Линклар

Шошилинч хабар
22 феврал 2025, Тошкент вақти: 00:27

Toshkent–Istanbul yo‘nalishidagi aviareyslar bekor qilindi


Istanbul xalqaro aeroporti (arxiv surati)
Istanbul xalqaro aeroporti (arxiv surati)

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent–Istanbul yo‘nalishidagi aviareyslarni bekor qildi.

Aviashirkat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli va Istanbul xalqaro aeroporti ma’muriyati qaroriga ko‘ra, 20-21 va 21-22-fevral kunlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan Toshkent–Istanbul–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY281/282 aviaqatnovlar bekor qilinadi.

Bekor qilingan aviaqatnovlar yo‘lovchilari yuqorida keltirilgan sanalarning kunduzi amalga oshiriladigan HY71/272 va HY273/274 aviareyslari orqali manziliga yetkaziladi.

“Murakkab ob-havo sharoiti va yog‘ingarchilik (qor yog‘ishi) kutilayotganini hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan parvozga ro‘yxatdan o‘tish uchun oldinroq kelishlarini so‘raymiz”, deyiladi Uzbekistan Airways xabarnomasida.

Ma’lum bo‘lishicha, Meteorologiya qo‘mitasining Istanbul xalqaro aeroportida yuzaga kelgan inqirozli vaziyat bo‘yicha 18-fevraldagi majburiy va tavsiyaviy talablari asosida reyslarni bekor qilishga qaror qilingan.

Ozodlik avval xabar qilganidek, Uzbekistan Airways aviashirkati 20-yanvardan boshlab Yevropa mamlakatlariga parvoz yo‘nalishlarini o‘zgartirgan. Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligining (EASA) Rossiya hududi ustidagi parvozlarning xavfsiz emasligi to‘g‘risidagi hisobot ortidan parvozlar Rossiya va Belarus hududini aylanib o‘tgan holda, Ozarbayjon va Turkiya orqali amalga oshirila boshlagan.

XS
SM
MD
LG