Линклар

Шошилинч хабар
05 феврал 2025, Тошкент вақти: 14:43

Tramp Putin bilan uchrashuvi hozirlanayotganini bildirdi


Vladimir Putin va Donald Tramp (arxiv surati)
Vladimir Putin va Donald Tramp (arxiv surati)

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ayni paytda uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi. Tramp mazkur uchrashuv qachon bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritgan emas.

U uchrashishni istayapti va biz bunga hozirlik ko‘ryapmiz”, deya bildirgan AQSHning saylangan prezidenti jurnalistlar savoliga javob berarkan.

Tramp 7-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi jangovar harakatlarga yarim yil ichida yakun yasashga umid qilayotganini bildirgan edi.

O‘shanda u AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenni Ukraina bilan bog‘liq siyosatini tanqid qilgan. Trampga ko‘ra, Bayden davrida Oq uy Kiyevning NATOga kishi ehtimoliga oid muzokaralarda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan.

AQSHning saylangan prezidenti tomonidan Ukraina va Rossiya masalalari bo‘yicha maxsus elchi lavozimiga ko‘rsatilgan Kit Kellogg 9-yanvar kuni Donald Tramp Kremlga yon bermoqchi emasligi, aksincha, Ukrainani himoya qilishga urinayotganini bildirgan. Unga ko‘ra, Tramp muhtamalan 100 kun ichida urushni to‘xtatish uchun maqbul qaror taklif qilishga qodir.

Jo Bayden ma’muriyati 9-yanvar kuni Ukrainaga o‘zining so‘nggi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Mazkur paket qiymati taqriban 500 million AQSH dollariga teng.

XS
SM
MD
LG