Линклар

Шошилинч хабар
08 сентябр 2024, Тошкент вақти: 07:11

Saylov mitingi paytida Trampga suiqasd uyushtirildi


AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga saylovoldi tashviqotida suiqasd uyushtirildi.
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga saylovoldi tashviqotida suiqasd uyushtirildi.

Pensilvaniyadagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida sobiq prezident Donald Trampga «suiqasd» uyushtirildi. AQSH rasmiylari gumondor 20 yoshli yigit Tomas Metyu Kruks bo‘lganini ma’lum qildi.

Kruks maxfiy xizmat xodimlari tomonidan darhol otib o‘ldirilgan. Shuningdek, hodisada bir tomoshabin halok bo‘lgan, yana ikki kishi og‘ir yaralangan.

Tramp Batler shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtda bir necha bor o‘q tovushlari eshitildi. Shundan so‘ng Tramp qulog‘ini ushlagancha yerga yiqildi. Xavfsizlik xodimlari uni o‘rab olib sahnadan olib chiqib ketdi. Aytishlaricha, uning jarohati jiddiy emas, o‘q uning qulog‘ini yalab o‘tgan.

Tramp sahnani tark etayotib, mushtini ko‘targancha «Jang, jang!» deya hayqirgan.

“Mamlakatimizda bunday narsa sodir bo‘lishi aqlbovar qilmaydigan voqea«, deya post qoldirdi Tramp o‘zining Truth Social platformasida.

FQBning mahalliy idorasi mas’ul agenti Kevin Rojek otishma «suiqasd» sifatida tekshirilayotganini bildirdi.

Maxfiy xizmat vakili Entoni Gugliyelmi voqeadan ko‘p o‘tmay Tvitterda e’lon qilgan bayonotida, qurolli shaxs »zararsizlantirilgani«, gumondor “miting o‘tkaziladigan joydan tashqarida, ko‘p qavatli binodan turib bir necha bor o‘q uzganini ma’lum qildi.

FQBning ma’lum qilishicha, 20 yoshli Kruks Batlerdan uncha uzoq bo‘lmagan shaharchadan bo‘lgan. AQSHning bir qancha axborot agentliklari Kruks shtatdagi saylov qaydlarida respublikachi sifatida ro‘yxatga olingan.

AP agentligining xabar berishicha, politsiya voqea joyidan AR uslubidagi yengil, yarim avtomatik o‘qotar miltiqni topgan. Bunday turdagi qurol Qo‘shma Shtatlarda amcha ommaviy.

Tramp hujumdan keyin mahalliy shifoxonada ko‘rikdan o‘tgan.

Pensilvaniya saylov natijalarini belgilaydigan asosiy shtatlardan biri hisoblanadi. Vitse-prezident Kamala Xarris Tramp mitingi bilan bir kunda shtatda saylovoldi tashviqotini olib bordi.

Prezident Jo Bayden Trampning ahvoli yaxshi ekanini eshitganidan xursandligini bildirdi.

“Men u va uning oilasi va mitingda bo‘lganlarning barchasi uchun ibodat qilaman. Amerikada bunday zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q. Biz buni bir millat sifatida birlashib, qoralashimiz kerak», dedi Bayden.

Qolgan yetakchilar suiqasdni qoraladi.

«Mamlakatimizda siyosiy zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q», deya ta’kidladi Senat yetakchisi Chak Shumer.

Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson esa «Tinch saylov kampaniyasida bunday dahshatli siyosiy zo‘ravonlikka mamlakatimizda o‘rin yo‘q va uni bir ovozdan qoralash kerak», deya fikr bildirdi.

AQSHda siyosiy zo‘ravonliklar kamdan-kam sodir bo‘lsa-da, mamlakat tarixida bir nechta prezident va nomzodlar mitinglarda otib o‘ldirilgan yoki jarohatlangan.

Eng oxirgisi 1981-yilda prezident Ronald Reygan bilan sodir bo‘lgan. Reygan Vashingtondagi mehmonxonadan chiqib ketayotganda unga nisbatan uyushtirilgan suiqasddan og‘ir yaralanadi.

1975-yilda prezident Jerald Ford ikkita suiqasddan omon qoladi.

AQSHning to‘rtta prezidenti – Jon Kennedi, Avraam Linkoln, Jeyms Garfild va Uilyam MakKinlilar suiqasd natijasida halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG