Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:38

Peterburgda o‘zbek haydovchisi "mashinani sekin haydagani uchun" urib o‘ldirildi (VIDEO)


Tergovchilarga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik 50 yashar Qahhorov reanimatsiyada jon bergan.
Tergovchilarga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik 50 yashar Qahhorov reanimatsiyada jon bergan.

Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklab o‘ldirdi. Qotillik sodir etilganlikda gumonlanib 19 yashar rossiyalik hibsga olindi. Avtopark rahbariyati 49 yashar haydovchi Habibullo Qahhorovning jasadi 27 fevral kuni O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.

21 fevral kechqurun Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tumanidan o‘tuvchi Lenin prospekti bo‘ylab ketayotgan 449-raqamli marshrut taksi haydovchisiga 19 yashar shaxs hujum qildi.

26-shahar shifoxonasiga olib kelingan mehnat muhojiri 22 fevralga o‘tar kechasi olingan jarohatlar oqibatida jon berdi.

“Tretiy park” korxonasi rahbari muovini Yuriy Sergeevich Ozodlik bilan suhbatda 50 yashar o‘zbek muhojiri shaxsini ochiqladi:

- Uning ismi Qahhorov Habibullo Normurotovich. 2014 yildan bizda ishlab kelardi. O‘z ishining ustasi va halol mehnat qiluvchi inson edi. Kim shunday bo‘ladi, deb o‘ylabdi? Bu mutlaqo fojiali va aqlga sig‘mas hodisa! Uni O‘zbekistonga jo‘natishga barcha hujjatlarni tayyorlab, barcha xarajatlarni to‘lab berdik. Habibulloning yurtdoshlari juda katta yordam berishdi. Bilishimcha, bugun, 27 fevral kuni soat 16:00 da jasad O‘zbekistonga yuborildi, dedi marhum Habibullo Qahhorov oila-a’zolariga avtopark rahbariyati nomidan chuqur hamdardligini izhor etgan Yuriy Sergeevich.

Peterburg shahar Tergov qo‘mitasi rasmiysi o‘zbek muhojirining qo‘l va oyoq bilan berilgan zarbalardan boshi yorilib¸ ko‘p qon yo‘qotish oqibatida o‘lgani va hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilganini bildirdi.

Error rendering VK.

Hodisaga guvoh bo‘lgan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining “Transportniy KOLLAPS, Krasnoe Selo” jamiyati a’zolari:

"Maydonimizda to‘xtagan 449-marshrutkadan ikki odam chiqdi. Ulardan biri haydovchi edi. Yuzaga kelgan janjal oqibatida yo‘lovchi haydovchiga jiddiy jarohat yetkazdi, u ko‘p qon yo‘qotdi. Nima qilib qo‘yganini ko‘rgan yo‘lovchi kapyushonini boshiga kiyib, qochib qoldi”¸ deb yozdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan nazorat kamerasidan olingan videotasvirda o‘z joyiga qaytayotgan Habibulloni uning raqibi orqasidan kelib yiqitgani va tepib, behush holatga keltirganini ko‘rish mumkin.

("Transportniy KOLLAPS, Krasnoe Selo" sahifasi videosi)

Videoda o‘zbek muhojiriga nizbatan zo‘ravonlikka avtobus ichkarisida o‘tirgan yo‘lovchilar va trassadan o‘tayotgan o‘nlab boshqa haydovchi guvoh bo‘lgani, ammo birov bu zo‘rlikni to‘xtatishga urinmaganini ham ko‘rish mumkin.

Rasmiylarga ko‘ra¸ Peterburg Tergov qo‘mitasi Rossiya Jinoyat Kodeksining 111-moddasi 4-qismi (“O‘limga olib kelgan og‘ir tan jarohati yetkazish”) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atgan va voqeadan ikki kun o‘tar-o‘tmas politsiya Krasnoe Seloda yashovchi 19 yashar shaxsni qotillikda gumonlab hibsga olgan.

Gumonlanuvchi tergov davomida o‘z aybiga iqror bo‘lgan va o‘zbek haydovchisini marshrut taksini sekin haydagani uchun kaltaklaganini aytgan.

Peterburgda o‘ldirilgan Habibullo Qahhorovning¸ aytilishicha¸ O‘zbekistonda ikki farzandi yetim qolgan: bundan birmuncha vaqt oldin muhojirning xotini kasallikdan vafot etgani ma’lum.

Mehnat muhojirlari soni bo‘yicha Rossiyada birinchilikda qolayotgan o‘zbek migrantlariga milliy nafrat asosida sodir etilayotgan jinoyatlar aniq soni jamoatchilikka ma’lum emas.

13 oktabr kuni Podmoskovyeda o‘zbekistonlik 24 yashar sartarosh Doston Adexanov sochi yomon olinganini iddao qilgan mijoz tomonidan yuragiga uch marta o‘tkir tig‘ suqib¸ o‘ldirilgan edi.

2017 yilning 19 oktabrida Sankt-Peterburgning “Karusel” gipermarketida qo‘riqchilik qilayotgan urganchlik 37 yoshli Ixtiyor Xudoynazarov magazindan buyum o‘g‘irlayotgan mijozi tomonidan gipermarket ichida otib ketilgani videoga tushgandi.

O‘tgan yilning 25 oktabr kuni Leningrad viloyatining Lomonosovskiy tumanidagi Ropsha qishlog‘ida o‘zbek taksichisi rus millatiga mansub ikki yo‘lovchi tomonidan boshidan otib ketilgani, ammo baxtli tasodif tufayli tirik qolgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG