Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:34

Rossiyada yangi safarbarlik muqarrar. Chaqiruv qog‘ozi yuborishsa nima qilish kerak? Huquq himoyachilari tushuntiradi


Rossiyaning "Mojem ob’yasnit" loyihasi jurnalistlari nomi aytilmagan manbalariga tayanib, Rossiyada harbiy safarbarlik bir kunlik ovoz berishdan o‘tgach, ya’ni 20- sentabrdan so‘ng darhol boshlanishi mumkinligini yozmoqda.

Shartnoma asosida yollash bo‘yicha tashviqotlar muvaffaqiyatsiz chiqqani, rejaning yarmi ham bajarilmagani haqidagi xabarlar safarbarlik muqarrar ekaniga dalolat qiladi.

Rossiyada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi safarbarlik to‘lqini haqida «Nastoyashcheye Vremya» "Grajdanin i Armiya" huquqbonlik guruhi rahbari Sergey Krivenkodan so‘radi.

- Aytishlaricha, yigirmanchi sentabrdayoq safarbarlik e’lon qilinishi mumkin. Buning alomatlarini ko‘ryapsizmi?

- "Biz bu alomatlarni yil davomida kuzatdik. Ya’ni, o‘tgan yil kuzida safarbarlikning ilk to‘lqini bo‘lishi bilanoq, davlat qonunchilikda qancha teshiklar borligini, harbiy bo‘limlar qanchalik yomon ishlayotganini anglab yetdi. Ammo yil davomida Rossiya hukumati bularning barchasini tuzatish uchun qanday jonbozlik qilayotganini ham ko‘ryapmiz. Butun safarbarlik protsedurasini hozirlayapti. O‘zgartirishlar kiritilyapti, chaqiruv qog‘ozini elektron yuborish, jarimalarni kuchaytirish… butun tizim tartibga solinmoqda. Bu esa harbiy xizmatga chaqirish tizimi o‘zgartirilayotganining eng muhim ko‘rsatkichidir: albatta, chaqiruv va safarbarlik uchun. Shunday qilib, ha, alomatlar bor.

- Demak, ertami-kechmi sentabr, oktabr, noyabr oylarida – qachondir bo‘ladimi bu? Sizningcha, bu bosib olingan hududlarga ham taalluqlimi? Jeneva konvensiyalarida bu taqiqlangan.

- “Jeneva konvensiyalari taqiqlaydi, lekin Rossiya allaqachon bu hududlarni o‘ziniki deb e’lon qilgan, kuchli integratsiya jarayoni davom etmoqda. Allaqachon harbiy ro‘yxatga olish idoralari mavjud. Shu o‘rinda bu hududlarning ushbu safarbarlik to‘lqiniga qo‘shilish-qo‘shmasligini aytish qiyin. Lekin u yerda ba’zi tadbirlar ko‘rilishi mumkin, balki u qadar keng miqyosda emasdir, lekin bu aniq. Rossiyada armiyaga faol jalb qilish uchun yarim yildan beri targ‘ibot davom etmoqda, ammo samarasiz.

-Boshida shu yo‘l bilan 400 ming olish vazifasi qo‘yilgani aytilgandi.

“300 atrofida, o‘tgan yili keyingi safarbarlik to‘lqini haqida 400 ming deb gapirishgandi. Mudofaa vazirligi rahbariyati 400 ming shartnoma bo‘yicha askar kerakligi haqidagi rejalarni aytdi. Ammo o‘tgan yilgi safarbarlik ham shartnoma bo‘yicha yollash muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin boshlangandi. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yozda joylardagi batalonlar bilan bog‘liq bu voqealarning barchasi, muddatli harbiy xizmat o‘tayotganlarni va fuqarolarni shartnoma tuzishga chaqirish bo‘lgan. Shunga qaramay, barchasi barbod bo‘ldi, shuning uchun rasmiylar o‘tgan yil sentabr oyida safarbarlik qilishga majbur bo‘ldi. Shartnoma asosida yollashning keyingi to‘lqini ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O‘ylashimcha, ko‘plab hududlarda ahvol shu.

- Nega barbod bo‘ldi?

“Chunki Rossiya fuqarolari, ehtimol, bu nima ekanligini, nima uchun sodir bo‘layotganini, bu nafaqat armiyaga chaqiruv, balki urushga jalb qilish ekanligini tushunadi. Ikkinchidan, ko‘pchilik harbiy xizmatchilar hozir abgor holatda ekanligini, ularni krepostnoydan ham battar ahvoldagi qullar ekanligini allaqachon tushungan bo‘lishi mumkin. Ular o‘z vazifalaridan voz kecha olishmaydi. Shartnomaviy xizmatchilar ko‘ngilliga o‘xshaydi, ya’ni ular shartnomani ma’lum muddatga tuzadi va shartnoma muddati tugagandan so‘ng ketaverishi mumkin. Hozirgi holatda bunday imkoniyat yo‘q. Jang qilishdan bosh tortganlik, bo‘linmani ruxsatsiz tark etganlik uchun og‘ir jazolar belgilangan. Ya’ni, armiyadagi odamlar juda og‘ir sharoitda: siz jang qilasiz yoki 10-12 yilga qamalasiz. Shunga qaramay, ko‘rib turganimizdek, bu holatlar soni ortib bormoqda, odamlar uzoq vaqt davomida bunday yasholmaydi, harbiy xizmatchilar ham, boshqalar ham nima uchun urushayotganini tushunolmayapti. Bu urushning sababi ularga aniq aytilmagan, ular chet el hududida jang qilmoqda. Shunday qilib, ertami-kechmi fikrlar o‘zgaradi. Demak, vaziyat shunday. Xo‘sh, go‘yo shartnoma tuzishi va katta pulga aldanishi kerak bo‘lgan fuqarolarga kelsak, ular buni ancha oldin tushunishgan va shuning uchun urushga yollash ishlari barbod bo‘ldi.

IVAN CHUVILYAYEV: "AGAR SIZGA CHAQIRUV KOMISSIYASIGA KELMASANGIZ QAMALASIZ, DEB TAHDID QILISHSA, ISHONMANG, UNDAY EMAS"

"Idite lesom" jamg‘armasi matbuot attashesi Ivan Chuvilyayev, agar chaqiruv allaqachon yuborilgan bo‘lsa, nima qilish kerakligini va harbiyga chaqiruv bo‘limiga bormasangiz, nima tahdid solishi mumkinligini aytdi:

  • chaqiruv qog‘ozini olmang;
  • chaqiruv komissiyasiga bormang;
  • yaqinlaringizga, ayol kishi bo‘lsa yaxshiroq, harbiy xizmatga qabul qilish komissiyasiga hujjatlarni olib borishi uchun ishonchnoma rasmiylashtiring;
  • harbiy xizmatga chaqirilish xavfi mavjud bo‘lsa, muqobil fuqarolik xizmati uchun arizani to‘ldiring va uni o‘zingiz bilan olib yuring;
  • barcha masalalar bo‘yicha huquq himoyachilari bilan maslahatlashing;
  • chaqiruv komissiyasiga bormaslik ma’muriy huquqbuzarlik sanaladi – sizga faqat jarima solinadi.

“Контракт имзоламаганлар калтакланмоқда!” Россия ўзбекистонликларни урушга мобилизация қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:15 0:00

Ayni paytda, Rossiyada hatto bolalar muassasalarida harbiy xizmatga shartnoma tuzish uchun tashviqot olib borilmoqda. "Udmurtiya protiv korrupsii" telegram kanali Ijevskdagi «Beryozka» bolalar bog‘chasi e’lonlar taxtasi suratini e’lon qildi, u yerda tashviqot plakati osilgan.

"Bu noqonuniy, lekin har doim shunday bo‘ladi, – deydi Ivan Chuvilyayev. – Biz buni turli ta’lim muassasalarida – bolalar bog‘chalarida, maktablarda, poliklinikalarda ko‘ramiz. Ta’lim muassasalari davlat tuzilmalari uchun juda qulay chunki ular butunlay hukumatga bo‘ysunadi. Ular o‘sha yerda tashviqot uchun foydalanishadi, chunki ular bu ta’lim muassasalariga juda ko‘p odamlar borishini va ko‘pchilik bu tashviqotni ko‘rishini yaxshi bilishadi.

XS
SM
MD
LG