Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:48

O‘zbekistonda davlat korxonalari ish haqini bir necha oylab kechiktirmoqda​


Davlatga qarashli Ammofos-Maksam korxonasida oyliklar kechikayotgani haqida Ozodlik avval ham yozgan.
Davlatga qarashli Ammofos-Maksam korxonasida oyliklar kechikayotgani haqida Ozodlik avval ham yozgan.

O‘zbekistonda davlatga qarashli korxonalarda maoshlarning bir necha oylab kechikishi surunkali tus olmoqda. Ozodlikka Jizzax va Olmaliqdagi ikkita korxona ishchilaridan kelgan maktubda ikki oydan beri maosh berilmayotgani haqida aytiladi. Shu bilan birga Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidan maktub yo‘llagan o‘qituvchi ham ish haqini ololmayotganidan shikoyat qildi. Byudjet tashkilotlarida maoshlarning kechikishi iqtisodda naqd pul taqchilligi yuzaga kelgani bilan izohlanmoqda.

Ozodlikka 15 iyun kuni kelgan maktublardan biri ostiga yana Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi “Ammofos-Maksam” korxonasi ishchilari qo‘l qo‘ygan.

Maktub mualliflari iyunь oyining ikkinchi yarmi boshlanganiga qaramasdan aprelь uchun maoshlari to‘liq to‘lab bo‘linmaganidan shikoyat qilishdi.

“Yana oylik masalasida Ozodlikka murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. Olmaliq shahridagi Ammofos-Maksam zavodida ishlaymiz. Mana bugun 15 iyun, lekin aprelь oyligi to‘liq berilmadi. Hali 8, hali 12, hali 6 foizdan bo‘lib-bo‘lib beryapti. O‘shani ham plastik kartochkaga. Naqd pul olganimizniku eslay olmaymiz”, deb yozadi Olmaliqdagi kimyo zavodi ishchilari.

Ўзбекистонда давлат корхоналари иш ҳақини бир неча ойлаб кечиктирмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00
Бевосита линк

Ammofos-Maksam korxonasi ishchilari maoshlar bir necha oylab kechikayotgani to‘g‘risida Ozodlikka shu yilning mart oyida ham yozishgan edi. O‘tgan safar ham 3200 ishchisi bor kimyo zavodida maoshlar ikki oyga kechikayotgani haqida Ozodlik xabar qilgan edi.

Ulushining 51 foizi O‘zbekiston hukumatiga, 49 foizi Ispaniya sarmoyadorlariga tegishli kimyo zavodining shaxsi sir qolishini istagan mulozimi Ozodlik bilan suhbatda shu kunda korxonaning ish haqiga oid qarzdorligi qariyb 3 milliard so‘mni tashkil qilishini tasdiqladi.

“Aprel oyidan 800 million so‘mdan ortiqroq qarzdorlik bor. Aperlning bir qismini yopdik, may oyi uchun maoshlarni to‘lash jarayoni boshlangani yo‘q. May oyiniki 2 milliard so‘mga yaqin. Hammasini qo‘shib sanaydigan bo‘lsak 3 milliard so‘mga yaqin qarzdorlik bor”, dedi Ammofos-Maksam korxonasi mutasaddisi.

Uning aytishicha, ish haqi kechikishiga korxonada ayrim mahsluotlar ishlab chiqrailishi to‘xtagani, banklar tomonidan kerdit berilmayotgani hamda mahsulotlar ekportida qiyinchiliklar yuzaga kelgani sabab bo‘lmoqda.

15 iyun kuni Ozodlikka Jizzaxdagi “Jizzakh Avantage Plus” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ishchilari ham maktub yo‘llab bir necha oydan beri ish haqi berilmayotganini bildirishdi.

Tsement xom ashyosidan qurilish uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mutasaddilari 200ga yaqin ishchiga aprel oy uchun ish haqi berilmaganini tasdiqlashdi.

Ayni paytda, o‘zini Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 44-maktab o‘qituvchisi, deb tanrishtirgan mushtariyning Ozodlikka yozishicha, “maktab ma‘muriyati may oyi uchun maoshni berishni paysalga solmoqda”. O‘qituvchiga ko‘ra, maktab rahbariyati ish haqini to‘lash uchun shart o‘laroq har bir o‘qituvchidan o‘z mahallasidagi pensionerlardan nafaqasining 50 foizini plastik kartochkaga tushirilishiga rozilik xati olib kelishni buyurgan. Bag‘dod tumanidagi 44-maktab ma‘muriyatidan bu borada izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekistonda davlat byudjeti hisobidan moliyalanadigan tashkilot va korxornalarda ish haqining bir necha oylab kechikishi surunkali tus olmoqda. Mustaqil iqtisodchilar bu holatni mamlakat iqtisodida jiddiy qiyinchiliklar, xususan naqd pul taqchilligi yuzaga kelgani bilan izohlamoqda.

O‘tgan oyda Ozodlikka sizdirilgan O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosarining Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan hisobotda mamlakat iqtisodida vujudga kelgan naqd pul taqchilligi bois banklarning oylik va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni vaqtida berish uchun naqd pul qolmagani to‘g‘risida ogohlantirilgan edi.

XS
SM
MD
LG