Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:54

Xorijga ishchi kuchi eksport qilayotgan Qirg‘izistonda muhojirlarga qarshi kayfiyat kuchaymoqda


Bishkekdagi janubiy osiyolik ishchilar.
Bishkekdagi janubiy osiyolik ishchilar.

Moskvada pitssa buyurtma qilsangiz, uni qirg‘iz kuryeri uyingizga olib kelish ehtimoli katta. Bishkekda shunday qilsangiz, tibbiyot maktabiga pul to‘lamoqchi bo‘lgan yosh pokistonlik kuryer kelishi mumkin.

Ya’ni, o‘tgan haftagacha.

17-18-may kunlari kechasi Bishkekda janubiy osiyolik talabalar olomon hujumiga uchradi. Bu voqea Qirg‘izistondagi muhojirlar ham Rossiyadagi markaziy osiyoliklar kabi ksenofobik zo‘ravonlikka duchor bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Mart oyi oxirida Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll”ga qilingan qonli hujumdan so‘ng qirg‘izlar, tojiklar va o‘zbeklar Rossiya shaharlarida agressiv tajovuzlar nishoniga aylangan bo‘lsa ham, Qirg‘iziston hukumati hali tartibsizliklar boshlanmasdan oldin “noqonuniy migratsiya”ni bostirish bo‘yicha chora ko‘rishlarini aytishgan edi.

Bir necha xorijlik kasalxonaga yotqizilgan bu tartibsizliklarni mahalliy aholining ko‘pchiligi qoralamoqda. Ammo 1000 dan ortiq pokistonlik mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.

Покистон талабаларини Қирғизистондан олиб кетмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:01 0:00

Ayrim bishkekliklar yotoqxonadan chiqishga qo‘rqayotgan talabalarga ovqat olib kelishgan.

Ammo Qirg‘iziston hukumati muhojirlarga qarshi reydlarini faol oshirayotgani, poytaxtda tobora ko‘payayotgan xorijlik aholi sababli yuzaga kelayotgan taranglikdan xabardor ekanliklarini ko‘rsatadi.

Nega bunday bo‘lmoqda o‘zi?

Xorijiy ishchilar uchun kvotalar ko‘paytirildi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Bishkekdagi janubiy osiyoliklar yashaydigan yotoqxonalarga uyushtirilgan hujumlarni qoralash o‘rniga, zo‘ravonliklar ro‘y bergandan bir kun o‘tib, chet elliklarga nisbatan chora ko‘rishni talab qilib to‘plangan olomonining talablarida “jon bor” deb aytdi.

Ma’lumot uchun, Tashiyev huquq-tartibot idoralari safida muttasil ko‘tarilib hozirgi lavozimga yetgan xavfsizlik faxriysi emas. U mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarovning ittifoqchisi bo‘lib, u populistik muxolifat yetakchisi bo‘lgan davrlardan buyon uning safdoshidir.

Tashiyev o‘z videomurojaatida politsiya tarqatib yuborishga qiynalgan olomon “Bangladesh, Pokiston, Hindiston, Misr va boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar va ishchilar soni ortib borayotganidan” qo‘zg‘alganini ta’kidlagan.

Japarov joriy yil bahorida noqonuniy muhojirlarni ta’qib qilishni buyurganidan so‘ng, Tashiyevning aytishicha, har kuni "20, 30 yoki 50 ga yaqin" shunday muhojir qo‘lga olingan.

Tashiyev 1000 nafar Bangladesh va 1500 Pokistonlik deportatsiya qilinganiga qaramay, 5000 nafar noqonuniy muhojir borligini taxmin qilmoqda.

Bu ksenofobiyani bostirishga qaratilgan tadbirlar emas.

Ammo Tashiyev hukumat Janubiy Osiyo davlatlaridan ishchi kuchi qidirayotganini aytishni unutdi.

Oktyabr oyida Mehnat vazirligi 2024-yil uchun chet ellik ishchilarga kvotani 50 foizga, 16,6 ming o‘rindan taxminan 25,000 o‘ringa oshirishini ma’lum qilgandi.

