida atigi bir kun oldin – 27 - mart kuni e’lon bergan. Ya’ni bu o‘rinda ham qonun buzilgan, ham iste’molchilarga qator noqulayliklar yuzaga keltirilgan. Iste’molchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan to‘lov bahosi chet el valyutasi – dollarda belgilangani ham g‘ayriqonuniydir.

Nashr ushbu holatga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi e’tibor qaratishini so‘ragan.

“Bu urushga qurolsiz kirishdek gap” – deputat maktablardagi muammolarga e’tibor qaratdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Ziyayev maktab o‘qituvchilarining arz va murojaatlariga asoslanib, Xalq ta’lim vazirligi e’tiborini tizimdagi ayrim muammolarga qaratdi (“Mahalla” gazetasi, 30 - mart).

Qayd etilishicha, maktablarda o‘qituvchilarning konspekt yozish tartibi bekor qilingani noto‘g‘ri qaror bo‘lgan, bu bilan o‘qituvchilar go‘yo urushga qurolsiz yuborilmoqda. Elektron kundalik joriy etishda ham shoshqaloqlik qilingan. Avvalo o‘qituvchilarni noutbuk, hech bo‘lmaganda planshet, maktabni esa tezkor internet bilan ta’minlash muammosini hal qilish kerak edi.

“Maktablar zamonaviy o‘quv texnikalari bilan to‘la ta’minlanganida ham boshqa gap edi. Lekin o‘qituvchining qo‘lida hamon bo‘r va lattadan, rangi o‘chib ketgan doskadan boshqa hech narsa yo‘q, hatto poytaxt maktablarida ham”,- deyiladi maqolada.

Shuningdek, maktablar reytingini o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi bilan belgilash ham noto‘g‘ri qaror deya baholangan.

“Maktablarni o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi bilan baholashni to‘xtatish kerak. Bu maktabning emas, repetitorning mehnati ekani vazirlikdagilarga ham yaxshi ma’lum-ku. Qolaversa, bu bilan yana ta’limdagi muammolarni yashirayapmiz, xolos” , - deb hisoblaydi deputat J.Ziyayev.

Xalq ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019/2020 - o‘quv yilida esa oliy ta’lim muassasalarga hujjat topshirgan 46528 nafar bitiruvchidan 5736 nafari, ya’ni 12,3 foizi o‘qishga kirdi. 145 ta maktabdan birorta o‘quvchi OTMga kira olmagan.

XS
SM
MD
LG