Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:10

Sho‘rchidagi portlashda bir odam o‘ldi. Guvohlar FVVni yolg‘on xabar tarqatishda ayblamoqda (VIDEO)


Favqulodda vaziyatlar vazirligi taqdim etgan bu surat¸ guvohlar ta’kidicha¸ 4 soatdan ko‘proq davom etgan yong‘in o‘zi o‘chib bo‘lganidan so‘ng olingan
Favqulodda vaziyatlar vazirligi taqdim etgan bu surat¸ guvohlar ta’kidicha¸ 4 soatdan ko‘proq davom etgan yong‘in o‘zi o‘chib bo‘lganidan so‘ng olingan

4 - may kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi «Ozod» MFYda joylashgan «Ozod tex oyl» MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuzaga chiqdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra¸ “voqea joyiga zudlik bilan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:36da to‘liq bartaraf etilgan”. Rasmiy ma’lumotda¸ faqat bir odamning jarohat olgani aytiladi.

Ammo voqea guvohlarining Ozodlikka bildirishicha¸ o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga kechikib kelgan¸ ularda bunaqa yong‘inni o‘chirishga imkon beruvchi texnika bo‘lmagan; “Tez yordam” raqamlari ishlamagan.

Oqibatda¸ portlashdan kuygan payvandchi¸ 52 yashar Abdunazar Xolmurodov vafot etgan.

Guvohlar¸ bu fojia tuman favqulodda xizmatlarining favqulodda holatga mutlaq tayyor emasligini ko‘rsatganini aytadi.

Rasmiy xabar – o‘t o‘chiruvchilar qahramon!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati 4 - may kuni Sho‘rchining «Ozod» MFYda joylashgan «Ozod tex oyl» MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida chiqqan yong‘in haqida xabar tarqatdi.

Unga ishonilsa¸ o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inni soat 10:05 da o‘rab olib¸ yarim soat ichida (soat 10:36 ) to‘liq bartaraf etgan.

Oqibatda 25 metr/kub dizel yoqilg‘i saqlash rezervuari ichidagi taxminan 2 metr/kub dizel yoqilg‘isi va rezervuar yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 2 ta 10 metr/kub va 1 ta 5 metr/kub yoqilg‘i saqlash rezervuarlari yong‘indan saqlanib qolingan”¸ deyiladi FVV xabarida.

Shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan hodisa oqibatida, rasmiylarga ko‘ra¸ “bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan”.

Guvohlar hikoyasi – o‘t o‘chiruvchilar kech keldi¸ yong‘in 4 soatdan keyin o‘zi o‘chdi!

Sho‘rchidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash va yong‘in guvohlari FVVni jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblaydi.

Biz o‘sha joyda edik. Pojarniy ikki soat deganda keldi. Kelganidan keyin ham¸ ularning bunaqa katta yong‘inni o‘chiradigan texnikasi yo‘qligi ko‘rindi. O‘t o‘chiruvchilar kelganda deyarli hech narsa qilolmadi. Yong‘in 4 soatdan keyin o‘zi o‘chdi”¸ deydi voqea guvohlaridan biri.

Ozodlik gaplashgan sho‘rchiliklarga ko‘ra¸ yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududidagi kerosin sisternasida teshik paydo bo‘lgani ortidan shoxobcha egasi o‘g‘rilik oldini olish uchun payvandchi Abdunazar Xolmurodovni chaqirgan.

U teshikni yamayotgan paytda chiqqan uchqun sisterna ichiga urgan. Portlash dahshatli bo‘ldi. Odam osmonga uchib¸ yonayotgan shardek yerga quladi. Badanining 95 foizi kuydiyov. Skoriyga telefon qilsak¸ nomerlar o‘chiq. Yo‘ldan o‘tayotgan haydovchilarni to‘xtatsak¸ kuyganning ahvolini ko‘rib¸ ko‘pchiligi rozi bo‘lmadi. Amallab bittasini ko‘ndirib¸ Abdunazar akani ko‘rpaga o‘rab¸ bolnitsaga opketishdi. Skoriy ikki soatdan keyin kelib¸ pojarni tomosha qilib¸ sigaretini chekib ketdi. Kuygan kasalxonada o‘ldi va bugun chiqarishdi”¸ - deydi yong‘in guvohlaridan biri 5 - may kuni.