Ularning uchdan ikki qismidan sal kamrog‘i sanoat, qurilish va transport sohalariga, yana 13 foizi tog‘-kon sanoatiga, 14 foizi xizmat ko‘rsatish va savdo sohalariga ajratilgan.

Shu oyda 17 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlariga ariza berganlarning qariyb yarmi Bangladesh, chorak qismi Pokiston va 16 foizi Xitoydan.

18-may kuni, Bishkek tungi tartibsizliklardan hali o‘ziga kelmay turib, Mehnat vaziri Gulnora Baatirova bunga izoh berdi.

“Xususiy tadbirkorlar aytishicha, xorijliklar muntazam va o‘z vaqtida ishga kelishadi, ayrim hollarda esa belgilangan jadvaldan tashqari ham ishlashadi. Aksariyat fuqarolarimiz Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlarga ishlash uchun ketib, o‘sha yerda doimiy rezident maqomini olgan. Qirg‘izistonga qaytib, ishlashga undovlarimiz doim javobsiz qoladi”, dedi Baatirova.

Mahalliy xodimlarga kelsak, “ko‘pchilik o‘z vaqtida ishga kelmay, maoshini olgandan keyin ikki-uch kun g‘oyib bo‘lib, bayram va tug‘ilgan kunlarda dam olishni so‘raydi”, degan vazir may oyida 6,5 ming bo‘sh ish o‘rni qolganini ta’kidlab.

Tikuv sektori ko‘proq qo‘lga muhtoj

Baatirovaning aytishicha, ayniqsa ishchi kuchi yetishmaydigan tikuvchilik sanoati o‘n minglab qirg‘izistonliklarni ish bilan ta’minlagan.

Bangladeshga nima uchun ayniqsa talab katta ekani shu bilan izohlanadi: Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Avazbek Otaxonov ko‘proq ishchi kuchini jalb qilish maqsadida aprel oyida hatto Dakkaga borgan edi.

Bishkekdagi tikuvchilik sexi egasi «Ozodlik» radiosi qirg‘iz xizmati bilan suhbatda Bangladeshdan kelgan ishchi ayollar “yaxshi va sifatli tikishini”, Hindistondan kelgan ishchilar esa “tirishqoq va tez o‘rganishini” aytdi.

Tabiiyki, mehnat bozoriga kirib kelgan bu o‘yinchilar Qirg‘izistonda mahalliy raqobatchilaridan pastroq maoshlarga ham ishlashlari mumkin.

Mustaqil iqtisodchi Azamat Akeneyevning «Ozodlik»ka aytishicha, ish haqi oshishi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining dastlabki ikki yilida Qirg‘iziston iqtisodidagi kuchli o‘sish ortidan sodir bo‘ldi va bu Qirg‘iziston uchun sanksiyalar ostida qolgan Rossiya bozoriga kirish uchun imkoniyatlarni kengaytirgan.

Ammo urush va unga bog‘liq sanksiyalar inflyatsiya va iqtisodiy mavhumlikni ham oshirdi, shu bilan birga, “biznes ham bu ko‘tarilgan ish haqini to‘lashni xohlamaydi yoki bunga qodir emas”, dedi Akeneyev “Ozodlik» bilan suhbatda.

Ukrainada urush boshlanganidan beri «Ozodlik» radiosi qirg‘iz xizmati tomonidan keng yoritilgan kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilar faoliyati ham shu toifaga kirishi mumkin.

Rossiya rubli qiymati 2022-yil birinchi yarmida bosqindan oldingi qiymatidan oshdi, ana shunda Qirg‘iziston tikuvchilik fabrikalari o‘zining eng muhim xaridorining yuqori talabini qondirish uchun ishchi kuchi yetishmasligiga duchor bo‘ldi.

Ammo rubl chet el valyutalariga, jumladan, qirg‘iz so‘miga nisbatan yana pasaygach, rossiyalik xaridorlar uchun qirg‘iz kiyimlari qimmatlashdi.

