6-oktyabr kuni Qozog‘istonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish byulletenidagi savol bitta: «Siz Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?»
Ammo loyiha atrofidagi munozaralar yetarlicha. Sovet davridan qolgan yadro sinovlari, uzoq vaqtdan beri davom etayotgan yadro fobiyasi, agar loyiha ma’qullansa, zavodni kim quradi, degan savollar esa ochiq qolmoqda.
Ko‘pgina mamlakatlarda referendumlar vaqtida hukumat koalitsiyalarida bo‘linishlar yoki vazirlar mahkamasining iste’foga chiqishi kuzatilsa, Qozog‘istonda siyosiy elita AES qurish rejasini qat’iy dastaklamoqda.
Hukumat yadro energetikasi qurish loyihasini mamlakat janubida yildan-yilga ortib borayotgan energiya taqchilligini qoplash zarurati bilan izohlamoqda
Qayta tiklanuvchi energiyaning umumiy energiya hajmidagi ulushi so‘nggi yillarda qariyb 6 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev qayta tiklanuvchi energiya «iqlim sharoitiga» bog‘liqligi sababli uni keng miqyosda joriy qilib bo‘lmasligini aytmoqda.
Referendum nega kerak?
Har qanday referendum o‘zi bilan norozilik namoyishlarni olib kelishi xavfi borligi va Qozog‘iston avtoritar rejimi yaqin 2 yilda parlament saylovlari (2023- yil mart) va prezidentlik saylovlari (2022-yil noyabr) o‘tkazgani hisobga olinsa, bu o‘rinli savol.
Ammo mamlakat rahbariyati bu masala munozarali ekanini yaxshi tushunadi. Odamlarning xavotiri 1949-yilda Sovet Ittifoqining Qozog‘istonda o‘tkazgan birinchi atom bombasi sinovidan keyin qolgan ekologik va insoniy asoratlar bilan bog‘liq.
“Ma’muriy resurslar” hukumat tomonida ekanligi, shuningdek, Qozog‘istonda nazorat ostida o‘tkazilgan saylovlarning uzoq tarixini hisobga olsak, ko‘pchilik referendumda AES loyihasi g‘alaba qilinishini kutmoqda.
O‘tgan oy hukumat tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, qozog‘istonliklarning atigi 22,3 foizi loyihaga qarshi. Bu avgust oyidagi 32,5 foizlik ko‘rsatkichdan sezilarli kam.
Qozog‘istonda davlat ruxsatisiz so‘rovnoma o‘tkazish ta’qiqlangan. Yaqinda ikki jurnalist va bir ommaviy axborot vositasi referendum oldidan atom energetikasi haqida jamoatchilik fikrini o‘rgangani ortidan jarimaga tortildi.
Faollar qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishni kengaytirish ham maqsadga muvofiqligi, ham AES variantidan to‘rt barobar arzonga tushishini aytmoqda. Shuningdek, faollar bu loyiha ham oldingilari kabi korrupsiyalashib ketishidan xavotir bildirmoqda.
AESni Rossiya quradimi?
Saylov byulletenida «Rossiya» nomi tilga olinmaydi. Ammo ko‘pchilik uchun bu eng muhim savollardan biri. Moskva Ukrainaga bosqinning ilk haftalarida Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olib, yadroviy falokat xavfini keltirib chiqargan edi.
Rossiyaning «Rosatom» energetika giganti garchi G‘arb sanksiyalariga duchor bo‘lmagan bo‘lsa ham, kelajakda sanksiyaga tushish xavfi yo‘q emas. Rosatom Fransiyaning EDF, Xitoy Milliy Yadro korporatsiyasi va Janubiy Koreyaning Korea Hydro & Nuclear Power kompaniyalari qatorida ko‘rib chiqilayotgan istiqbolli to‘rt pudratchidan biri xolos.
Qizig‘i shundaki, Qozog‘iston rasmiylari loyiha ishonib topshiriladigan xalqaro konsorsium Ostona Ukrainada urush boshlanganidan beri faol ravishda ilgari surayotgan “ko‘p vektorli" tashqi siyosatning yorqin namunasi bo‘lishini eslatib o‘tdi.
Ammo hozirgi global geosiyosiy taranglik Qozog‘iston uchun Rossiyani Pekin Seul va Parij kabi hamkorlar ichida nomaqbul tanlovga aylantiradi.
Kreml Qozog‘istonning urush borasidagi neytral pozitsiyasidan g‘azablanib turgan bir paytda, bunday strategik loyihada Moskvani butunlay rad etish Qozog‘istonga qimmatga tushishi ehtimoli ham yo‘q emas.