Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2025, Тошкент вақти: 10:01

Sirdaryo hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishdan olindi


Sirdaryo viloyati sobiq hokimi Akmaljon Mahmudaliyev (Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati fotosi)
Sirdaryo viloyati sobiq hokimi Akmaljon Mahmudaliyev (Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati fotosi)

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-yanvar kuni o‘tkazilgan investitsiya va eksport masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, Sirdaryo hokimi investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.

Yig‘ilishda investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani sabab Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot, Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari hamda Ohangaron shahri – jami 16 hudud hokimiga hayfsan e’lon qilingan.

50 yoshli Akmaljon Mahmudaliyev 2022-yil 26-noyabridan buyon Sirdaryo viloyatini boshqarib kelayotgandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Mahalliy matbuotning xabar qilishicha, ikki hafta muqaddam Akmaljon Mahmudaliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘rniga yangi hokim tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar tarqalgan, ammo hokimlik buni rad etgan edi.

XS
SM
MD
LG