Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:03

Xitoy Rossiya gazini ichki narxlarda sotishni talab qilmoqda. "Gazprom"da tanlov ko‘p emas


Xitoy «Gazprom»dan gazni Rossiyaning ichki narxlarida sotishni talab qildi. Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi uchta manbaga tayanib xabar berdi. Nashrning yozishicha, Moskva va Pekin o‘rtasidagi “Sibir kuchi – 2” gaz quvuri qurilishini yakunlash bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, chunki Kreml Xitoyning narxlar va yetkazib berish hajmi bo‘yicha talablarini asossiz deb biladi.

Manbalarga ko‘ra, Xitoy davlat tomonidan subsidiyalanadigan Rossiyaning mahalliy narxlari bilan deyarli bir xilda narxlarni talab qildi va yillik quvvati 50 milliard kubometr quvurdan keladigan gazning kichik qismini sotib olishga rozi bo‘ldi.

Kreml bu nashrga munosabat bildirdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya va Xitoy energetika masalalari bo‘yicha muloqotni davom ettirishdan manfaatdor, biroq muzokaralarning tijoriy jihatlari yopiqligicha qolmoqda.

«Gazprom» 2023-yilni rekord darajadagi 629 milliard rubl (taxminan yetti milliard dollar) zarar bilan yakunladi. Bu G‘arb davlatlari Rossiya gazini xarid qilishni sezilarli darajada kamaytirgandan keyin sodir bo‘ldi.

Операция “G”: Путиннинг Ўзбекистондаги махфий омбори
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:21 0:00

Jurnalistlar fikricha, «Sibir kuchi – 2» kelishuvi Putinning avgust oyi o‘rtalarida Si Szinpin bilan uchrashuvi chog‘idagi uchta iltimosidan biri bo‘lgan. Financial Times gazetasi qayd etishicha, «Gazprom» 2020-yildan beri Mo‘g‘uliston va Xitoy orqali qurayotgan yangi quvur Rossiya gazini sotish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kerak bo‘lganiga qaramay, ushbu gaz quvuri bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan. Garchi Rossiya hukumati yaqin kelajakda “Sibir kuchi – 2” bo‘yicha kelishuvga erishishini aytsa-da, Financial Times manbalari boshqacha manzarani chizmoqda.

Berlindagi Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari Karnegi markazi direktori Aleksandr Gabuyev fikricha, Rossiyada gaz eksporti uchun muqobil quruqlik yo‘li yo‘qligi sababli «Gazprom» Xitoy shartlarini qabul qilishga majbur bo‘lishi mumkin.

Xitoy haqiqatan ham Moskvadan arzon gaz talab qilyaptimi, Kreml bunga rozi bo‘ladimi, deydi RusEnergy neft va gaz sektori tahlilchisi Mixail Krutixin «Nastoyashcheye Vremya» efirida.

Ekspert fikricha, «Gazprom» noiloj ahvolda. Kremlning buyrug‘i bilan u Yevropa bozorini tark etdi va shuning uchun sharqqa chekinish uchun yo‘l tayyorlamasdan katta yo‘qotishlarga duch keldi.

“Xitoy «Gazprom»ga bu yangi gaz quvuri Yevropa bozorini almashtirish uchun emasligini tushunadi, chunki buning iloji yo‘q – G‘arbga yiliga 155 milliard kubometr sotilgan va bu yangi quvurdan maksimal 50 milliard kub metr o‘tadi. «Gazprom»ga bu allaqachon Xitoy bilan imzolagan shartnomalarni saqlab qolish uchun kerak, – deb tushuntiradi u. – "Sibir kuchi – 1" yiliga 38 milliard kubometr uzatishi kerak, Putin yana 6 milliard qo‘shimcha yuborilishini aytgan edi. Uzoq Sharq shartnomasi bo‘yicha Saxalin - Xabarovsk - Vladivostok quvuri Xitoyga yiliga 10 milliard kubometr yetkazishi kerak.

"Xitoyliklar bunga rozi bo‘lishgandi, ammo bunday muammolar qachon boshlangani noma’lum, ma’lum bo‘lishicha, Irkutsk viloyatidagi bu konlar va’da qilinganidek bu shartnomalarni bajarish uchun etarli emas, – deydi Krutixin – «Gazprom» quvur qurishi kerak, lekin buning uchun puli yetmaydi, shuning uchun, aftidan, u Milliy xavfsizlik jamg‘armasidan yoki boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalardan subsidiyalanadi. Rossiya bu gaz uchun qo‘shimcha pul to‘laydi.

Кремль чангалидаги ўзбек гази
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:19:16 0:00

Mixail Krutixinning ishonishicha, yangi quvurni yiliga 50 milliard kub metr quvvatga keltirish uchun 10-15 yil kerak bo‘ladi, biroq, aftidan, o‘sha vaqtda Xitoyga bunchalik ko‘p gaz kerak bo‘lmaydi.

“Bu «Gazprom» Putinning buyrug‘i bilan tark etgan Yevropa bozori o‘rnini bosmaydi, chunki bu xarajatlarni quvur liniyasi hech qachon qoplanmaydi, chunki Xitoy gaz sotib oladigan narx, endi esa «Sibir kuchi – 1» hatto ishlab chiqarish va tashish xarajatlarini ham qoplamaydi, infratuzilmani rivojlantirish uchun 77 milliard dollarlik kapital xarajatlarni hisobga olmaganda ham”, deydi u.

XS
SM
MD
LG