Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:59

So‘rov: Rossiyaliklar migrantlarni mahkumlar bilan almashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi


Moskva chetidagi bozorda kartoshka tushirayotgan mehnat muhojirlari - noyabr, 2011
Moskva chetidagi bozorda kartoshka tushirayotgan mehnat muhojirlari - noyabr, 2011

Rossiyaliklarning 71 foizi asosan muhojirlar mehnat qiladigan sohalarda mahkumlarni ishga jalb qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VTsIOM) so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, 62 foiz respondent qamalganlarning o‘zlari jazo muddatini koloniyada emas, balki axloq tuzatish markazlarida o‘tashni afzal ko‘radi, deb hisoblashini bildirgan.

Mahkumlarni majburan ishlatish taklifiga qo‘shilmaydiganlar so‘rovnoma ishtirokchilarining atigi 21 foizini tashkil qildi. Yana 17 foiz respondentning fikricha, qamoqqa hukm qilinganlar jamiyatdan ihotalanishi lozim. Shuningdek, 12 foiz qatnashchi buni GULAG tizimiga qaytish deb baholagan bo‘lsa, 9 foiz respondent mahkumlar ish o‘rinlarini band qilib qo‘yishidan xavotir bildirgan.

Mahkumlarni majburiy mehnatga jalb qilish g‘oyasi tarafdorlarining ham o‘z asoslari bor. Xususan, 21 foiz respondentga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilganlar mehnat qilish bilan o‘zlari jabrlagan kishilarga tovon to‘lagan hamda qilgan jinoyatlari uchun “ishlab bergan” bo‘ladilar. So‘ralganlarning 15 foizi mahkumlarni majburiy ishlatishning jamiyat uchun foydasini ko‘rgan bo‘lsa, 13 foizi shu tariqa byudjet yukini kamaytirish mumkinligini aytgan. Yana 10 foiz respondentning nazarida, mehnat mahkumlarning to‘g‘ri yo‘lga kirishiga yordam beradi, shuningdek, pul topish va o‘z oilalariga ko‘maklashish uchun imkon yaratadi.

May oyi oxirlarida Federal jazoni ijro etish xizmati (FJIEX) direktori Aleksandr Kalashnikov o‘z idorasi mehnat muhojirlari yetishmaydigan yirik obyektlarda mahkumlar uchun mehnat jamloqlari tashkil qilishga tayyorligini tasdiqlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu GULAG emas, mutlaqo yangicha munosib shart-sharoitga ega joylar bo‘ladi, chunki bu odamlar umumiy yotoqxonada yoki ijara kvartiralarda istiqomat qiladilar, xohlasalar, oilalari bilan birga yashashlari mumkin bo‘ladi va o‘z mehnatlari uchun munosib ish haqi oladilar”.

Biroq “Kommersant’” nashri so‘rovida qatnashgan ekspertlar FJIEX yirik qurilishlarda mahkumlar mehnatidan ommaviy foydalanishga tayyorligini shubha ostiga olgan. Ularga ko‘ra, mahkumlarni qo‘riqlash, ularni yotoq-joy va tibbiy xizmat bilan ta’minlash katta sarf-xarajatlarga olib keladi.

Путин: Мигрантлар болаларининг мактабларда кўпайиши-катта муаммо!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:36 0:00

Rossiyada jazoning o‘talmagan qismini majburiy mehnat bilan almashtirishni so‘rab murojaat qilish huquqiga ega taxminan 188 ming nafar mahkum mavjud.

“Rossiya temir yo‘llari” shirkati dastlabki 600 nafar mahkum iyun oyida Baykal-Amur magistrali (BAM) qurilishida ish boshlashi mumkinligini e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG