Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:43

Sardoba fojiasiga ikki yil to‘ldi. Suv ombori hajmi "uchdan birga qisqaradi"


2009—2017-yillarda barpo etilgan Sardoba suv ombori rasmiy matbuotda Shavkat Mirziyoyevning loyihasi sifatida taqdim etilgan.
2009—2017-yillarda barpo etilgan Sardoba suv ombori rasmiy matbuotda Shavkat Mirziyoyevning loyihasi sifatida taqdim etilgan.

Qozog‘iston rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston bundan ikki yil muqaddam yirik texnogen ofatga sahna bo‘lgan Sardoba suv omboridagi suv hajmini uchdan birga qisqartirmoqchi.

Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va mineral resurslar vaziri o‘rinbosari Serik Kojaniyazovning bildirishicha, 2020-yil 1-mayidagi halokatdan so‘ng o‘zbek tomoni Sardobadagi suv hajmini 600 mln kubometr bilan cheklamoqchi. To‘g‘on o‘pirilishidan oldin Sardobaning loyiha quvvati 930 mln kubometrni tashkil etgan.

Kojaniyazovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil Sardobada 350 mln kubometr suv yig‘ilgan.

Сардоба: “Бу ерлар олдин жаннат эди” – омон қолганлар ҳикояси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:00 0:00

Qozoq rasmiysiga ko‘ra, Sardoba suv ombori qurilishini o‘zbek tomoni avval-boshdan Qozog‘iston tarafi bilan kelishmagan. Ammo Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi ortidan qozog‘istonlik mutaxassislar suv omborini borib ko‘rgan hamda uni qayta qurish rejasi bilan tanishtirilgan.

Qozog‘iston tomoni suv omborini qayta qurish ishlarini yaqindan kuzatayotgani va hozirda Qozog‘iston tomoniga hech qanday tahdid yo‘qligini aytmoqda.

O‘zbekiston rasmiylari Qozog‘iston tomoni avvalroq bergan ushbu ma’lumotlarni sharhlamagan.

"Shaffof" tender

O‘tgan yil martida Qurilish vaziri Botir Zokirov Sardoba suv omborini qayta qurishga oid loyiha xalqaro ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘nggina tenderga qo‘yilishini aytgan edi.

Suv omborini qayta qurishga oid loyihalarimiz xalqaro ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng tenderga qo‘yiladi. Tender shaffoflik asosida o‘tkaziladi va unda kim yutib chiqishini vaqt ko‘rsatadi. Oldindan bir narsa deya olmaymiz. Qayta qurish jarayoni qachon boshlanishi ham aniq emas. Chunki dambani qayta tiklash ancha vaqt oladi, buyog‘iga shoshilib bo‘lmaydi”, deya iqtibos keltirgan vazir Zokirov so‘zlaridan Daryo.uz nashri.

Qurilish vaziri hukumat qarori bilan damba yetkazgan zararlarni ta’mirlash va qoplash ishlarini “To‘palangsuvGESqurilish” MChJ hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘z hisobidan amalga oshirishi, buning uchun davlat byudjetidan bir so‘m ham ishlatilmayotganini qo‘shimcha qilgan.

Shaffoflik asosida o‘tkazilishi aytilgan “Sardoba” suv omborini qayta qurish bo‘yicha tender natijalari haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Ikki yil avvalgi toshqindan jabr ko‘rgan aholi vakillari toshqin oqibatlarini bartaraf etishda mahalliy hokimiyat tomonidan korrupsiya va zo‘ravonlik holatlaridan shikoyat qilgan. Bu kabi holatlar hanuzgacha davom etayotgani aytiladi.

Сардобадан бир йил ўтиб: Сув остида қолган сирлар. Озодлик суриштируви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:26:21 0:00
  • 2020-yilning 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan, 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.
  • To‘g‘on yorilishi oqibatida yuz bergan toshqin O‘zbekiston tarixidagi eng yirik aholini evakuatsiya qilish amaliyotiga sabab bo‘ldi - yuz minglab odam xavfsiz hududga ko‘chirildi.
  • 2021-yil 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati yopiq sud majlisida «Sardoba ishi» bo‘yicha 17 kishiga hukm o‘qidi.
  • Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
  • Sud hukmiga ko‘ra, “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” bosh direktorining sobiq o‘rinbosari M. Xolmatov 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.Qolgan sudlanuvchilarning aksari jarima bilan qutulgan. Qamalganlardan ayrimlarining yaqinlari Ozodlikka Sardoba fojiasining asl aybdorlari jazodan qutulib qolganini aytishgan. Bu kabi fikr O‘zbekistondagi jamoatchilik va tarmoq faollari orasida ham keng tarqalgan.
  • 2009—2017-yillarda Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i oqib o‘tgan hududda barpo etilgan Sardoba suv ombori loyihasiga davlat byudjetidan 1,3 trln so‘m mablag‘ sarflangan (2017-yil 1-yanvaridagi Markaziy bank ayirboshlash kursi bo‘yicha 404,4 mln AQSh dollari- tahr.).
  • Tahlilchilar rasmiy matbuotda "asr loyihasi" deb atalgan Sardoba suv omboridagi fojiada korrupsiyaning o‘rni alohida tergov qilinishi kerakligini aytishgan. Prezident Mirziyoyevning o‘zi 2020-yil 5-may kuni Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan majlisda fojiada korrupsiyaning roli borligini tan olgan.
XS
SM
MD
LG