Natijada ular xarajatlarni kamaytirish uchun uzoq mamlakatlardan arzonroq ishchi kuchi qidira boshladi.

Mehnat muhojirlarini tobora o‘ziga jalb etayotgan yana bir soha o‘sib borayotgan qurilish sanoati bo‘lib, qo‘shni O‘zbekistondan kelgan muhojirlar bu sektorda Janubiy Osiyodan kelgan muhojirlardan ko‘p.

«Xaotik» siyosat, korrupsiya va amaldagi qullik

Shu oy boshida, 17-18-maydagi tartibsizliklardan oldin Mehnat departamenti rasmiylari xorijlik ishchilar uchun kvotalar kutilganidan ko‘ra ko‘proq xorijliklar oqimi tufayli vaqtincha to‘xtatilganini aytdi.

Albatta, rasmiy mehnat kvotalari tanganing bir tomoni.

Qirg‘izistondagi 60 000 ga yaqin chet ellik talabalarning 24 000 dan ortig‘i Hindiston va Pokistondan bo‘lib, ularning aksariyati tibbiyot yo‘nalishida tahsil oladi.

Uzoq vaqtdan beri ahvol shu: Qirg‘izistonda tibbiy ta’lim ancha arzon va ko‘p sonli talabalar Qirg‘izistonning ikkinchi yirik shahri O‘sh va Bishkekdan bir soatlik masofada joylashgan Kant kabi shaharlarga muhim iqtisodiy foyda keltiradi.

Boshqa joylarda bo‘lgani singari bu yerda ham ba’zi talabalar o‘qishga pul topish uchun ish qidiradi – Mehnat vazirligi esa talabalik vizasi bunga ruxsat bermasligini aytadi.

Aprel oyida Bishkek shahar politsiyasi “xorijiy talabalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari ko‘payishi, shuningdek, ular ishtirokidagi jinoyatlar oldini olish va fosh etish maqsadida” kuryer bo‘lib ishlagan 400 nafar xorijlik talaba hibsga olinganini ma’lum qilgan edi.

16-may kuni Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi 28 nafar Pokiston fuqarosini vizasi muddati tugaganidan so‘ng Bishkekdagi tikuvchilik sexida “noqonuniy ishlagani” uchun qo‘lga oldi.

Ammo joriy yil boshi va o‘tgan yil bunday bayonotlar kamroq edi.

«Adolat» notijorat yuridik klinikasi rahbari, migratsiya bo‘yicha sobiq yuqori lavozimli amaldor Cho‘lpon Jakupovaning aytishicha, migratsiya siyosatida «tartib yo‘q».

"Oxirgi ikki yil ichida xorijlik ishchilar soni ortishi juda yaqqol ko‘zga tashlandi. Menimcha, mansabdor shaxslarning shaxsiy manfaati aralashmasa bunday bo‘lmasdi. Ya’ni, korrupsiya", deydi Jakupova.

Qirg‘izistonda odam savdosi ham katta biznes.

Shu oy boshida «Ozodlik» radiosi qirg‘iz xizmati o‘tkazgan suhbatlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab janubiy osiyoliklar Qirg‘izistonga odatiy vizalar bilan olib kelingan, ammo ish vizasi berish haqidagi va’dalar bajarilmagan.

“Shuning uchun ular bir ustaxonadan ikkinchisiga ko‘chib, maosh olmasdan, qullikka tushib qolganini aytishadi, ko‘pchiligining pasporti olib qo‘yilgan, qo‘lidan hech narsa kelmaydi”, deydi Nurislom Qambarov. Uning kompaniyasi Bangladesh va Qirg‘iziston o‘rtasida migratsiyaga ko‘mak berish bilan shug‘ullanadi.

Misol tariqasida Qambarov Bishkekdagi bir manzilda 40 ga yaqin Bangladeshlik tor sharoitda yashayotganini aniqlaganini aytdi.

“Ularni bu yerga bangladeshlik vatandoshlari olib ketgan va tashlab ketgan, men ularning 25-30 nafariga viza olib berdim, buning uchun ular O‘zbekistonga chiqib kelishlari kerak edi”, deydi tadbirkor.

