Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:56

Qozog‘istonda mast ahvolda mashina boshqargan imom ishdan bo‘shatildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qozog‘istonda avvalroq mast ahvolda mashina boshqargani uchun hibsga olingan Qo‘stanay viloyati bosh imomi Baxitbek Tajimbet ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi ma’lum qildi.

Tajimbek 23-iyul tunida Burabay qishlog‘idagi “Region 03” klubi yonida qo‘lga olingan edi. Politsiya unga nisbatan mamlakat Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 608-moddasi 1-qismi (“Mast ahvolda bo‘lgan haydovchi tomonidan transport vositasining boshqarilishi”) bo‘yicha bayonnoma tuzgan.

Guvohlik ko‘rsatmasi olish paytida imom faqat pivo ichganini aytgan. Sudda u aybini tan olgan emas va qimiz ichganini bildirgan. Sud uni 15 kunga qamash va yetti yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish haqida qaror chiqargan.

Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi qonun hamda din xodimi axloqiga oid qoidalarni buzgan shaxslar “diniy sohada ishlashga ma’naviy huquqi yo‘q”ligini bildirgan.

“Alloh barchamizni yomonlikka yetaklovchi va afsusga sabab bo‘luvchi nafs istaklaridan asrasin”, deyilgan muftiyat xabarnomasida.

2023-yil sentyabrida Qozog‘istonda Olmaota viloyati Shelek qishlog‘idagi “Hidoyat” masjidi imomi ishdan bo‘shatilgan edi. U namoz paytida imom oldidan yugurib o‘tgan yosh bolaning boshiga urgan. O‘sha paytda muftiyat imom o‘z xatosini tan olib, bolaning ota-onasi va jamoatchilikdan uzr so‘raganini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG