Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:40

Mordoviyada homilador ayolini bo‘g‘ib o‘ldirganlikda gumonlanayotgan o‘zbek muhojiri hibsga olindi


Rossiyaning Mordoviya respublikasi poytaxtida o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik 24 yashar shaxs hibsga olindi. Mahkamada homilador ayolni o‘ldirganlik aybi isbotini topsa, o‘zbek muhojiriga 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

2018 yilning 20 fevral kuni Saransk shahrining Luxovka mavzesidagi ijaraga olingan kvartirada yashovchi o‘zbekistonlik muhojir yigit va uning 26 yoshli rafiqasi o‘rtasida boshlangan maishiy janjal fojiali yakunlandi.

Mordoviya Tergov qo‘mitasi rasmiysi, adliya podpolkovnigi Natalya Afanasyevaning Ozodlikka bildirishicha¸ jazavaga tushgan mehnat muhojiri xotinini bo‘ynidagi ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan:

- Dastlabki taxminimizcha, janjal maishiy sabablarga ko‘ra kelib chiqqan. U hibsga olindi. Hodisa joyiga kelgan tergovchilar o‘lgan ayolning 7 oylik homilasi bo‘lganini aniqladi. Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, dedi Natalya Afanasyeva.

Tergov rasmiysi jinoyatni sodir etgan muhojirning mahalliy politsiya bo‘limiga kelib¸ jinoyatiga iqror bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Luxovka mavzesidagi qotillik sodir bo‘lgan kvartira, aniqlanishicha, o‘ldirilgan 26 yashar ayolning yaqinlari tomonidan ijaraga olingan.

Saranskdagi ayrim o‘zbek muhojirlari Ozodlikka qotillikda ayblanayotgan yigitning mardikorlik qilib kun kechirib kelganini bildirdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Oktabrskiy tumanlararo tergov bo‘limi mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105- moddasi 2-qismi “g” bandi, ya’ni “homilasi borligi ayon bo‘lgan ayolni o‘ldirish” asosida jinoyat ishi ochdi.

Tergovchilarga ko‘ra¸ mahkamada Chorievning aybi o‘z isbotini topsa, u 20 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin.

XS
SM
MD
LG