Xolmurodov qo‘shnilarining Ozodlikka aytishicha¸oila fojiani “Ollohning irodasi” sifatida qabul qilgan va shoxobchaning hoji egasiga da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Ozodlik marhum oilasidan hodisa yuzasidan ma’lumot ololmadi.

Tomoshaga kelgan o‘t o‘chiruvchi va “Tez yordam”chilar

Ozodlikka hodisa joyidan yuborilgan videolarda portlash bo‘lgan yoqilg‘i quyish shoxobchasining odamlar hovli-joyiga yaqinligi¸ yong‘in va osmonga o‘ralayotgan quyuq qora tutun ko‘rinadi.

Шўрчидаги портлашда бир одам ўлди. Ўт ўчирувчи ва "Тез ëрдам"дан ëрдам бўлмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:49 0:00

Videolardan birida shoxobcha oldida bitta o‘t o‘chirish mashinasi paydo bo‘lgani va uning yonayotgan dizelni o‘chirish uchun oddiy suv purkagich nasosini tortayotgani ko‘rinadi.

Pojarniylarda zapravkadagi yong‘inni o‘chiradigan hech narsasi yo‘q ekan. Oddiy suv bilan keldi. Shuning uchun yong‘inning o‘chishini kutishdi. Oxirida u yoq¸ bu yoqqa suv sepishdi. Vazirlik xabarida yong‘inni o‘t o‘chiruvchilar yarim soatda o‘chirdi¸ degan gap yolg‘on”¸ - deydi guvohlardan biri.

FVV vazirligi taqdim etgan suratlarda yong‘in o‘chib bo‘lgan paytda boshqa sisternalar ustiga suv sepayotgan o‘t o‘chiruvchilar ko‘rinadi.

Mutaxassislar ta’kidicha¸ neft mahsulotlari¸ bezin¸ dizel yonganda¸ suv emas¸ maxsus pena(ko‘pik) sepiladi. Ekspertlarga ko‘ra¸ zichligi suv zichligidan kam bo‘lgan neft mahsulotlari yonayotganda ularga suv sepish¸ yong‘inni kuchaytirishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi¸ Sho‘rchi tuman markaziy kasalxonasi telefon raqamlariga kun davomida hech kim javob bermagani oqibatida 4 - may kungi portlash va yong‘inga oid izoh olish imkoni bo‘lmadi.

Voqea guvohlari esa¸ rasmiy tizimlar yolg‘on xabar va yo‘q joydan qahramon yaratish o‘rniga¸ vaqtini o‘t o‘chirish va “Tez yordam” xizmatini yaxshilashga qaratsa yaxshiroq bo‘lardi¸ degan fikrda.

Ko‘z o‘ngimizda bir odam kuyib o‘ldi¸ na pojarniy¸ na "Tez yordam "vaqtida kelmagani uchun. Bu davlatning favqulodda vaziyatlarda ishlashi kerak xizmatlari ishlamayapti¸ degani. Ertaga biz ham xuddi shunday holga tushib¸ o‘lib ketishimiz hech gap emas”¸ deydi 4 - may kungi fojia guvohi.

“Tez yordam”ning vaqtida kelmagani¸ yoxud o‘t o‘chiruvchilarning yong‘inni o‘chirishga texnik imkoniyati yo‘qligi bois favqulodda holatlarning fojia bilan tugaganiga oid xabarlar Ozodlikka tez-tez keladi.

Xususan¸ guvohlar Ozodlikka Namangan bozorida pichoqlangan ayolga yordam uchun chaqirtirilgan “Tez yordam” ning bir soatdan keyin kelgani¸ bungacha uning ko‘p qon yo‘qotish tufayli o‘lganini bildirgan.

Вақтида келмайдиган тез ëрдам ва алдашга мажбурловчи тизим
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:12 0:00

Bunday shikoyatlarning ayniqsa¸koronavirus pandemiyasi davrida keskin ko‘paygani kuzatiladi.

XS
SM
MD
LG