Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:22

Tahlilchilar: “Rossiya Kerch ko‘prigini portlatib, bunda Ukrainani ayblashi mumkin”


Kerch ko‘prigi
Kerch ko‘prigi

Rossiyaning Ukrainaga muhtamal tajovuzi haqidagi xabarlar manzarasida jurnalist va tahlilchilar Rossiya harbiy texnikalari ko‘chirilayotganiga doir yangi ma’lumotlarni e’lon qilishdi.

Conflict Intelligence Team (CIT) tadqiqot guruhiga ko‘ra, Rossiya harbiylari Voronej yaqinidagi 1-gvardiya tank armiyasi texnikalarini Ukraina chegarasiga tashimoqda.

“Amerika razvedkasining bu haftada Ukrainaga qarshi amaliyot boshlanishi xususidagi ogohlantirishlari hamda Kiyevdan chet davlatlar elchixonalarining evakuatsiya qilinishi manzarasida texnikalarning chegaraga tomon siljishi qattiq xavotir uyg‘otadi”, deya ta’kidlaydi CIT tahlilchilari.

“InformNapalm” xalqaro razvedka hamjamiyati vakili Mixail Makaruk, Ukrainaga qarshi tajovuzni oqlash uchun Rossiya hatto Kerch ko‘prigini portlatishdan ham toymasligini, Qrimning o‘zida esa kuchli axborot kampaniyasi davom etayotganini aytadi.

CIT asoschisi Ruslan Leviyev va “InformNapalm” vakili Mixail Makaruk “Nastoyashcheye vremya”ga yangi ma’lumotlar qanchalik xavotirli ekanligi haqida so‘zlab berdi.

Ruslan Leviyev: “Zamonaviy Rossiyaning butun tarixida bunaqa bemisl qo‘shin tortish bo‘lmagan”

– So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rganingizdan kelib chiqqanda, texnika va qurol-aslahalar Ukraina chegaralariga tashilayotgani qanchalik tahlikali ko‘rinadi?

– Rostdan ham, bular bari kimgadir qattiq tahdid qilishdek ko‘rinayotgani bor gap. Chunki so‘nggi kunlarda Voronej, Kursk va Yelna atrofidagi poligonlarda saqlanayotgan texnikalar Ukraina chegarasiga juda yaqin hududlarga tashilayotganini qayd etdik. Ular asosan Bryansk, Belgorod va Kursk viloyatlariga, shuningdek, Belarus va Qrimga yo‘naltirilyapti.

Shunisi qiziqki, Rostov viloyatiga harbiy texnika kirayotgani kuzatilmayapti. 2014 - yildan so‘ng Rossiya u yerda, Donbassda harbiy harakatlar qaytadan boshlangan taqdirda foydalanish uchun 8-umumqo‘shin armiyasini tuzgan edi. Ana shu armiyaning ayrim bo‘linmalari, chunonchi, 150-motoo‘qchi diviziya doimiy dislokatsiya joyini tark etib, Lugansk viloyatining Kiyev nazoratidagi shimoliy qismiga qarab jilmoqda. Bu nima degani? Rossiya federal OAVlari go‘yo Ukraina provokatsiya qilayotganini va Donbassni kuch bilan ishg‘ol etishga shaylanayotgani haqida jar solib keladi. 8-armiya Ukraina Donbassga hujum boshlagan taqdirda unga zarba berish mumkin bo‘lgan eng qulay hududda joylashgan edi. Bu armiya qismlarining yangi dislokatsiyasi esa Rossiya Donbassga hujum bo‘lishini kutmayotganidan darakdir. Qrimda qo‘shinlar Xerson viloyati bilan chegaraga taqalib bormayotgan bo‘lsa-da, u yerda ham kuch to‘plash davom etyapti.

– 2014 - yil bilan qiyoslaganda Ukraina chegaralari yaqinida turgan Rossiya qo‘shinlari ko‘pmi yoki kamroqmi?

– Hozirgi texnikalar ancha ko‘p. Zamonaviy Rossiyaning butun tarixida bunaqa bemisl qo‘shin tortish bo‘lmagan. Yangi Rossiya ishtirok etgan hech bir qurolli mojaro bunga teng kelolmaydi. Ukraina sarhadlari yaqiniga keltirilgan texnikalar va shaxsiy tarkib juda ko‘p.

– Aniqroq ayta olasizmi?

– Tahlil qilib ko‘rganimiz yo‘q. Lekin, 2014-2015 - yillardagi harbiy mojaroni ham kuzatganman va, aytish mumkinki, chamamda hozirgi qo‘shinlar miqdori kamida ikki baravar ko‘p. 8 yil muqaddam janglar asosan Rostov viloyati tevaragida kechgan bo‘lsa, bugungi kunda Rossiyaning Ukraina bilan butun chegaralari potensial front hududiga aylangan, qolaversa, Belarus bilan Ukraina chegaralari ham. Hozirgi voqealar ko‘lami jihatdan 2014-2015 - yilllardagi mojarodan ko‘p martalab katta.

– Shaxsiy tarkib soni bo‘yicha aniq ma’lumotlar bormi?

– Biz va boshqa tahlilchilar chegara bo‘ylab joylashtirilgan qo‘shinlar taxminan yuzta batalyon-taktik guruhga teng, deya chamalayapmiz. Batalyon-taktik guruhlar degani bu quruqlikdagi qo‘shinlar bo‘linmalari bo‘lib, har birida 700 dan 1000 nafargacha askar bo‘ladi. Bunga hali dengiz piyodalari, aviatsiya va flotiliyani qo‘shayotganimiz yo‘q – ular alohida.

Mixail Makaruk: “Injenerlik qo‘shinlari Kerch ko‘prigi yaqinida shubhali harakatlar qilmoqda”

– Ayting-chi, Kerch ko‘prigini portlatishga hozirlik ko‘rilayotganiga doir ma’lumotni qayerdan oldingiz? Rossiya so‘nggi yillardagi eng yirik qurilish loyihalaridan birini o‘z qo‘li bilan yo‘q qilishiga rostdan ham ishonasizmi?

– Biz sakkiz yildan beri yopiq manbalarni razvedka qilish bilan shug‘ullanamiz, qolaversa, jamoamiz a’zolarining asosiy qismi Qrimda tug‘ilib-o‘sgan yigitlar. Yarimorolda biz uchun ma’lumot to‘playdigan bir qancha odamlar ham bor. Qrim bosib olingan paytdan beri Sevastopol shahridagi 546-maxsus obyektni diqqat bilan kuzatyapmiz. Sovet davrida ushbu o‘ta maxfiy obyektda g‘avvos-diversantlar yetishtirilgan, hozida esa u RF Qurolli kuchlarining Maxsus amaliyotlar kuchlariga tegishli. Mazkur obyekt konstruksiyalari orasida bir devays e’tiborimizni tortdi. Keyinroq u portlovchi har xil moddalarni olib yurish uchun mo‘ljallanganini aniqladik. Boz ustiga, yaqinda Azov dengizi, jumladan, Kerch bo‘g‘ozining to‘sib qo‘yilishi bizni hushyor torttirdi. Faqat kemalar o‘tkazilmaganida tushunish mumkin edi, ammo ular hudud osmonini ham yopib qo‘yishdi. Chunki Kerch ko‘prigi atrofidagi qo‘shinlar harakatini kuzatishlari mumkinligidan cho‘chidilar. Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Fransiya va Turkiyaning razvedkachi uchoqlari Qrimni, Donbassning bosib olingan hududlarini, Ukrainaning Belarus bilan chegarasini uzluksiz monitoring qilmoqda. Rossiya mashqlar bahonasida dengiz va havo hududini yopib qo‘yganidan so‘ng Kerch ko‘prigi tevaragida injener qo‘shinlarining shubhali harakatlarini kuzatdik. Bunaqa katta portlatish ishlarini hamisha injenerlik qo‘shinlari mutaxassislari bajaradi.

Qolaversa, Rossiya rahbarlarining bari sobiq chekistlar ekanini unutmaylik. Ichkeriyaning mustaqillik uchun ikkinchi urushini (ruslar negadir uni Ikkinchi chechen urushi deb atashadi) bu chekistlar o‘z aholisi yashaydigan uylarni portlatishdan boshlaganlar. Qisqasi, bu terrorchi va telbalar o‘sha ishlarini takrorlashi uchun keragidan ziyod imkoniyatlarga ega, deb o‘ylayman.

– Ukraina Qrim hududini nazorat qilmayotgan, bo‘g‘ozning ikki tarafida ham Rossiya kuchlari turgan bo‘lsa, Ukrainani qanday qilib Kerch ko‘prigini portlatganlikda ayblash mumkin?

– Rossiya Ukrainaga qarshi bir ish qiladigan bo‘lsa, hech qachon bahona qidirib o‘tirmaydi. Donbassdagi provokatsiyalarni qarang: qo‘yib bersang, bizga atom quroli bilan hujum qilishyapti, deb ayuhannos solishadi, bir soat o‘tar-o‘tmas ma’lumotning yolg‘onligi fosh bo‘ladi.

Qrimda ham shu ahvol: “yarimorolga terrorchilar hujum qilmoqchi”, deb odamlarning qulog‘iga quyib yotishibdi, tinimsiz aksilterror mashqlari o‘tkazilyapti, kunda bo‘lmasa kunora qandaydir “ukrain qo‘poruvchilari”ni qo‘lga olishyapti...

XS
SM
MD
LG