Линклар

Шошилинч хабар
05 феврал 2025, Тошкент вақти: 12:40

Tramp o‘zining $TRUMP kriptovalyutasini muomalaga chiqarmoqchi


Дональд Трамп
Дональд Трамп

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda $TRUMP nomli o‘z kriptovalyutasi muomalaga chiqarilishini e’lon qildi. Kriptovalyuta muomalaga kiritilgan ilk kunda foydalanuvchilar 200 million tangani sotib olish imkoniga ega bo‘lishadi, uch yil ichida esa umumiy taklif bir milliard tangaga yetadi.

Ishga tushganining ilk soatida $TRUMP memkoini kapitalizatsiyasi uch milliard dollarga yetgan, bir yarim soat keyin esa to‘rt milliard dollardan oshgan.

Avvalroq kriptovalyutani tovlamachilik deb atagan Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida bu boradagi fikrini o‘zgartirgan. U AQSHni “jahon kriptovalyuta poytaxti”ga aylantirish va bitkoinlar milliy zaxirasini jamg‘arishni va’da qilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyi boshida Tramp kriptolobbist Pol Atkinsni Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya rahbari lavozimiga ko‘rsatishini e’lon qilgan. Mazkur komissiya Komissiya moliya olamida kriptovalyutalarning eng nufuzli dushmanlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Regulyator yetakchi kriptovalyuta shirkatlarini sudga bergani ma’lum.

Trampning Atkinsga oid qarori ortidan bitkoin qiymati ilk bor yuz ming dollardan oshib ketgan.

XS
SM
MD
LG