Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:44

Rossiyaning Tolibon bilan do‘stligi Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qiladi?


Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay Tolibon hay’atini Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga taqdim qilmoqda. Moskva, 28-may, 2019
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay Tolibon hay’atini Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga taqdim qilmoqda. Moskva, 28-may, 2019

O‘tgan oy Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi Vladimir Putinga «Tolibon»ni Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishni taklif qildi. Ayrim mutaxassislar fikricha, buning ortidan Afg‘onistonda inson huquqlarining ommaviy buzilishiga ham, Tolibonning hokimiyatga qanday kelganiga ham qaramay, Rossiya Tolibon hukumatini qonuniy deb tan oladi.

Kreml va Tolibon o‘rtasidagi munosabatlarda bunday rivojlanish ehtimoli qanchalik katta? Qanday iqtisodiy qarorlar qabul qilinishi mumkin? Bu Rossiyaning Afg‘onistonga Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy bilan bir qatorda sarmoya kiritmoqchi ekanligini anglatadimi? Bu savolni «Nastoyashcheye Vremya» telekanali siyosatshunos va xavfsizlik bo‘yicha ekspert Rustam Burnashevga berdi.

– Rossiya rasmiylari Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish haqida birinchi marta gapirayotgani yo‘q. Sizningcha, bu safar shunday bo‘ladimi?

– Menimcha, ha, Tolibon Rossiyaning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqariladi. Barcha o‘zgarishlar shuni ko‘rsatmoqda, bu holatda aynan shunday qaror qabul qilinadi.

Bu qachon amalga oshadi, aytish qiyin: men Rossiyaning ichki qaror qabul qilish tizimida ishlamayman. Lekin, menimcha, ha, bu qaror yaqin orada Oliy sudga taqdim etiladi va katta ehtimol bilan qabul qilinadi.

Толибон канали Марказий Осиёда сув урушига сабаб бўлиши мумкинми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:55 0:00

– Tasavvur qilaylik, Rossiya shunday qildi ham. Rossiya rasmiylari Afg‘onistondagi Tolibon hukumatini qonuniy deb tan olishini kutsak, bo‘ladimi? Tolibon hokimiyati dunyoning hech bir davlati tomonidan rasman tan olinmaganiga qaramay?

– Tolibon hukumatini tan olish ehtimoli haqida gapirish qiyin, chunki bu hukumatni tan olish yoki tan olmaslik borasida xalqaro konsensus mavjud. Ushbu konsensus Tolibon hukumatidan u deyarli amalga oshira olmaydigan bir qator talablarni qo‘yadi.

Shu bois, menimcha, Kreml hali ham Tolibon hukumati bilan de-fakto ishlaydi, lekin de-yure emas.

– Rossiya rasmiylariga Tolibon hukumatini tan olishiga nima to‘sqinlik qilishi mumkin?

– Faqat qandaydir konsensus. Bundan tashqari, bunday tan olishga hojat yo‘q.

Biz, masalan, O‘zbekiston Tolibon hukumatini de-yure tan olmasa ham, ular bilan a’lo darajada hamkorlik qilayotganini, O‘zbekiston manfaatlari doirasiga kiruvchi masalalarni a’lo darajada hal qilayotganini ko‘rib turibmiz. Masalan, Qozog‘iston ham shunday qiladi.

Shunday ekan, Kreml ma’lum mafkuraviy tamoyillarni yo‘qotmaslik uchun ham Tolibon hukumatini tan olmaydi, nazarimda. Ammo Tolibon bilan o‘zaro aloqalar kuchayadi, shunda Rossiya TIV rahbari Rossiyaning o‘zida terrorchi deb topilgan tashkilot vakillari bilan uchrashganda bo‘ladigan kulgili vaziyatga tushmaydi.

– Ha, bu kulgili ko‘rinadi, albatta. Tolibon hukumati va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalar mavzusiga to‘xtaldingiz. Tolibonni Rossiyadagi terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish qarori Markaziy Osiyo mamlakatlariga qanday ta’sir qiladi? Ular ham Rossiyadan o‘rnak olishi mumkinmi? Bundan tashqari, siz allaqachon eslatganingizdek, mintaqamiz davlatlari Tolibon hukumati bilan u yoki bu darajada aloqaga ega.

– To‘g‘ri, faqat Tojikiston Rossiyadan o‘rnak olishi kerak bo‘ladi. Adashmasam, boshqa davlatlar uchun Tolibon terrorchi tashkilot emas (Qirg‘izistonga nisbatan shubhalarim bor). Shuning uchun "biz terrorchilar bilan o‘zaro aloqadamiz" kabi muammo yo‘q.

Qozog‘iston Rossiyadan oldin Tolibon harakatini terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi va hozirda Tolibon harakati bilan faol hamkorlik qilmoqda. Ehtimol, bu holatda, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlaridan o‘rnak olyapti, deb aytishimiz mumkin.

OzodNazar: Толибон-Ўзбекистон: савдо уруши?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:46:39 0:00

– Ushbu qarordan keyin mintaqadagi xavfsizlik sohasi qanday o‘zgaradi? Tolibon dushmandan ittifoqchiga aylanadi va yagona «haqiqiy» tahdid "Islomiy davlat"ning Xuroson sho‘basi bo‘ladimi shunda?

– Ular ittifoqchi bo‘lishmaydi. O‘zaro dushman bo‘lmagan har tashkilot yoki davlat darhol ittifoqchiga aylanib qolmaydi. Ular shunchaki sherik bo‘lishadi, to‘g‘rirog‘i, ular allaqachon shunday ham. Ammo bu holatda, ular siz ishlashingiz mumkin bo‘lgan sheriklar bo‘lishadi. Ya’ni, Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikda Rossiya uchun hozirgidek chegaralar bo‘lmaydi.

Shunga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan, ehtimol, xitoylik hamkorlar bilan birgalikda ushbu mamlakat iqtisodiyotiga faolroq sarmoya kiritadi, deb taxmin qilish mumkin. Bu borada o‘zaro ta’sir shunchaki kuchayadi.

Bu mintaqadagi xavfsizlikka qanday ta’sir qilishi xavfsizlikni qanday tushunishimizga bog‘liq. Masalan, men shaxsan ishonaman, ha, iqtisodiy rivojlanish xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilaydi, chunki bunday tajriba allaqachon mavjud. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida, “Tolibondan oldingi” Afg‘oniston bilan o‘zaro hamkorlik tajribasi bor, o‘shanda temir yo‘llar qurilgan, bu temir yo‘llarga xizmat ko‘rsatish tizimi yaratilgan edi. Buning sharofati bilan Shimoliy Afg‘onistondagi vaziyat ma’lum darajada normallashdi.

Umid qilamanki, Afg‘onistondagi vaziyat shu yo‘nalishda rivojlanadi. Ha, albatta, inson xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yo‘qolmaydi. Bu yerda siz alohida, juda ehtiyotkorlik bilan ishlashingiz kerak bo‘ladi.

– Qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar bo‘lishi mumkinmi? Masalan, Rossiya Tolibon bilan harbiy hamkorlikni chuqurlashtirib, ularga qurol sotadimi?

– Menimcha, Rossiyadagi mavjud vaziyat, mamlakat harbiy harakatlarda ishtirok etayotgani sababli hozir hech kimga qurol sotishga tayyor emas. Shuning uchun men buni ehtimol deb hisoblamayman. O‘ylashimcha Tolibon hozir bu qurollarga muhtoj emas.

XS
SM
MD
LG