Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:35

Ukraina Rossiyani AES ishchilarini o‘ldirishda va qiynoqqa solishda aybladi


Zaporojye atom elektr stansiyasiga kirish
Zaporojye atom elektr stansiyasiga kirish

Ukrainaning “Energoatom” agentligi rahbari atom elektr stansiyasidagi rus askarlarini zavodning ukrainalik xodimlarining bir qismini qiynoqqa solib, o‘ldirganlikda hamda ulardan 200 ga yaqinini o‘g‘irlaganlikda aybladi.

Energoatom prezidenti Petro Kotin Germaniyaning Funke gazetasiga bergan intervyusida o‘g‘irlanganlarning ba’zilari qayerda ekanligi haqida ma’lumot yo‘qligini aytdi.

Kotinning aytishicha, rus bosqinchilari zavod xodimlarinining Ukrainaga sodiqligini aniqlash uchun tekshirmoqda.

Moskva Ukrainaga bosqin boshlaganidan so‘ng, Zaporojye zavodi Rossiya nazoratiga o‘tgunga qadar zavodda 11 mingga yaqin odam ishlagan.

MAGATE o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, yadroviy avariyaning oldini olish uchun "vaqtinchalik choralar ko‘rish zarurligini" ma’lum qilgan.

MAGATE zavodda xodimlarning yetishmasligi va stress boshqaruv jarayonida xatoliklar xavfini tug‘dirishi haqida ogohlantirdi.

Tashkilotning bildirishicha, rus bosqinchilari BMTning 14 nafar ekspertiga atom stansiyasining barcha hududlariga kirishga ruxsat bermagan.

MAGATEning ikki mutaxassisi kuzatuv olib borish va xavfsizlikni taminlash uchun Zaporojyeda qoldi.

Agentlik “yangi hujumlar Zaporojye AES va yaqin atrofdagi issiqlik elektr stansiyasi o‘rtasidagi zaxira elektr tarmog‘iga zarar yetkazgani, bu esa obyektning yadro xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotganini yana bir bor ta’kidlagan”.

Dnepropetrovsk viloyati gubernatori va Energodar shahri meri Rossiyani kecha yaqin atrofdagi elektr ta’minotini qaytadan o‘qqa tutganlikda aybladi.

Rasmiylar so‘nggi kunlarda mahalliy aholini radiatsiya ta’siridan himoya qilish uchun yod tabletkalarini tarqatgani xabar qilingan edi.

Ukraina va Rossiya zavod atrofida bo‘layotgan portlash va harbiy harakatlarda bir-birini ayblab kelmoqda.

Ekspertlar agar reaktorlar elektr ta’minotidan uzilib qolsa, Chernobil yoki Fukushima halokati takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

MAGATE Rossiya va Ukrainani stansiya atrofida “yadro xavfsizligi muhofazalangan zona” yaratishga chaqirdi hamda hudud atrofida o‘t ochish zudlik bilan to‘xtatilishi kerakligini aytdi.

Kiyev zavodni Ukraina nazoratiga qaytarishni talab qilgan.

XS
SM
MD
LG