Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2025, Тошкент вақти: 07:40

Tramp “Hollivud bo‘yicha maxsus elchilar” tayinlamoqchi


Tramp Hollivud bo‘yicha maxsus elchi lavozimiga mo‘ljallagan aktyorlardan biri o‘zbek tomoshabiniga Rembo filmlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Silvestr Stallonedir.
Tramp Hollivud bo‘yicha maxsus elchi lavozimiga mo‘ljallagan aktyorlardan biri o‘zbek tomoshabiniga Rembo filmlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Silvestr Stallonedir.

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp aktyorlar Silvestr Stallone, Mel Gibson va Jon Voyt nomzodini “Hollivud bo‘yicha maxsus elchilar” vazifasiga ko‘rsatdi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida bu “uch juda talantli odam” Qo‘shma Shtatlardagi kino sanoati Jo Bayden boshqaruvi chog‘ida boy bergan mavqeini “qaytarib olish” uchun uning “ko‘zi va qulog‘i” bo‘lishini yozgan.

Bu vazifa vakolatli lavozim bo‘ladimi yoki shunchaki “faxriy lavozim” bo‘ladimi − Tramp bunga aniqlik kiritgan emas.

AQSHning saylangan prezidenti avvalroq ham davlat boshqaruvi tizimida bo‘lmagan lavozimlarni joriy etib, ularga muayyan kishilarni rahbar etib tayinlashi haqida bayonotlar bergan. Xususan, u prezident saylovida g‘alaba e’lon qilinganining ortidanoq tadbirkorlar Ilon Mask va Vivek Ramasvami “shishib ketgan davlat apparatini qisqartirish va qayta tashkil etish maqsadida” tuzilajak yangi muvaqqat tuzilmaga yetakchilik qilishini bildirgan.

Trampga ko‘ra, ikki tadbirkor davlat xizmatlarida “radikal o‘zgarishlar” tashabbusi bilan chiqishi kerak bo‘lgan “Hukumat samaradorligi bo‘yicha boshqarma”ga mas’ul etib tayinlanadi. Yangi boshqarmaning maqsadi, Tramp qaydicha, “davlat byurokratiyasi demontaji, haddan ziyod regulyatsiyani kamaytirish, samarasi bo‘lmagan xarajatlarni kamaytirish va federal xizmatlarni qayta tashkil etish”dan iboratdir. U mazkur boshqarma 2026-yil iyuliga borib o‘z faoliyatini tugatishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG