Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:29

Toshkentning "Malika" bozorida reydlar: DXX chetdan olib kelingan mobil telefonlarni tekshirmoqda


Toshkentdagi xalq orasida "Malika" nomi bilan tanilgan bozorda xavfsizlik xizmatlarining reydlari tez-tez bo‘lib turadi
Toshkentdagi xalq orasida "Malika" nomi bilan tanilgan bozorda xavfsizlik xizmatlarining reydlari tez-tez bo‘lib turadi

Toshkentning Shayxontoxur tumanidagi xalq orasida "Malika" nomi bilan tanilgan Malika (Texno-Olam) savdo majmuasida chetdan yakka tartibda olib kelingan mobil telefonlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni DXX xodimlari taftish qila boshladi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan savdogarlarga ko‘ra¸ tekshiruvlar davomida ayrim do‘kondorlar DXX Tergov izolyatoriga olib ketilgan.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan savdogarlardan biri DXX chetdan olib kelingan, ammo IMEI kodlari O‘zbekistonda rasmiylashtirilmagan "Huawei" telefonlari bilan qiziqayotganini aytdi:

"Chetdan keltirilgan Huawei telefonlarini sotib olganlar sim-karta o‘rnatganida blokka tushib qolgan. Shundan so‘ng ular ichki ishlar organlariga arz qilgan. Tekshiruv jarayonida telefonlar UZIMEI tizimi orqali ro‘yxatga olinmagani, O‘zbekistonga bojxona nazoratidan chetlab olib kirilgani aniqlangan. Hozir DXX ularni import qilganlarni qidirmoqda. Bu yerda yuzlab telefon haqida gap bormoqda", - deydi toshkentlik savdogar.

Наманганда шахсий маълумотлари IMEI регистрацияси учун ўғирланганлар тўполон қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00

O‘zbekistonda bundan ikki yil avval xorijda sotib olingan telefonlarni majburiy qayddan o‘tkazish tartibi joriy qilingandi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 22 - oktabrdagi qaroriga muvofiq telefon qurilmalarining IMEI yoki xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiydir.

Kontrabandaning oldini olish uchun joriy qilingan ushbu tartib bo‘yicha O‘zbekiston hududida xorijdan kirib kelgan fuqarolar va yuridik shaxslar belgilangan mablag‘ni to‘lab, telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tmagan telefonlar avtomatik ravishda bir oydan so‘ng ishlashdan to‘xtaydi.

"Chetdan olib kirilgan telefonlar o‘ttiz kun ichida UZIMEIdan onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Telefonning IMEI ​ kodidan tortib¸ uni olib kelgan shaxsning pasport seriyasi va raqamlari kiritiladi. Ro‘yxatga olinmagan telefon kontrabanda hisoblanadi. Hozir DXX shu telefonlarni olib kelganlarni qidirmoqda ”¸ - deydi Ozodlik gaplashgan tadbirkorlardan yana biri.

Hukumat rasmiylari chetdan olib kirilgan telefonlarni majburiy registratsiyadan o‘tkazish va buning uchun to‘lov joriy qilishdan maqsad sifatsiz, inson sog‘lig‘i uchun zararli va noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini olish ekanini aytib keladi.

Bundan tashqari, rasmiylar iddaosicha, nazorat tizimi mobil qurilma yo‘qolib qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda uning qidiruv ishlarini tezkor amalga oshirishda, jinoyatlarni samarali va tezkor fosh etishda qo‘l kelishi mumkin.

IMEI janjali

Har bir o‘zbekistonlik¸ amaldagi cheklovga ko‘ra¸ uzoq xorijdan har 6 oyda chetdan bir dona telefon olib kirishga haqli.

Ayni paytda O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan mobil telefonlarning davlat tomonidan pulli registratsiya qilinishi turli qallobliklar ortishiga turtki bo‘lgani ham aytiladi.

Ozodlik gaplashgan kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi chetdan kelgan fuqarolarning pasportlariga telefon rasmiylashtirilishi eng keng tarqalgan qallobliklardan biri ekanini aytadi.

"Chetdan kelgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini telefon kontrabandasi bilan shug‘ullanadiganlarga sotish ko‘paydi. Ko‘p hollarda chetdan kelganlar o‘z nomiga telefon rasmiylashtirilganini bilishmaydi. Pasport ma’lumoti aeroportni o‘zida ularga xabardor qilinmasdan, telefon biznesi bilan shug‘ullanuvchilarga uzatiladi. Menimcha, DXX ana shu holatlarni tekshirsa bo‘lardi", - deydi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi.

O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar o‘zlari bilan olib kelgan telefonlarini ro‘yxatga olishda muammolarga duch kelayotgani, o‘zlari xabardor qilinmasdan pasportlariga telefon rasmiylashtirilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozishgan.

Ozodlikning UZIMEI - "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi rasmiylaridan bu iddaolar xususida izoh olish urinishlari natija bermadi.

Davlat xavfsizlik xizmati esa hanuz jamoatchilik va matbuot uchun yopiq tizim bo‘lib qolmoqda.

"Malika"dagi reydlar

Toshkentdagi xalq orasida "Malika" nomi bilan tanilgan bozorda xavfsizlik xizmatlarining reydlari tez-tez bo‘lib turadi.

2019 - yilning avgust oyida ichki ishlar xodimlari yuzdan oshiq soqolli erkakni ushlab, ichki ishlar bo‘limiga olib ketgani va ularning soqoli majburlab olinganidan so‘ng yuborilgani ijtimoiy tarmoqlarini larzaga solgandi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarining bu kabi amaliyotini inson haqlarining qo‘pol ravishda buzilishi deya qoralab chiqqan.

Tanqidlarga javoban Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi “Malika” savdo kompleksida ishlaydigan ba’zi shaxslar bo‘yicha o‘g‘rilik, o‘g‘irlangan qo‘l telefonlarini sotib olish va sotish faktlari asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazilgani¸ gumonlanuvchilar aksariyatining "soqollilar" ekanini bildirgan.

XS
SM
MD
LG