Бишкекда оломон хорижликларга ҳужум қилди - ўнлаб одам яраланган, 4 киши ҳибсда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:48 0:00

“Milliy-vatanparvarlik nutqlari” muhojirlarga qarshi kayfiyatni kuchaytirmoqda

Odatda munosib ish topish qiyin bo‘lgan mehnat bozoridagi keskin vaziyat “milliy-vatanparvarlik nutqlari” tufayli yanada kuchayadi, dedi Jakupova.

O‘tgan haftadagi inqiroz paytida bu juda ko‘p kuzatilgan, aftidan, hukumat boshidanoq bu inqirozning oldini ololmagan.

12-maydan 13-mayga o‘tar kechasi Misr fuqarolari va qirg‘izlar o‘rtasidagi mushtlashuv bo‘lgan. Politsiya dastlab voqea haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Faqat hibsga olingan misrliklarning qirg‘iz xalqidan uzr so‘ragani tasvirlangan videoni chiqargan. Video 17-may kuni internetda tarqala boshlagan.

18-may kuni pokistonlik talabalar yashaydigan yotoqxonalarga qilingan hujumdan so‘ng Ichki ishlar vazirligi qirg‘iz yigitni kaltaklagan misrliklar aslida o‘z yotoqxonasini u va yana uch hujumchidan himoya qilganini ko‘rsatadigan to‘liq xronologiyani e’lon qildi.

Ushbu gumondorlar allaqachon hibsga olingan bo‘lsa ham (to‘rt Misr fuqarosi uy qamog‘ida), oradan besh kun o‘tib pokistonliklar yotoqxonasiga hujum qilib ularni kaltaklagan qirg‘izlar haqida juda kam xabarlar bor.

21-may kuni politsiyaning xabar berishicha, xorijlikka hujum qilishda gumon qilingan bir fuqaroni qo‘lga olingan, biroq hodisa yotoqxonalardan bir necha kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan ko‘rinadi.

Bundan farqli o‘laroq, 21-may kuni Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan olti pokistonlik qo‘lga olingani haqida xabar berildi.

Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan pokistonlik talabalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri uzr so‘ragan yagona rasmiy bosh vazir o‘rinbosari Edil Baysalov bo‘ldi, u eng ko‘p zarar ko‘rgan Qirg‘iziston xalqaro universiteti yotoqxonasiga bordi.

U yerda Baysalov yotoqxonaga hujum qilganlarni "ochiq qamoqqa olish"ga chaqirdi.

“Ular nafaqat eshiklarni, balki hojatxonaga olib boruvchi xonalarni ham buzib kirishgan. Qizlar u yerga yashiringan ekan... Pul, gadjet va taqinchoqlarni olib ketishgan”.

Prezident Sadir Japarov 20-maygacha sukut saqladi, u o‘z veb-saytida e’lon qilingan murojaatida “vatanparvar yoshlarimizning chet el fuqarolarining noqonuniy migratsiyasini to‘xtatish va bunday holatlarga yo‘l qo‘yayotganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishni talab qilishini to‘g‘ri", deb atadi.

Biroq Japarov buni qamoqqa olingan siyosiy raqiblar tomonidan muvofiqlashtirilgan «provokatsiya» natijasi deb atadi va chet ellik talabalar o‘z yotoqxonalarida hujumga uchragani haqidagi dalillarni e’tiborsiz qoldirdi.

“Agar [yotoqxonalarda] o‘g‘rilik, politsiyaga hujum yoki talabalarga hujum bo‘lsa, biz qattiq chora ko‘rar edik. Yaxshiyamki, bunday bo‘lmadi”, dedi u o‘z fuqarolarini ksenofobiyadan ogohlantirishdan oldin.

“1 milliondan ortiq xalqimiz xorijda mehnat qilib, o‘qimoqda. Shu singari bu yerga ham ishlash va o‘qish uchun kelishmoqda, bundan xursand bo‘lishimiz kerak”, degan prezident.

XS
SM
MD
LG