Амударё туманида 30 минг киши пахта теримига чиқарилди
Twitter: Гербимизда Ҳумо қушининг ўзи қолсин!
Telegram: Чирчиқда ўқувчиларнинг ота-оналаридан пахта учун пул йиғилмоқда
"Chirchiq shahrining XX-maktabida o‘qo‘vchilardan va ota-onalaridan fondga, obunaga, maktab pardasi, kraska, gruppaga, metallalomga, va paxtaga deb pul talab qilmoqda. Agar ota-onalari bermasa bolasini maktabdan olib ketsin degan maktab direktori N. Ozodlik shu xaqida maqola yozsangiz".
Озодлик бу мурожаат тафсилотларини ҳам ўрганишга уринмоқда.
Янгиликларни Озоддликда кузатинг!
WhatsApp: 18 ёшга тўлмаган ўқувчилар ҳам далага чиқариляпти
Ижтимоий тармоқлар орқали Озодликка ёзаётган теримчилар сафларида 18 ёшга тўлмаган коллеж ва лицей ўқувчиларb борлиги ҳақида мактублар йўлламоқда.
Ана шундай мактублардан бири ўзини Олмалиқ туманидаги лицейлардан бирининг ўқувчиси Т.У. (исми сир сақланмоқда - таҳр), деб тақдим қилган боладан келди.
Қуйида бу ўқувчи Озодликка йўллаган мактуб таҳрирсиз чоп этилмоқда:
"Yoshim 17da yashirmayman sizlarga ishonaman familiya ismim:T... U... Olmaliq shahar X-sonli ak.litseyda oqiyman hozir paxtadaman. Meni majburan olib ketishdi yoshim hali yetmasada. Unisi ham mayli mendan tashqari bu yerda 98-99yil tugilgan uquvchilar bor
Paxtadan qolish maqsadida pul betmoqchi edik narxi 650 000ming bu pulga 5oy repetitorga borish mumkin.
Mana shu pulni eshitishim buyicha 90-98uquvchi tulagan 80% izi ruslar. ammo direktorimiz 50 nafar quqonlik hasharchini 375 -400 000ming dan gaplashgan. qolgan pulchi?
Ovqatlarini hatto uydagi it ham ichmaydi. Har kuni mastava makaron. Uquvchilar kazarmada yotishmaydi pul tulab bir oyga 50 000 tulashib xonadonda turishadi.
80kg dan oshirganlarga pul berisharmish qolganlarga esa yuq.50kg ovqatga 10kg suvga bu nima degani a? Yoshim tulmaganku desam unda diplom yuq ekan. ana haqiqat ana uzbekiston
Paxtani chetga dollarlarda sotishadi lekin terishga kelganda majburlashadi
Qachongacha?????
Sssr davrida paxtakorlar bunday sharoitdan 10barobar yaxshi sharoitda terishgan emish kattalardan shuni eshitasiZ. Direktorimizning akalari ... vil nachalnik SNB ekan shu bois undan qurqishadi Mana qarang paxta bahona bitta amaldorning chontagi pulga tuladi biz kabilar esa majburiy mehnatda ayni uqiyman degan onda ishlaymiz. Shular Adolatmi???? Bizga menga kim yordam bera oladi? Prokurormi, hokimmi yoki boahqasimi Paxtaning menga yoki dostlarimga qanday foydasi bor aaaa?
Kecha paxtadan obedda kelib qolsam ... aka isimli kattamiz hozir kemasang ertaga paxtaning ichida chiqarmay uraman deydi u kim meni uradi? Nima men qulmanmi ?Eksplutatsiya deganlari shudirda Ertalabki lineykada kam terganlarni tepishadi nima ular esjakmi?
Prokraturadan kelib qolishsa hammamiz 18 yoshdamiz denglar deyishadi nimaga , nima uchun faqat majburlov Nega ular katta inson uqituvchilar bula turib bizni yolgonga urgatishadi"
P.S: Озодлик бу ўқувчи билан боғланди, аммо у интервью бериш ва номини ошкор қилишдан чўчиди.