Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:53

Moskva. Yakimanka okrugi deputatlari Karimovga haykal o‘rnatilishiga qarshi chiqdi (VIDEO)


Toshkentdagi Islom Karimov ko‘chasi
Toshkentdagi Islom Karimov ko‘chasi

Moskvaning Yakimanka munitsipal okrugi Deputatlar kengashi O‘zbekiston konsulligi yonida barpo etilgan xiyobonda Islom Karimov haykali o‘rnatish masalasini referendum yordamida hal qilmoqchi.

25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda deputatlar mahalliy aholidan juda ko‘p norozilik xatlari kelib tushayotgani, Internetda yodgorlik o‘rnatilishiga qarshi ko‘pming kishilik petitsiya hozirlanganini bildirishdi.

Ozodlik bilan suhbatda Yakimanka okrugi rahbari Andrey Morev ularning bu tashabbusi Moskva meriyasi rahbariyatiga yoqmasligi mumkinligini gapirdi.

Rossiya poytaxtining markaziy Yakimanka okrugi deputatlari Rossiya prezidenti saylovi o‘tadigan kunda (2018, 18 mart) Islom Karimovga haykal o‘rnatish masalasini ham okrug saylovchilari ovoziga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yakimanka munitsipal okrugi boshlig‘i Andrey Morev u boshqarayotgan 10 nafar deputat (9 nafari “Yabloko”, 1 nafari – “Yedinaya Rossiya” partiyasidan) referendum o‘tkazish tashabbusi bilan Moskva shahar meri Sergey Sobyanin, Moskva shahar Dumasi va shahar Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilganini Ozodlikka so‘zlab berdi.

- 2016 yilda Moskva shahar Dumasi Karimovga yodgorlik o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Uning qizi Lola murojaat qilgan ekan. Bu masala imi-jimida muhokama qilinibdi, hech kim u haqda eshitmabdi. O‘tgan yil yozda skverda qurilish ishlari boshlanib ketdi, daraxtlarni kesib tashlashdi. So‘rab-so‘rab mavzemizda haykal o‘rnatilishini eshitib qolgan ko‘plab odamlar bunga qarshi chiqdi,- dedi Andrey Morev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, masalaning ikki jihati bor. Birinchisi, u yerda doimo fontan bo‘lgan, hech qanaqa xiyobon va haykallar bo‘lmagan - landshaft nuqtai nazaridan uning keragi ham yo‘q; ikkinchidan, shahar aholisida bu siyosatchiga nisbatan e’tirozli munosabat mavjud.

- Biz odamlar talablari asosida hukumatga, meriyaga, Dumaga yodgorlik o‘rnatilishini to‘xtatish talabi bitilgan bir qancha nomalar yozdik. Dekabrm oxirlarida biz meriya o‘z qarorini bekor qilmasligi to‘g‘risida javob oldik va bu masalani referendumga ko‘tarib chiqishga qaror qildik,- dedi okrug boshlig‘i Andrey Morev.

(Yakimanka okrugi rahbari Andrey Morevning referendum borasidagi nutqi)

Okrug rahbari ayni paytda Internetda bir guruh LDPR millatchilari tashabbusi bilan “O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga Moskvada yodgorlik o‘rnatilishiga qarshi” petitsiya yig‘ish ham davom etayotganini eslatdi.

Hozirga kelib Change.org saytidagi bu nomani 7 mingdan ziyod odam imzolaganini ko‘rish mumkin.

Mazkur chaqiriq matnida Karimovning asosiy kamchiliklari uning "ruslarga qarshi siyosat olib borgani", lotin grafikasini kiritgani, desovetizatsiya va Ulug‘ Vatan urushiga bag‘ishlab qurilgan memoriallarni vayron qilishdan iborat ekani ta’kidlangan.

Turkmanlar xorijliklardan birinchi bo‘lib I.Karimovga haykal o‘rnatgan
Turkmanlar xorijliklardan birinchi bo‘lib I.Karimovga haykal o‘rnatgan

Yakimanka okrugi rahbari Andrey Morev maishiy va obodonlashtirish masalalari mahalliy aholi roziligi bilan amalga oshirilishi kerakligini bildirdi.

U bir guruh deputatlar bilan birga Islom Karimovga haykal o‘rnatilishi kabi boshqa masalalarni ham 18 mart kuni bo‘lajak prezident saylovlari kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi. “Biroq shahar hokimiyati bunga qarshilik qilishi turgan gap”, deya davom etadi deputat:

- Hokimiyatdan rad javobini olib, biz bunday masalalarga xalqning o‘zi ovoz bersin, degan qarorga keldik. Karimovga yodgorlik o‘rnatilishi tarafdorlari ham bo‘lishi mumkinku?! Endi, eng asosiysi – qarorimiz Mosgorduma va Saylov komissiyasi tasdig‘idan o‘tishi kerak. Bungacha Rossiya tarixida birorta mahalliy masala umumxalq referendumiga qo‘yilmagan. Shu bahonada biz Karimovga tegishli ikkita savoldan tashqari yana oltita boshqa maishiy masalalarni ham xalq muhokamasiga qo‘yamiz, dedi Andrey Morev.

Okrug boshlig‘i referendum 18 mart - prezident saylovi kuni bo‘lib o‘tishi va unda faqat Yakimanka okrugi saylovchilari ishtirok etishi qo‘shimcha qildi.

Андрей Морев: И.Каримовга ҳайкал ўрнатилиши масаласини ҳалқнинг ўзи ҳал қилсин!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:12 0:00
Бевосита линк

2016 yilning 1 noyabrida, Moskva hokimi Sergey Sobyanin poytaxtning Yakimanka okrugida joylashgan O‘zbekiston Mehmonlar uyi yaqinidagi xiyobonga Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilgan edi.

Qarorga binoan, Islom Karimov yodgorligi Rossiya poytaxtida 2019 yilning 31 dekabrigacha o‘rnatilishi lozim.

2017 yilning 7 mart kuni Turkmanistonning Turkmanobod shahrida Islom Karimovning xorijdagi ilk byusti ochilgan edi.

XS
SM
MD
LG