Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:33

Turkiya to‘siq qo‘ygani uchun markaziy osiyoliklar Amerikaga boshqa yo‘llar bilan ketmoqda


Turk Havo Yo‘llari Meksikaga uchayotgan yo‘lovchilarga cheklov kiritishi ortidan o‘nlab markaziy osiyoliklar uchoqqa chiqarilmagan.
Turk Havo Yo‘llari Meksikaga uchayotgan yo‘lovchilarga cheklov kiritishi ortidan o‘nlab markaziy osiyoliklar uchoqqa chiqarilmagan.

Saltanat turmush o‘rtog‘i bilan Moskvadan Dubayga chipta oldi. Ammo ular ortga qaytishni xohlashmaydi.

Tojikiston va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan er-xotin uzoq safar boshida Birlashgan Arab Amirliklarini tranzit mamlakat sifatida tanlab, Meksika orqali AQSHga yetib olishga umid qilmoqda.

“Biz dastlab Istanbul orqali Meksikaga uchmoqchi edik, biroq Telegram’da Turk Havo Yo‘llari Rossiya va boshqa sobiq sovet davlatlaridan kelganlarga Lotin Amerikasiga uchishga ruxsat bermasligini o‘qidik, shuning uchun rejani o‘zgartirdik”, deydi Saltanat. U familiyasini oshkor qilmaslikni so‘radi.

Yaqinda Istanbulda Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkazdan kelgan o‘nlab yo‘lovchilar Turk Havo Yo‘llari aviakompaniyasining Meksika va boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlariga uchayotgan reyslarida qo‘lga olindi.

Turk Havo Yo‘llari Meksika, Braziliya, Kuba, Kolumbiya va Venesuelaga uchayotgan yo‘lovchilar uchun "qo‘shimcha tekshiruvlar" e’lon qilgan.

Ўзбеклар АҚШда камситилаётганидан шикоят қилишди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:28 0:00

Vizadan tashqari, endi yo‘lovchilar qaytish chiptalari, to‘liq to‘langan mehmonxona broni va sayohat uchun yetarli mablag‘ni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Turkiyaning o‘zi Turkmanistondan tashqari Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun turistik viza talab qilmaydi.

Cheklovlar AQSHga migrantlar oqimini to‘xtatish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. 2023-yilda AQSH janubi-g‘arbiy chegarasiga 2,5 milliondan ortiq migrantlar kelgan. Ularning ko‘pchiligi mamlakatga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘tgan yili Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar soni sezilarli darajada oshdi – mintaqadan 50 mingdan ortiq odam AQSHga noqonuniy kirib kelgan. Ular orasida O‘zbekistondan 17 mingga yaqin, Qirg‘izistondan 7000, Tojikistondan 3000, Qozog‘istondan 2700 va Turkmanistondan 2000 ga yaqin odam bor.

AQSH statistika ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy muhojirlar, jumladan, markaziy osiyoliklarning ommaviy oqimi bu yil ham pasaymayapti.

AQSH bojxona va chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil boshidan buyon 140 000 nafar hujjatsiz muhojir AQSHga San-Diego (Kaliforniya) chegara punkti orqali kirib kelgan, shulardan 2500 ga yaqini O‘zbekiston, 500 nafari Tojikiston va 400 ga yaqini Qirg‘iziston fuqarolaridir.

Istanbuldagi sarsongarchilik

Istanbuldagi so‘nggi cheklovlardan zarar ko‘rgan yo‘lovchilar aytishicha, ba’zilari chiptalar va boshqa xarajatlar uchun minglab dollar yo‘qotgan.

Aksariyat yo‘lovchilar eng arzon qaytarib berilmaydigan chiptalarni sotib olgani uchun pullarini qaytarib ololmaydi. Ulardan ba’zilari bir necha kun aeroportda yoki shaharning boshqa joylarida qolib, mehmonxonalar va oziq-ovqatga ko‘proq pul sarflagan, lekin baribir parvoz qilishga umid qilishgan.

“Men aeroportda qolgan yoki mehmonxonalarda tunash uchun taxminan 115 dollar to‘lagan oilalarni bilaman”, deydi Qirg‘izistonda tug‘ilgan bir Rossiya fuqarosi.

Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan bu shaxs Ozodlik radiosining qirg‘iz xizmatiga fevral oyida Meksikaning Kankun shahriga uchib borganini, ammo Istanbulga qaytarib yuborilganini aytdi. U deportatsiya sababini aytmadi, biroq Meksikadan AQSHga tranzit yo‘l sifatida foydalanish niyatida ekanini tan oldi.

Istanbulga qaytgach, u Lotin Amerikasining boshqa davlatiga parvoz uchun chipta sotib olgan, biroq samolyot bortiga kiritilmagan. Uning aytishicha, behuda safar uchun hozirgacha 15 ming dollar sarflagan.

Xabar qilinishicha, ba’zi rossiyalik yo‘lovchilarga qaytish chiptalari sotib olgani va mehmonxonani band qilishlariga qaramay, ularning pasportlarida oldingi vizalar bo‘lmagani yoki faqat Kankun shahrida uzoq muddatli ta’til uchun yuk bo‘lganligi sababli samolyotga chiqishga ruxsat berilmagan. Aytilishicha, yo‘lovchilar AQSHga ketayotganliklarini sezdirib qo‘yishgan.

АҚШ-Мексика чегарасидан қонуний ва ноқонуний ўтган ўзбеклар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00

"Kichik noqulaylik"

Saltanat va uning turmush o‘rtog‘i uchun Turk Havo Yo‘llarining yangi qoidasi shunchaki “kichik noqulaylik” xolos, ularning Amerika orzusiga erishishiga to‘sqinlik qilmaydi.

"Biz bu haqda eshitganimizdan so‘ng, darhol viza kerak bo‘lmagan va Meksikaga uchishimiz mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqa boshladik, – deydi Saltanat Ozodlik radiosiga. – Birlashgan Arab Amirliklarini tanladik. Rossiya pasportlarimiz bilan biz BAAga ham vizasiz borishimiz mumkin.»

Saltanat safar uchun barcha chiptalar bor-yo‘qligi haqida gapirmadi.

Saltanatning Rossiyada muvaffaqiyatli qurilish biznesiga ega bo‘lgan turmush o‘rtog‘i AQSHda yangi, yaxshiroq hayot boshlamoqchi. Yoshi 30 dan oshmagan er-xotinning ortidan yaqin do‘stlari va qo‘shnilari – qozog‘istonlik er-xotin ham borishadi.

Istanbul marshruti endi imkonsiz bo‘lgani uchun Saltanatning do‘stlari ham Meksikaga muqobil yo‘llarini izlamoqda.

“Ular Turkiya orqali Braziliyaga, u yerdan Janubiy Amerikaning ba’zi davlatlari orqali Meksikaga, ehtimol [kontrabandachilarga] pul to‘lab borishadi, – deydi Saltanat. – Bir kun kelib biz Amerikada yana qo‘shni bo‘lishni xohlaymiz."

Saltanat AQSHga yetib borgunga qadar qamalish, o‘g‘irlab ketilish yoki hatto o‘ldirilish xavfi bor og‘ir safar kutayotganini tushunadi. Agar oila AQSHga yetib borsa ham, ular deportatsiya qilinishi mumkin.

Ammo u tavakkalchilikdan cho‘chimaydi va “minglab ruslar va markaziy osiyoliklar Amerikaga yetib borgan, faqat bir nechtasi deportatsiya qilingan”, deydi.

Saltanatning turmush o‘rtog‘i Rossiya armiyasiga chaqirilib, Ukrainadagi urushga yuborilish xavfiga duch kelgani uchun boshpana so‘ramoqchi.

AQSHning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, boshpana so‘raganlarning aksariyati ishlash uchun ruxsatnoma oladi, shu bilan birga, ularning ishi kam moliyalashtirilgan immigratsiya sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ancha cho‘ziladi.

Saltanat va uning turmush o‘rtog‘i oxir-oqibat Amerikada yashash va ishlash orzulariga erishishlariga ishonishadi.

XS
SM
MD
LG