Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:28

O‘zbek muhojiri: "Rossiyaliklardan ko‘proq ishlaymiz, kamroq oylik olamiz" (VIDEO)


Illyustratsiya
Illyustratsiya

Rossiyaning Vladimir oblast, Stavrovo posyolkasidagi avtotraktor jihozlari zavodi​ ishlayotgan o‘zbekistonliklar mahalliylarga nisbatan kam ish haqi olayotgani, belgilangan muddatdan ko‘proq majburlab ishlatilayotganidan arz qildi.

Zavod ma’muriyati vakili o‘zbekistonlik ishchilar shikoyati yuzasidan Ozodlik savolini eshitgach, biroz turib javob berishni va’da qildi, biroq keyin telefonni ko‘tarmadi.

Ozodlikning Moskvadagi tahririyatiga Vladimir oblast, Sobinskiy tumanidan Telegram tarmog‘i orqali ulangan farg‘onalik Dostonbek (ismi o‘zgartirilgan) o‘zi ishlayotgan zavodda mehnat muhojirlariga, xususan o‘zbekistonlik ishchilarga rahbariyatning munosabati yomon ekanligidan shikoyat qildi.

Rossiyaga birinchi marotaba kelib, bu yerdagi ish sharoitlari yo‘qligidan gapirgan bu yosh yigit, undan kattaroq yoshdagi yurtdoshlarining bunday sharoitlarga chidab kelayotganidan hayratda ekanini aytadi.

Suhbatdosh zavodda mebel jihozlarini ishlab chiqarayotgan o‘zbekistonliklar mahalliylarga nisbatan ancha kam haq olishi va normadan ortiq vaqt ishlatilmoqda, deydi.

- Masterlarimiz ishdan tashqari ishlatishayapti. 12 soatlik – 8-dan 8 gacha - ish kunimiz bo‘lsa, 11-largacha ham ishlatayapti majburan. “Qornimiz ochdi – ketamiz!”, desak, “Planni bajarishimiz kerak, bajarmasak bo‘lmaydi”, deb tahdidlarni qilib, ishlatishayapti. Keyin, oyligimiz ham ishimizga yarasha chiqmayapti. Dokumentlarimiz joyida, patentlarni to‘layapmiz. Ammo bir xil ish uchun har xil oylik tayinlayapti. Eng balandi – 23 ming rubl oylik chiqdi shu 12-15 soatlik ishimiz uchun. Qanday hisoblashayapti, bilmadim. Ruslar, masalan, shanba-yakshanba dam oladi – biz ishlaymiz, ular soat 5 gacha ishlaydi – biz kechgacha. Russkiylar haqini talab qiladi va o‘zni bilganini qilib yashaydi. Bizni bozor kuni ham ishga chaqiradi – ishlaymiz. Zakaz ko‘paysa – ruslar 12 dan 13 gacha obed qiladi. Bizga “Yarim soat obed qilasan!”, deydi, dedi Dostonbek.

"Бизни Россияда 14-15 соатлаб мажбуран ишлатади"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:28 0:00

Asli farg‘onalik ekani, yoshi 20 da ekanini gapirgan o‘zbek muhojiri matras ishlab chiqaruvchi sexda o‘tgan yilning oktabrdan buyon ishlab kelayotgani, birinchi oyga 17 ming rubl oylik maosh olganini bildirdi.

U o‘zbek migrantlari patent, yotoqxona va oziq-ovqatga o‘z yonidan to‘lashi, berilayotgan maosh bazo‘r tirikchilik o‘tkazishga etayotganini gapiradi. “Ko‘pchilik bu yerda qishlayapti, xolos”, deya davom etadi vodiylik yigit:

- Qish kunida ilojsizlikdan ishlab turibmiz. Tashqariga chiqib ishlashga qo‘limizdan hech narsa kelmaydi – tashqarida ishlaymiz desak, ish yo‘q. Rossiyaga birinchi marotaba keldim, mana 3 oy bo‘ldi. Bu yerda taxminan 200 ga yaqin o‘zbek ishlaydi. O‘zimdan orttirib uyga 100 dollar jo‘nata oldim. Bugun tishimni oldirib keldim o‘zim hisobimga, bergan straxovkasi o‘tmas ekan. Qolganlar ham norozi sharoitlardan, ammo qo‘rqayapti - “Qishning kunida haydavorishi mumkin”, deyapti. Ko‘pchilik bu yerda qishlayapti –hamma bahor kelishini kutayapti, tashqariga chiqib ishlashini, dedi Dostonbek.

Dostonbekning o‘tgan noyabr oyiga ATOda berilgan maoshi
Dostonbekning o‘tgan noyabr oyiga ATOda berilgan maoshi

Ma’lum bo‘lishicha, Vladimir oblast, Sobinskiy tumanidagi StATO – Stavrovo avtotraktor jihozlari zavodi Rossiyaning VAZ, KAMAZ, PAZ, GAZ hamda Ukraina va Belarusning ko‘plab avtozavodlariga ehtiyot qismlarni etkazib berishga mo‘ljallangan yirik korxona. 2016 yilda 70 yoshga to‘lgan bu eski zavodda Stavrovo posyolkasi aholisining asosiy qismi ishlab keladi.

Ozodlik o‘zbek muhojirlarining yuqorida zikr etilgan ish sharoitlari borasida zavod ma’muriyatiga murojaat qildi.

Savolni tinglagan “Stavrovskiy zavod ATO” bosh direktori muovini Anatoliy Shevtsov birozdan keyin qo‘ng‘iroq qilishni so‘rab, muxbirlarimiz qo‘ng‘iroqlariga boshqa javob bermay qo‘ydi.

Достонбек: Кўпчилик бу заводда "қишлаяпти"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:12 0:00
Бевосита линк

Dostonbek oilada uch o‘g‘ildan kichigi ekani, otasi nogiron, onasi bozorda sut-qatiq sotib tirikchilik qilayotgani va ota-onaga yordam qilish uchun Rossiyaga kelib ishlashga majbur ekani ma’lum bo‘ldi.

Janubiy Koreya kabi horij mamlakatlarida o‘qishga havas qilayotganini aytgan Dostonbek hozirda Vladimir viloyatidagi shu yarim tashlandiq zavodda kun kechirishga majbur bo‘lyapman, deydi.

- Onamga-dadamga rahmim kelib, iloj yo‘qligidan kelib ishlayapman, oilaga foydam tegsin, deb. Maqsadim bor – Koreyada o‘qish. Odamlarga o‘xshab o‘qigim keladi, havasim keladi. Lekin kontrakti, sharoiti taqozo etmaydi. Xudoni amri bilan qishlayapmiz shu yerda, shunga ham shukur, dedi farg‘onalik Dostonbek.

Eslatish joyizki, 2017 yilning 29 noyabrida Rossiya parlamentining yuqori palatasi - Federatsiya Kengashi Rossiya va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida O‘zbekiston vatandoshlarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yollash va jalb etish to‘g‘risidagi Kelishuvni ratifikatsiya qildi.

Ushbu kelishuv Moskvada 2017 yilning 5 aprel kuni Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin o‘rtasida imzolangandi.

XS
SM
MD
LG