Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:11

Surishtiruv: Rossiya Qozog‘iston orqali dronlar va chiplar sotib olmoqda


Rossiya G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Qozog‘iston shirkatlari orqali chip va dronlar sotib olmoqda. Bu haqda “Vajniye istorii”, Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani yoritish loyihasi (OCCRP) hamda Germaniyaning Der Spiegel nashri xabar qildi.

Jurnalistlar Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainada keng qo‘llanayotgan DJI rusumli xitoy dronlarini Moskvadagi “Nebesnaya mexanika” shirkati Qozog‘istonning “Aspan arba” shirkatidan xarid qilayotganini aniqladilar. Qozoq shirkati 2022-yil aprelda ochilgan bo‘lib, u bilan “Nebesnaya mexanika”ning muassisi bitta odam – Ilya Golberg.

“Nebesnaya mexanika” esa o‘z navbatida dronlarni “Ris” qurolli mojarolar veteranlari federatsiyasiga, Kamchatka urush va mehnat faxriylari kengashiga hamda Ozon internet-do‘koniga pullaydi. Rossiya harbiylari ularni aynan Ozon’dan sotib olishar ekan.

Бирламчи капитал ва иккиламчи санкциялар. Россия бизнеси Ўзбекистонда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:57 0:00

Xitoyning DJI shirkati 2022-yil aprelda dronlari harbiy harakatlarda qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Rossiya va Ukrainaga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatishini e’lon qilgan edi.

Sanksiyalarga chap berishda Rossiyaga ko‘maklashayotgan yana bir qozoq shirkati Da Group 22 deb ataladi. U Rossiya FSB, razvedka xizmatlari va mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun zarur elektronika jihozlari ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan butlovchi qismlarni Germaniyaning Elix-st shirkatidan xarid qilib, Rossiyaning “Stek” firmasiga sotadi. Qozoq va nemis shirkatlariga rossiyalik Chernet familiyali tadbirkorlar oilasi egalik qiladi, deyiladi surishtiruvda.

Elix-st shirkati rahbariyati jurnalistlarning Da Group sohibi kimligi haqidagi savoliga javoban uning tashkil etilishi tarixidan bexabarligini bildirgan. Chernetlar oilasining Da Group’ga aloqasi yo‘qligini isbotlash uchun esa shirkat Doston Ahmatbekov degan ism qayd etilgan eski davlat reestri ko‘chirmasini taqdim etgan.

Elix-st firmasi Da Group’ga elektron komponentlar jo‘natganini tasdiqlagan bo‘lsada, ular “videoregistratorlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan”ini iddao qilgan.

“Vajniye istorii” Qozog‘iston Milliy statistika byurosiga tayanib ma’lum qilishicha, 2022- yilda Qozog‘istondan xorijga 18 million dollarlik mikrosxemalar va 1,23 mln dollarlik dronlar etkazib berilgan. Ayni chog‘da jurnalistlar 2022-yilning fevraliga qadar Rossiya Qozog‘istondan umuman dronlar xarid qilmaganini urg‘ulaganlar.

  • Qozog‘iston Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida rasman betaraf maqomda turibdi. Mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev anneksiya qilingan Ukraina hududlarini Rossiyaga tegishli deb tan olmasligini aytgan edi. Shu bilan birga, Qozog‘iston Rossiya bilan yaqin savdo aloqalarini saqlab qolmoqda, Toqayev esa 2023-yilda Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida ishtirok etdi.
  • Rossiya G‘arb mamlakatlari joriy etgan sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda Qozog‘iston,Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali chip va mikrosxemalar xarid qilayotgani haqida ilk bor mart oyi boshlarida Bloomberg xabar bergan edi.
XS
SM
MD
LG