Линклар

Шошилинч хабар
08 сентябр 2024, Тошкент вақти: 05:12

Polshada o‘smirlarga hujumda gumonlangan o‘zbekistonlik yigit jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi


Polshada ukrainalik ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilganlikda gumonlangan o‘zbekistonlik Mashhurbek Kozimjonov hibsdan ozod qilingan. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ma’lumot tarqatdi.

Elchixona matbuot xizmati qaydicha, 26 yoshli o‘zbekistonlik yigit Brodnensk bog‘ida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Varshava politsiyasiga jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatma bergan.

Avvalroq Polshaning Wyborcza nashri poytaxtdagi bog‘lardan birida o‘zbekistonlik yigit ukrainalik o‘smirlarga pichoq bilan hujum qilib, ularga shikast yetkazgani haqida xabar qilgan edi.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan yoyinlangan videoda Mashhurbek Kozimjonovning o‘zi uch-to‘rt nafar ukrainalik unga hujum qilgani, u esa o‘zini himoya qilish chog‘ida ukrainaliklardan biriga qattiqroq shikast yetkazgani, buning ortidan unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida aytgan va ish oydinlatilishida yordam ko‘rsatgani uchun o‘zbek diplomatlariga minnatdorlik bildirgan.

XS
SM
MD
LG