Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:11

Xarob maktablar, Sardoba uchun muqarrar bo‘lmagan jazo va Sattoriy haqida


Sardobani “yegan ikki laqqa baliq” hukumatning yuqori pog‘onasida turibdi”, dedi taniqli publitsist Sharof Ubaydullayev OzodNazar eshittirishida. Suhbat davomida 6 yarim yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriy masalasi ham ko‘tarildi.

Suhbat maktablardagi ahvoldan boshlandi. Bu masalaga prezident Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi vazifalarga bag‘ishlab 12 - may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida to‘xtaldi.

Хароб мактаблар, Сардоба учун муқаррар бўлмаган жазо ва Сатторий ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:20 0:00
Бевосита линк

Kun.uz saytining iqtibos keltirishicha, Prezident maktablardagi ayanchli ekanini aytgan:

“Nima meni qiynaydi desangiz, aytaman: maktabdagi sharoit. Maktabdagi ahvolni ko‘rsa, odam tavba deb yuboradi. Shu 4 yilda maktabga juda ko‘p e’tibor berdik, ammo muammolar hali ham ko‘p. Kamchiliklarni 27 yil ko‘rib ko‘rmaslikka olganmiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqanddagi maktablarning ahvolini yaxshi bilaman.

Uchinchi Renessansga poydevor quryapmiz, deyapmiz. Agar mablag‘larni to‘g‘ri sarflab, kelajagimiz bo‘lgan maktablarga birinchi navbatda yo‘naltirmasak, kitobi, sharoiti, o‘qituvchining ish haqini joy-joyiga qo‘ymasak, niyatimizga erisha olmaymiz.

Hozirning o‘zida maktabni ta’mirlash, uyoq-buyog‘ini suvash uchun 30 trillion so‘m kerak bo‘lyapti. Bir paytlar partani olib borib qo‘yib, maktab filiallari ochilgan. Bu hozir katta muammoga aylanyapti: bunday maktablar filiallarida o‘qigan bolalarning bilimi, o‘qituvchilarning saviyasi, oyligi, sharoiti qanday bo‘ladi - bunga javob yo‘q. Bu faqat maktab ta’limining o‘zidagi muammolar. Shermatov (xalq ta’limi vaziri)ni oldimga chaqirsam, sharoitni yaxshilash uchun 30 trillion mablag‘ kerak, deyapti. Bu kitob-u partasi hisobga olinmaganda, faqat ta’mirlash uchun ketadigan mablag‘. Hojiboyev (sog‘liqni saqlash vaziri)ni chaqirsam, 60 trillion so‘m kerak, deyapti. Bu pullarni qaerdan olamiz?” deb aytgan prezident.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida ayanchli ahvolga kelib qolgan qator o‘rta maktablardagi sharoitlar tanqid qilingandi.

O‘zbekiston moliya va nazorat idoralari qator maktablarda ta’mir va boshqa maqsadlar uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani haqidagi hisobotlarni e’lon qilgan. Xalq ta’limi vazirligi korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar eng ko‘p sodir etilgan tizimlardan biri sifatida tanqid qilingan.

XS
SM
MD
LG