Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:23

Ukrainlar ATACMS raketalari bilan Putinning Qrimdagi qal’asiga zarba bermoqchi


Amerikaning ATACMS raketa tizimi.
Amerikaning ATACMS raketa tizimi.

2022-yilning fevral oyida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Rossiya qurolli kuchlari Qrimdan turib raketa va dronlar bilan Ukrainaga zarba berib keladi.
2014-yilda Ukraina Qrim yarimorolini bosib olganidan keyin Kreml Qrimni harbiylashtirish, bazalarni kengaytirish, omborlar va boshqa infratuzilmalarni qurish uchun milliardlab dollar sarfladi.


Endilikda Qrim Ukrainaga yuborilgan AQSHning ATACMS raketalari nishoniga aylanishi xavfi bor. Ikki yillik muhokamalardan so‘ng, shu oy boshida Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 300 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir ballistik raketalarni yubordi. Bunday raketalar bilan yarimoroldagi 100 dan ortiq harbiy nishonlarning istalgan bittasiga zarba berishi mumkin.

"ATACMS yetkazib berilishi katta yutuq. Bu Qrimni harbiy jihatdan amalda zararsizlantirishi mumkin", - deydi harbiy tahlilchi Filipp Karber.

Qrimda Rossiyaning Qora dengiz floti, oltita havo bazasi, qo‘mondonlik-nazorat markazlari, qurol-yarog‘ omborlari, doklar, kazarmalar va boshqa obyektlari joylashgan. Shuningdek, harbiy obyektlarni himoya qilish uchun radarlar va raketaga qarshi tizimlar ham joylashtirilgan.

Qrim, shuningdek, Putinning urush harakatlari uchun asosiy logistika markazi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Rossiya o‘q-dorilar, og‘ir zirhli texnikalari, yoqilg‘i, oziq-ovqat va tibbiy asbob-uskunalar kabi muhim vositalarni Krasnodar o‘lkasidan Qrimga avtomobil, temir yo‘l, parom va boshqa kemalar orqali olib boradi. Undan so‘ng esa ta’minotni yarim orol orqali shimolga, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya tomonidan bosib olingan qismlariga yuboradi.

Украинага босқин: 794-кун | Қўшма Штатлар Украинага 6 миллиард долларлик қурол беради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:04 0:00


Rossiya hujum tahdidlari tufayli Qrimdagi ko‘prikni yopib qo‘ygan bo‘lsa-da, paromlar orqali Qrimga yuklarni yetkazib berishda davom etmoqda, deydi Karber. Kemalar yarim orolning janubi-g‘arbiy sohilida joylashgan Rossiya Qora dengiz flotining bosh qarorgohi Sevastopolga ham harbiy yuklarni eltadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘tgan yilning kuzida Ukrainaga ATACMS ning 165 kilometr masofaga yetib bora oladigan kichik versiyasini taqdim qilgan edi. Ukraina bu raketalardan birinchi marta oktyabr oyida Ukraina sharqidagi rus nishonlariga qarshi muvaffaqiyatli foydalandi.

Uzoq masofali ATACMSni olganidan ko‘p o‘tmay, Ukraina 17-aprel kuni Qrim shimoli-sharqidagi Jankoy aviabazasiga zarba berdi. Hujum oqibatida Rossiya vertolyotlari, eng ilg‘or yer-havo sinfidagi S-400 raketa tizimlari hamda aerokosmik kuzatuv majmuasiga zarar yetgan. Bu ma’lumotlarni mustaqil ravishda tekshirishning imkoni bo‘lmadi.

Nyu-York Tayms gazetasi AQSHning noma’lum rasmiylariga tayanib, 100 dan ortiq uzoq masofali ATACMS Ukrainaga yetkazilgani haqida yozdi. Bitta nishonni yo‘q qilish yoki jiddiy zarar yetkazish uchun bir nechta ATACMS kerak bo‘lishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Ukrainada G‘arbda ishlab chiqarilgan boshqa turdagi raketalar bor, ammo bu ta’minot kamayib bormoqda. Birlashgan Qirollik o‘tgan yili Ukrainaga 250 kilometrgacha bo‘lgan nishonlarga zarba bera oladigan "Storm Shedoy" qanotli raketalarini yetkazib bergan edi. O‘tgan hafta London bu turdagi raketalardan yana jo‘natishi haqida e’lon qildi.

2023-yil sentyabrda Ukraina Qrimdagi ikki nishon-kemasozlik zavodi va Qora dengiz flotining Sevastopoldagi shtab-kvartirasiga "Storm Shedou" raketalari bilan zarba berdi. Ukraina Qora dengizda Rossiyaning 24 ga yaqin kemasini, jumladan, 2022-yil aprelida "Moskva" flagmanini G‘arb qurollari va o‘z arsenalidagi vositalardan foydalangan holda yo‘q qildi.

Bosh qarorgohga zarba berilganidan ikki hafta o‘tmasdan Rossiya Qora dengiz flotining asosiy qismini yarim oroldan Rossiyaning Novorossiysk portiga olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

Украинага босқин: 789 -кун | Киев АҚШ ҳарбий ёрдами етиб келишини кутмоқда. Россия ҳам
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:13 0:00


Zelenskiy o‘tgan oy Washington Post gazetasiga bergan intervyusida ATACMS Ukrainaga Rossiya harbiy-havo kuchlarini Qrimdan quvib chiqarishga imkon berishini aytdi.

“Rossiya samolyotlarini yo‘q qilishimizni ko‘rsa, Qrimdan hujum qilmaydi. Bu xuddi dengiz flotida bo‘lganidek.

Biz ularni hududiy suvlarimizdan siqib chiqardik. Endi Qrimdagi aeroportlardan haydab chiqaramiz”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.

Tahlilchilarga ko‘ra, "Storm Shedou”ga qaraganda ancha yuqori tezlikka ega va nishonlarga bir necha daqiqada zarba bera oladigan ATACMS raketaga qarshi mudofaa tizimlari, harbiy aerodromlar, logistika markazlari singari nishonlarga qarshi foydalanish uchun ko‘proq mos keladi. Biroq Germaniyaning "Taurus" qanotli raketasi Qrim ko‘prigini nishonga olish uchun ATACMSdan ko‘ra nisbatan samarali bo‘lishi mumkin.

G‘arb rasmiylari AQSHning ATACMSni yetkazib berish qarori Germaniya rahbariyatini Ukrainaga "Taurus" raketalarini yuborishga undaydi, degan fikrda.

Amerikalik boshqa bir harbiy tahlilchi, sobiq AQSH harbiysi Ben Xodjesning fikricha, Ukraina Qrimning har bir nuqtasini besh qo‘ldek biladi, ularda ATACMS bor ekan, yarimoroldagi rus qo‘shinlari yashirinishi imkonsiz.

“Barcha ruslarni o‘ldirish shart emas. Shunchaki, ularni yoqilg‘i, o‘q-dori va oziq-ovqatsiz qoldirish kifoya".

"Qrimni mintaqaning hal qiluvchi hududi deb atagan bo‘lardim. Qrimni kim nazorat qilsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi", - deydi Xodjes.

Ayni paytda ta’minot chiziqlarini yo‘q qilish orqali Qrimni izolyatsiya qilish Ukraina kuchlariga bosimni kamaytiradi, deya qo‘shimcha qildi u. Yarim oroldan kelayotgan rus raketalari va dronlarining hujumlari kamayadi va bosib olingan janubiy hududlardagi rus qo‘shinlari logistika muammolariga duch kela boshlaydi.

"Bu dushmanga butunlay psixologik, logistik va jismoniy ta’sir ko‘rsatadi".

XS
SM
MD
LG