Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:39

OzodMikrofon: Men nega prezident aytganday tadbirkor bo‘lolmayapman?


Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashaydigan Dilshod Sharipov ukasi bilan o‘ttizga yaqin biznes-reja tuzib tuman hokimiga murojaat qilgani, ammo uning tadbirkorlik qilish tashabbusi qo‘llab quvvatlanmaganligidan Ozodlikka arz qildi. Dilshodning aytishicha, u ukalari bilan chorvachilik, parrandachilik va boshqa xil tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish uchun bankdan kredit ololmagan.

Sariosiyolik Dilshod Sharipovning aytishicha, ukasi Mehroj o‘qiydigan Agrosanoat kolleji rahbariyati bitiruvchi talabalarga biznes rejalar tuzib kelish va bank bu rejalarni ma’qullasa 5 milliondan 150 million so‘mgacha kredit berishga va’da berganini aytgan.

“Ukam kollejdan go‘yoki uchib keldi, “aka, biznes reja tuzsam, bizga bank kredit berar ekan”, dedi. Biz birga o‘ttizga yaqin biznes-reja tuzdik. Keyin bank xodimlari, hokimlik mulozimlari kelishdi. Ular bizni yozib olishdi biznes rejalarimizni ko‘rishdi, ma’qullashdi va ertaga kelamiz, deb ketishdi. Shu bilan boshqa qoralarini ham ko‘rmadik. Prezidentimiz tadbirkorlikni rivojlantiramiz, kreditlar beramiz, deb aytgan gaplarini mahalliy hokimlar inobatga olmayapti. Shunchaki nomiga ro‘yxat qilib yurishibdi”, dedi Dilshod Sharipov.

Dilshod Sharipov va ukalarining nega tadbirkor bo‘lolmayotgani sabablarini quyida tinglang:

OzodMikrofon: Мен нега президент айтгандай тадбиркор бўлолмаяпман?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:17 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG